Berdiev Alisher Turaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Ichki ishlar organlarida qonuniylik va xizmat intizomini ta’minlash mexanizmini takomillashtirish», 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2022.2.PhD/Yu719.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Muxamedov O‘tkirbek Xazratkulovich – yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/30.12.2019.Yu.20.02.
Rasmiy opponentlar: Muxitdinova Firyuza Abdurashidovna, yuridik fanlar doktori, professor;  Yusupov Sardorbek Baxodirovich, yuridik fanlari doktori dotsent. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ichki ishlar organlari faoliyatida qonuniylik va xizmat intizomini ta’minlashni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar hamda xulosalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qonuniylik va xizmat intizomiga og‘ishmay rioya qilishda muhim psixologik omillar qatorida ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi xulq-atvori qonuniyligi motivatsiyasini kuchaytirish zarurligi asoslantirilgan;
Ichki ishlar organlari xizmatiga ochiq tanlov asosida qabul qilish hamda xodimlarning kasbga oid sifatlari va alohida xizmatlari (meritokratiya tamoyili) asosida xizmat pog‘onalarida ko‘tarilishi asoslantirilgan;
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida «halollik vaksinasi» tamoyili asosida ichki ishlar organlari xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvi va odob-axloq qoidalari bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarda muntazam ravishda o‘qitish tizimini joriy etish zarurligi asoslantirilgan;
Ichki ishlar organlari xodimlarining daxlsizligini ta’minlovchi xodimlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasiga qaratilgan qonun normalarini  takomillashtirish zarurligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ichki ishlar organlari boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
qonuniylik va xizmat intizomiga og‘ishmay rioya qilishda muhim psixologik omillar qatorida ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi xulq-atvori qonuniyligi motivatsiyasini kuchaytirish zarurligi asoslantirilgan, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida «halollik vaksinasi» tamoyili asosida ichki ishlar organlari xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvi va odob-axloq qoidalari bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarda muntazam ravishda o‘qitish tizimini joriy etish zarurligi asoslantirilgan takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 16 sentyabrda qabul qilingan «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi O‘RQ-407-son qonunining 341-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasining 2021 yil  29 yanvardagi 06/2-06/105-son xati). Ushbu taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 23 maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni bilan qabul qilingan hamda mazkur taklifning joriy etilishi ichki ishlar organlari tergov bo‘linmalari xodimlarini daxlsizlini belgilashga xizmat qilgan;
Ichki ishlar organlari xizmatiga ochiq tanlov asosida qabul qilish hamda xodimlarning kasbga oid sifatlari va alohida xizmatlari (meritokratiya tamoyili) asosida xizmat pog‘onalarida ko‘tarilishi asoslantirilgan, Ichki ishlar organlari xodimlarining daxlsizligini ta’minlovchi xodimlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasiga qaratilgan qonun normalarini takomillashtirish zarurligi asoslantirilgan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2021 yil 26 yanvardagi 33/03-01/275-son ma’lumotnomasi). Takliflar ichki ishlar organlari xodimlarining ijtimoiy huquqiy himoyasiga oid normalarini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish