Kutluchurina Alina Al`fredovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Mustaqillik yillarida O‘zbekiston kompozitorlari ijodining an’anaviy va zamonaviy musiqiy tafakkuri faktura kesimida», 17.00.02–Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/San46.
Ilmiy rahbar: Azimova Arzu Nishanovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, PhD.03/30.12.2019.San.54.01
Rasmiy opponentlar: Ul`masov Firuz Abdushukurovich, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Kasimxodjaeva Saida Botirovna, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi mustaqillik yillarida O‘zbekiston kompozitorlari ijodida an’anaviy va zamonaviy, monodik va ko‘p ovozlik musiqiy tafakkurni aks ettirishning eng muhim omili bo‘lgan fakturani musiqa tilining mustaqil va ahamiyatli kategoriyasi sifatini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
an’anaviy (monodik) og‘zaki va zamonaviy (ko‘p ovozlik) kompozitorlik ijodi fakturaning kompozision xususiyatlariga ko‘ra ladointonatsiya, metroritm va tembr kabi musiqiy tilning o‘zaro ta’sir darajasi bilan mushtarakligi isbotlangan;
O‘zbekiston zamonaviy kompozitorlari ijodidagi yangi opuslarda makonning shaffofligi, bo‘shligi, yuklanmaganligi, vaqtning esa – sekin yoyiluvchi, silliqlik, xotirjamligi kabi makon va zamon toifalarini tanlash omillari asoslangan;
an’anaviy va kompozitor ijodida monodik va ko‘p ovozlik fakturaning ierarxiyasi va strukturasini asoslab beruvchi taksonometrik usulning klassifikatsion xususiyati ochib berilgan;
zamonaviy o‘zbek kompozitorlari ijodida tovush bilan bog‘liq barcha usullar fakturaning semantik, fonik va formulaviy xususiyatlarida mavjudligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston kompozitorlari ijodining an’anaviy va zamonaviy musiqiy tafakkuri faktura kesimida mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
an’anaviy (monodik) og‘zaki va zamonaviy (ko‘p ovozlik) kompozitorlik ijodi fakturaning kompozision xususiyatlariga ko‘ra ladointonatsiya, metroritm va tembr kabi musiqiy tilning o‘zaro ta’sir darajasi bilan mushtarakligi xususida “O‘zbek milliy maqom san’ati markazi” faoliyatida foydalanilgan va bayonlashgan (“O‘zbek milliy maqom san’ati markazining” 2021 yil 12 oktyabrda 108-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek maqomlari tovushqatorlari, ritmik formulalar – usullar, ijroviy bezaklaridan kompozitor Jahongir Shukurning “Aks sado” asarida, shuningdek “Goboy va zarbli cholg‘ular uchun musiqa” Nurali Erkaevning ijodida Xorazm va Farg‘ona-Toshkent maqomlari zamirida yotgan shakllanish tamoyillarining o‘zaro bog‘likligining asl mohiyati anglangan;
O‘zbekiston zamonaviy kompozitorlari ijodidagi yangi opuslarda makonning shaffofligi, bo‘shligi, yuklanmaganligi, vaqtning esa – sekin yoyiluvchi, silliqlik, xotirjamligi kabi makon va zamon toifalarini tanlash omillari faktura nuqtai nazaridan kabi masalalar asosida “O‘zbekiston – 24” davlat radiokanalidagi “San’at olamida” radio eshittirishi ssenariysida foydalanilgan (“O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining” 2021 yil 11 oktyabr 03-09-615-son ma’lumotnomasi). Natijada, ijodiyotning ushbu turini targ‘ib qilishda samaradorlikka erishish hamda O‘zbekiston kompozitorlik san’atini o‘rganish muammosini keng yoritish imkonini bergan;
an’anaviy va kompozitor ijodida monodik va ko‘p ovozlik fakturaning ierarxiyasi va strukturasini asoslab beruvchi taksonometrik usulning klassifikatsion xususiyati “O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi” faoliyatida foydalanilgan (“O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining” 2021 yil 16 iyunda 01-04/77-128-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston kompozitorlari tomonidan yaratilgan yangi zamonaviy asarlarning kompozitor asarlarida fakturali tashkilotining universal va o‘ziga xos, an’anaviy va zamonaviy, monodik va ko‘p ovozlik tamoyillari haqida tasavvurga ega bo‘lish imkonini bergan;
zamonaviy o‘zbek kompozitorlari ijodida tovush bilan bog‘liq barcha usullar fakturaning semantik, fonik va formulaviy xususiyatlarida mavjudligi O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining “Musiqashunoslar bilan uchrashuv” tadbiri doirasida o‘tkazilgan yig‘ilishda foydalanilgan (“O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining” 2021 yil 19 oktyabrda berilgan 01-04/116-199-son ma’lumotnomasi). Natijada mustaqillik yillarida O‘zbekistonda kompozitorlari ijodida fakturaning chuqur mazmuni xususida o‘sib kelayotgan yosh iste’dodlar tasavvurlarini keyngaytirishga asos bo‘lgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish