Razzaqov Nabijon Alijonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Na’matak va zirk o‘simliklarining kimyoviy tarkibi va ular asosida yangi oziq-ovqat qo‘shilmalari olish», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 14.00.41 – Xalq tabobati (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/K546.
Ilmiy rahbar: Asqarov Ibrohim Rahmonovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/29.10.2021.K/T.60.05.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jaev Vaxobjon Umarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Dexqonov Raxmatillo Sultonovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: na’matak va zirk shifobaxsh o‘simliklari mevalari asosida yangi oziq-ovqat qo‘shilmalari olish,  ularning kimyoviy tarkibini aniqlash, hamda ularga kimyoviy tarkibi asosida TIF TN bo‘yicha yangi tovar kod raqamlari ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
na’matak va zirk o‘simliklari mevalari aralashmasining vakuumli ekstrakti tarkibidagi S, V2, V6 va RR vitaminlarining miqdori yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi yordamida aniqlangan;
ilk bor na’matak va zirk o‘simliklari mevalari aralashmasi ekstraktining antioksidantlik faolligi etalon sifatida olingan ekstraktlarga nisbatan yuqori ekanligi isbotlangan;
na’matak va zirk o‘simliklari mevalari aralashmasi ekstrakti tarkibidagi flavonoidlar miqdori yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi yordamida aniqlangan;
“VITOON” va “KALMAVIT” oziq-ovqat qo‘shilmalaridan ajratib olingan rutinning tarkibi va tuzilishi IQ- va UB-spektroskopiya metodi yordamida aniqlangan;
 “VITOON” va “KALMAVIT” oziq-ovqat qo‘shilmalari uchun kimyoviy tarkibi asosida TIF TN bo‘yicha yangi tovar kod raqamlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tarkibida immunostimulyatorlik xususiyatga ega bo‘lgan biololgik faol moddalar  saqlovchi ayrim oziq-ovqat qo‘shilmalarini yaratish va ularni sinflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
na’matak va zirk mevalari ekstrakti asosida olingan tabiiy immun tizimni mustahkamlovchi “VITOON” va “KALMAVIT” nomli yangi oziq-ovqat qo‘shilmalari ishlab chiqarish uchun  O‘zbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlash tizimi tomonidan muvofiqlik sertifikati olingan (№UZ.SMT.01.378.77277761, 05.05.2022 y.; Sanitariya-epidemiologik xulosa №386012). Natijada, mazkur oziq-ovqat qo‘shilmalarini talab darajasida identifikatsiyalash imkonini bergan;
tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha “tarkibida na’matak va zirk o‘simliklari bo‘lgan tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmalari” uchun 1212300005 kod raqami ishlab chiqilgan va Davlat bojxona amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022 yil 22 yanvardagi 02/16-0028-son ma’lumotnomasi). Natijada, shu kabi oziq-ovqat qo‘shilmalarini eksport va impor qilishda ulardan undiriladigan boj to‘lovlarini nazorat qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish