Baxronov Sherzod Samievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Limfatik-gipoplastik diatezi bo‘lgan bolalarda residivli bronxitning kliniki-immunogenetik jihatlari», 14.00.09-Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2020.3PhD/Tib.1416.
Ilmiy rahbar: Sharipova Oliya Askarovna, tibbiyot fanlari doktori. dotsent;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Shamsiev Furqat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rabbimova Dilfuza Toshtemirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfandiyorov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi limfatik-gipoplastik diatezi bo‘lgan bolalarda residivli bronxitning shakllanishida immunogenetik omillarning ahamiyatini aniqlash va klinik kechish xususiyatlarini yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
timomegaliya darajasi oshishi sari limfatik-gipoplastik diatez fonida residivli bronxit bilan og‘rigan bemorlarda T-limfotsitlar, tartibga soluvchi subpopulyasiyalar differensiatsiyasi va antitanachalar ishlab chiqarilishining buzilishiga olib keladigan timusning funksional beqarorligi isbotlangan;
limfatik-gipoplastik diatez fonida residivli bronxit bilan og‘rigan bolalarda timomegaliyaning turli darajalarida AKTGning sezilarli pasayishi fonida kortizol darajasining kompensator ortishi va immunosupressiyaning kuchayishi sababli STG darajasining me’yoriy ko‘rsatkichlardan 2 barobar oshishi aniqlangan;
ilk bor o‘zbek populyasiyasida TNF-α (-308) G/A, IL-6 (-174) C/G, IL-1β (-31) T/C, IL-10 (- 592) C/A va IL-4 (-589) C/T sitokin genlarining polimorfizmi limfatik-gipoplastik diatez fonida residivli bronxitni rivojlanish patogenezidagi roli aniqlangan;
ilk bor IL-β (-31) T/C, IL-4 (-589) C/T genlarining allellari va gomozigotali genotipi LGDli bolalarda RB rivojlanish xavfini aniqlashda prognostik ahamiyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Limfatik-gipoplastik diatezi bo‘lgan bolalarda residivli bronxitning klinik va immunogenetik jihatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
LGDli bolalarda RB rivojlanishi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy yangiligi asosida ishlab chikilgan “Bolalarda residivli bronxit rivojlanishida genetik moyillik mexanizmlari” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktbrdagi 8n-r/935-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma residivli bronxitning rivojlanishida eng muhim o‘rin tutgan yallig‘lanishdan oldingi va yallig‘lanishga qarshi sitokinlar genlarining polimorfizmini aniqlash natijasiada diagnostika usullarini takomillashtirish imkonini bergan;
bolalarda residivli bronxitni davolash va profilaktika usullarni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy yangiligi asosida ishlab chikilgan “Bolalarda limfatik diatez fonida residivli bronxitni davolash va oldini olish algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 27 maydagi 8n-r/526-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma limfatik-gipoplastik diatez fonida residivli bronxitning klinik kechish xususiyatlarini ochib bergan hamda ushbu kasallikni davolash va oldini olish usullarini optimallashtirish imkonini bergan;
limfatik-gipoplastik diatez fonida residivli bronxit bilan og‘rigan bolalarda diagnostika va prognozlash usullarini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqotdan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliѐtiga, jumladan Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi va Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘limlari amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 31 oktyabrdagi 08-34053-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi bolalarda limfatik-gipoplastik diatez fonida rivojlangan residivli bronxitni erta tashxislash va yangi takomillashtirilgan diagnostik usulni qo‘llash orqali bolalarda kasallikni qaytalanish darajasini kamaytirish, kasallik asoratlarini oldini olish va bemorlarning xayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.