Baxronov Hayot Nurovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Nanostrukturali pentasil seolitlarida gaz va bug‘lar adsorbsiyasining izotermasi, asosiy termodinamik xususiyatlari va ion-molekulyar mexanizmlari», 02.00.11 - Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/K132.
Ilmiy maslahatchi: Ergashev Oybek Karimovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Akbarov Xamdam Ikromovich, kimyo fanlari doktori, professor; Axmedov Ulug‘ Karimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Xandamov Dovron Abduqodirovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Su2+, Cs+ va Li+ZSM-5 tipdagi seolitlarda turli xil tuzilishdi gaz va bug‘ molekulalari adsorbsiyasining asosiy termodinamik xususiyatlari, izotermasi hamda mexanizmini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
n-pentan, n-geksan, suv, metil va etil spirtlari, karbonat angidrid, benzol, orto-, meta-, para- ksilollar Su+2, Cs+ va Li+ZSM-5 seolitlarida adsorbsiyalanishi asosiy termodinamik tavsiflari (N, G va S) va izotermasi olingan hamda adsorbsiya izotermasi mikrog‘ovaklarning hajmiy to‘yinish nazariyasining (MHTN) ikki va uch hadli matematik tenglamalari asosida isbotlangan;
adsorbsiya jarayonida Cu va LiZSM-5 yon kanallaridan to‘g‘ri va sinusoidal kanallar kesishish bo‘shliqlariga Su2+ va Li+ kationlarining migratsiyalanishi aniqlangan;
Cu2+, Cs va LiZSM-5 seolitlarida karbonat angidridning adsorbsiyasi kondensatsiya issiqligiga yaqin to‘yinishigacha mis kationlari bilan tetramer (SO2)4/Cu2+, seziy va litiy atomlari bilan dimer holatdagi ion-kvadrupol kompleks (SO2)3/Me+ hosil bo‘lishi isbotlangan;
seolit markazlarida joylashgan kationlarning faolligi oshib borishi bilan ularda adsorbsiya miqdorining oshishi isbotlandi hamda faol markazida Cu2+ bo‘lgan ZSM-5 seolitida suv molekulalari (N2O)10/Cu2+ kompleks hosil qilishi va har bir elementar yacheykada o‘rtacha 17 ta H2O/e.ya. to‘g‘ri kelishi aniqlangan;
metanol va etanol molekulalari mis kationlari bilan mos ravishda (SN3ON)7/Cu2+, (S2N5ON)5/Cu2+, seziy kationlari bilan (SN3ON)3/Cs+, (S2N5ON)2/Cs+ ion-molekuyar komplekslarini hosil qilishi aniqlangan;
n-pentan mis kationlari bilan (S5N12)4/Cu2+, seziy va litiy kationlari bilan (S5N12)2/Me+, n-geksan molekulalari esa mos ravishda (S6N14)4/Cu2+ va (S6N14)2/Cs+ mexanizm hosil qilishi isbotlangan;
benzol molekulalari ZSM-5 seolitining mis kationli rusumi bilan (S5N12)4/Cu2+, seziy va litiy kationlari bilan (S5N12)2/Me+ kompleks hosil qilishi aniqlangan;
p-ksilol (S8N10)3/Cu2+, S8N10/Cs+, 1S8N10/2Li+, o-ksilol mis kationi bilan (S8N10)2/Cu2+, seziy kationi bilan 1S8N10/2Cs+, m-ksilol mis va seziy kationlari bilan S8N10/2Me nisbatdagi ion-molekulyar kompleks hosil qilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuqori vakuumli adsorbsion kalorimetrik qurilma yordamida adsorbsiyaning asosiy termodinamik tavsiflari (N, G va S) bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
MFI (ZSM-5) seolitlarida adsorbsion-kalorimetr usulida aniqlangan asosiy termodinamik tavsiflari, izotermasi va issiqlik muvozanatlari asosida olingan natijalar №FA-F7-012 «Polifunksional ta’sirli qator metallarning yangi aralash ligandli koordinatsion birikmalarining sintezi, tuzilishlarining o‘ziga xosligi, reaksiya qobiliyatlari va biologik xossalarining ilmiy asoslari» mavzusidagi fundamental loyihasida turli tarkibdagi va faol markazga ega koordinatsion birikmalarda sorbsiyalanish xossasining mexanizmlarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022 yil 14 oktyabrdagi 4/1255-2583-son ma’lumotnomasi). Natijada, seolitlar va koordinatsion birikmalarning tarkibidagi atom, molekulalar va ionlardagi bog‘lar tabiati, hamda energiyalari aniqlanib, turli fizik-kimyoviy xossalari, shuningdek termodinamik xususiyatlarini aniqlash imkonini bergan;
ZSM-5 rusumidagi seolit analoglari yordamida gaz tarkibidan vodorod sul`fid, n-uglevodorod, karbonat angidrid, azot kabi moddalardan adsorbsion tozalash usuli «Sho‘rtan neft-gaz ishlab chiqarish» boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2022 yil 25 oktyabrdagi 02-18-8/155-son ma’lumotnomasi). Natijada, gaz tarkibidagi qo‘shimcha birikmalardan tozalash darajasini 3-10 barobarga kamaytirish imkonini bergan;
pentasil rusumidagi seolit analoglari yordamida «Sho‘rtan neft-gaz ishlab chiqarish» boshqarmasida gazlarni quritishda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2022 yil 25 oktyabrdagi 02-18-8/155-son ma’lumotnomasi). Natijada, vodorod sul`fid 4.2 azot 0.017, suv 1.6, karbonat angidrid 0,08, n-alkanlar 0.026, 0.027, 0.029 miqdorigacha moddalaridan ajratib olishni va mos ravishda ruxsat etilgan ko‘rsatgich qiymatlaridan kamaytirish imkonini bergan.