Shukurov Jahongir Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bo‘lajak ofiserlarda emotsional intellekt rivojlanishining psixologik jihatlari», 19.00.01 – Psixologiya tarixi va nazariyasi. Shaxs psixologiyasi. Umumiy psixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/P361.
Ilmiy rahbar: Safaev Nuriddin Salixovich, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Umarov Baxriddin Mengboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Ravshanov Lochinbek Urinovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak ofiserlarda emosional intellekt rivojlanishining psixologik jihatlarini ilmiy tadqiq etish va zarur taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak ofiserlarda verbal hamda noverbal xulq-atvorni tushunishning koping sifatlarini tarkib topishiga bevosita ta’siri o‘zga inson kechinmalariga sezuvchanlikni emotsional bilimdonlik hamda refleksiv empatiyani kuchaytirish orqali rivojlantirishi tufayli, o‘quv faoliyatida emotsional intellektni shakllantirishi mumkinligi dalillangan;
bo‘lajak ofiserlarda ekspressiyani boshqarish ko‘nikmasini namoyon bo‘lish darajasiga ko‘ra, boshqalarning his-tuyg‘ularini idrok qilishni o‘z emotsiyalarini tushunish bilan identifikatsiyalanishi asosida interpersonal intelektning kuchayishi ta’sirida emotsional intellektning rivojlanishi isbotlangan;
emotsional intellekt ko‘rsatkichlariga koping-indikatorlarning ta’siri natijasida ijtimoiy intellektning ijtimoiy tasavvurlar va ijtimoiy perseptiv qobiliyatlarni funksional integratsiyasi asosida rivojlanishiga ko‘ra, emotsional hissiy xususiyatlarni barqarorlashuvini ta’minlash zarurati dalillangan;
bo‘lajak ofiserlarda ijtimoiy intellektning rivojlanganligi muammoni echish, tanqidiy tafakkur, muloqot ishtirokchisining fikrlarini tushunish, empatiyaviy ko‘nikmalarni namoyon bo‘lishiga ko‘ra, emosional intellektning shakllanishiga to‘g‘ri proporsional ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Bo‘lajak ofiserlarda emosional intellekt rivojlanishining psixologik jihatlarini o‘rganish bo‘yicha, amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
sifatlarini tarkib topishiga bevosita ta’siri o‘zga inson kechinmalariga sezuvchanlikni emotsional bilimdonlik hamda refleksiv empatiyani kuchaytirish orqali rivojlantirishi tufayli, o‘quv faoliyatida emotsional intellektni shakllantirishi mumkinligi dalillanishiga doir xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-69-a-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 15 sentyabrdagi 9-son ma’lumotnomasi). Natijada harbiy oliy ta’lim muassasalari kursantlarining kelgusi kasbiy faoliyatida emotsional intellekt shakllanishiga sabab bo‘luvchi omillarni aniqlashga erishilgan;
bo‘lajak ofiserlarda ekspressiyani boshqarish ko‘nikmasini namoyon bo‘lish darajasiga ko‘ra, o‘zga shaxslarning kechinmalarini idrok qilishni, o‘z emosiyalarini tushuna olish bilan identifikatsiyalanishi asosida interpersonal intelektning kuchayishi ta’sirida emosional intellektning rivojlanishi isbotlanishiga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-69-a-sonli buyrug‘i bilan «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 15 sentyabrdagi
9-son ma’lumotnomasi). Natijada psixodiagnostik tadqiqot asosida shakllantirilgan metodik testlardan harbiy bilim yurti kursantlari emotsional intellektini boyitishga xizmat qilgan;
emotsional intellekt ko‘rsatkichlariga koping-indikatorlarning ta’siri natijasida ijtimoiy intellektning ijtimoiy tasavvurlar va ijtimoiy perseptiv qobiliyatlarni funksional integratsiyasi asosida rivojlanishiga ko‘ra, emotsional hissiy xususiyatlarni barqarorlashuvini ta’minlash zarurati dalillanishiga doir ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-69-a-sonli buyrug‘i bilan «Kasb psixologiyasi» moduliga kiritilgan. (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 15 sentyabrdagi 9-son ma’lumotnomasi). Natijada, emotsional intellekt xususiyatlari shakllanishining shart-sharoitlarini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak ofiserlarda ijtimoiy intellektning rivojlanganligi muammoni echish, tanqidiy tafakkur, muloqot ishtirokchisining fikrlarini tushunish, empatiyani belgilovchi ko‘nikmalarning namoyon bo‘lishi, emosional intellektning shakllanishiga to‘g‘ri proporsional ekanligi isbotlanishiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-69-a-sonli buyrug‘i bilan «Umumiy psixodiagnostika» moduliga kiritilgan. (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 15 sentyabrdagi 9-son ma’lumotnomasi). Natijada harbiy ta’lim muassasalari tizimidagi harbiy psixologlar, harbiy o‘qituvchilar hamda kursantlarning emotsional intellektini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlarga yordam bergan.