Nigmanova Umida Baxramovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bo‘lajak o‘qituvchilarda milliy o‘zlikni anglash kompetensiyalarini rivojlantirish», 13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped1662.  
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01. 
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori professor; Alliyarov Ashraf Dauletyarovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
 Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak o‘qituvchilarida milliy o‘zlikni anglash kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy o‘zlikni anglash negizlari tarixiylik, mantiqiylik, kuzatish, qiyosiy taqqoslash hamda, ijtimoiy voqelikka shaxsiy munosabat va ajdodlarimiz xulq-odob me’yorlari, muomala madaniyatlar uyg‘unligini refleksiv hamda tanqidiy tafakkur bilan integrativligini bevosita hisobga olish asosida  aniqlangan; 
bo‘lajak o‘qituvchilarda milliy ong va milliy o‘zlikni baholash mezonlari, mustaqillik tafakkuri, ahloqiy-tarbiyaviy meroslar, ijtimoiy munosabatlarga kirishish va taraqqiyotining yangi bosqichini o‘zaro optimallashtirish hamda reproduktiv bosqichlarning internal integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak pedagoglarda milliy o‘zlikni anglash kompensiyalari shaxsning mustaqil rivojlanishga motivli intilishlar, umumlashgan maqsadli amaliy ko‘nikmalar hamda, ijtimoiy hayot bilan bog‘liq murakkab jarayonlarni axloqiy sifatlarni individual o‘quv traektoriyasiga adaptiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda milliy o‘zlikni anglash kompetensiyalarini rivojlangan modeli ma’naviy omildan ma’naviy ko‘mak olish, milliy qadriyatlarga sodiqlik, vatanparvarlik tuyg‘ulari hamda tarix va o‘tmish merosi, bugungi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va vatan kelajagi yo‘lidagi ma’suliyatni muvofiqlashtirish hamda praksiologik darajasi barqarorligini ta’minlashga ustuvorlik berish asosida  takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda milliy o‘zlikni anglash kompetensiyalarini rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida: 
milliy o‘zlikni anglash negizlari tarixiylik, mantiqiylik, kuzatish, qiyosiy taqqoslash hamda, ijtimoiy voqelikka shaxsiy munosabat va ajdodlarimiz xulq-odob me’yorlari, muomala madaniyatlar uyg‘unligini refleksiv hamda tanqidiy tafakkur bilan integrativligini bevosita hisobga olish asosida  aniqlangan ma’lumotlar “Globallashuv asoslari”  nomli  o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 892-son buyrug‘iga asosan berilgan 892-001raqamli nashr ruxsatnomasi).  Natijada ijtimoiy tafakkur tizimidagi o‘rni, milliy o‘zlikni anglashning asosiy jihatlari va negizlarini falsafiy, pedagogik, psixologik tahlil qilish imkoni oshirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda milliy ong va milliy o‘zlikni baholash mezonlari, mustaqillik tafakkuri, ahloqiy-tarbiyaviy meroslar, ijtimoiy munosabatlarga kirishish va taraqqiyotining yangi bosqichini o‘zaro optimallashtirish hamda reproduktiv bosqichlarning internal integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar “Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari”  nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13 maydagi 166-son buyrug‘iga asosan berilgan 166-100 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada milliy o‘zlikning g‘oya va ma’naviyat bilan o‘zaro aloqadorligini izchillik asosida takomillashtirishga sharoit yaratilgan; 
bo‘lajak pedagoglarda milliy o‘zlikni anglash kompensiyalari shaxsning mustaqil rivojlanishga motivli intilishlar, umumlashgan maqsadli amaliy ko‘nikmalar hamda, ijtimoiy hayot bilan bog‘liq murakkab jarayonlarni axloqiy sifatlarni individual o‘quv traektoriyasiga adaptiv moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Globallashuv asoslar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 4 oktyabrdagi 892-son buyrug‘iga asosan berilgan 892-001 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak pedagoglarda milliy ong va milliy o‘z-o‘zini anglashga yo‘naltirilgan modelini takomillashtirish imkoni oshirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda milliy o‘zlikni anglash kompetensiyalarini rivojlangan modeli ma’naviy omildan ma’naviy ko‘mak olish, milliy qadriyatlarga sodiqlik, vatanparvarlik tuyg‘ulari hamda tarix va o‘tmish merosi, bugungi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va vatan kelajagi yo‘lidagi ma’suliyatni muvofiqlashtirish hamda praksiologik darajasi barqarorligini ta’minlashga ustuvorlik berish asosida  takomillashtirish bo‘yicha takliflar “Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari”  nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-son buyrug‘iga asosan berilgan 166-100 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarda milliy o‘zlikni anglash kompetensiyalarini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishga sharoit yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish