Ganixanova Shoyista Sharafutdinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston kompozitorlari ijodida milliy uslubning shakllanishi kesimida amaliy janrlar», 17.00.02 – Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/San9.
Ilmiy maslahatchi: Yanov-Yanovskaya Natal`ya Solomonovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, PhD.03/30.12.2019.San.54.01
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Rustambek Samigovich, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Ul`masov Firuz Abdushukurovich, san’atshunoslik fanlari doktori, professor (Tojikiston); Kirnarskaya Dina Konstantinovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor (Rossiya).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston milliy kompozitorlik uslubining shakllanish kesimida amaliy janrlarning kategoriyalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy uslubning tarkibiy qismlaridan melodika, metro-ritm, uyg‘unlik, dinamika kabi musiqiy ifoda vositalarining estetik va texnologik tizimlariga ko‘ra agogika, melizmatika, faktura va ijodiy xususiyatga ega unsurlarning uyg‘unligi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
musiqaning kompozision birlashtiruvchi ijodiy, texnologik innovatsiyalar va milliy uslub aloqalar sinteziga ko‘ra inson ongida matn, intermatn, iqtibos, variant va invariantlari orqali ta’sir ko‘rcatishi dalillangan;
kompozitorlarning individual uslubi bilan obrazlar emotsional holat yorqinligi determinatsion (aniqlanish) belgilar sababli kollaj, aleatorika, minimalizm, atonal musiqaning turli ko‘rinishlari kompozitorlik yozuv texnikalarini sintezlash orqali erishish mumkinligi asoslangan;
san’atning turli ko‘rinishlaridagi o‘zaro munosabatlarning murakkab tizimi fazoviy-vaqt doimiyligiga ko‘ra sintetik badiiy matnda ifoda vositalarini tanlashning dispozitiv tartibligiga bog‘liqligi asoslab berilgan;
amaliy janrlarda audio va video qatlamlarning odatiy va noodatiy kombinatsiyasidan foydalanilishi aniqlanib, kadr va musiqaning sinxron va asinxron qo‘llanishi individual badihaviylikka asoslanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston kompozitorlari ijodida amaliy janrlar milliy uslubining shakllanish jarayonida olingan natijalar asosida:
milliy uslubning tarkibiy qismlaridan melodika, metro-ritm, uyg‘unlik, dinamika kabi musiqiy ifoda vositalarining estetik va texnologik tizimlariga ko‘ra agogika, melizmatika, faktura va ijodiy xususiyatga ega unsurlarning uyg‘unligi bilan bog‘liqligi O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Erasmus+ MUSAE: San’at sohasidagi tadbirkorlik uchun fanlararo ko‘nikmalar/ Multidisciplinary Skills for Artists’ Entrepreneurship xalqaro loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 10 sentyabrdagi 05-11-10-1597-son ma’lumotnomasi). Bu esa seminar qatnashchilarining o‘zbek kinosan’ati sohasidagi bilimlarini kengaytirishga yordam bergan;
musiqaning kompozision birlashtiruvchi ijodiy, texnologik innovatsiyalar va milliy uslub aloqalar sinteziga ko‘ra inson ongida matn, intermatn, iqtibos, variant va invariantlari orqali ta’sir ko‘rcatishi O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Erasmus+ MUSAE: San’at sohasidagi tadbirkorlik uchun fanlararo ko‘nikmalar/ Multidisciplinary Skills for Artists’ Entrepreneurship xalqaro loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 10 sentyabrdagi 05-11-10-1597-son ma’lumotnomasi). Bu esa seminar qatnashchilarining o‘zbek kinosan’ati sohasidagi bilimlarini kengaytirishga yordam bergan;
kompozitorlarning individual uslubi bilan obrazlar emotsional holat yorqinligi determinatsion (aniqlanish) belgilar sababli kollaj, aleatorika, minimalizm, atonal musiqaning turli ko‘rinishlari kompozitorlik yozuv texnikalarini sintezlash orqali erishish mumkinligi O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2021 yil 21 iyundagi 01-04/81-135-son ma’lumotnomasi). Bu, O‘zbekiston kompozitorlari ijodiyoti amaliy janrlarining rivojlanish bosqichlarini yanada oydinlashtirishga xizmat qilgan;
san’atning turli ko‘rinishlaridagi o‘zaro munosabatlarning murakkab tizimi fazoviy-vaqt doimiyligiga ko‘ra sintetik badiiy matnda ifoda vositalarini tanlashning dispozitiv tartibligiga bog‘liqligi O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2021 yil 21 iyundagi 01-04/81-135-son ma’lumotnomasi). Bu, O‘zbekiston kompozitorlari ijodiyoti amaliy janrlarining rivojlanish bosqichlarini yanada oydinlashtirishga xizmat qilgan;bog‘liqligi asoslab berilgan;
amaliy janrlarda audio va video qatlamlarning odatiy va noodatiy kombinatsiyasidan foydalanilishi aniqlanib, kadr va musiqaning sinxron va asinxron qo‘llanishi individual badihaviylikka asoslanishi “O‘zbekiston 24” teleradiokanali orqali efirga uzatilgan “San’at olamida” eshittirishining ssenariysida foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasining 2021 yil 3 sentyabrdagi 03-09-614-son ma’lumotnomasi. Natijada radiotinglovchilar kinomusiqa qonunlari va kinoda musiqa o‘rni haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishgan.