Baykunusova Gulmira Yuldibaevnaning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
«Shaxsda hasad hissi namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik asoslari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/P66.
Ilmiy rahbar: Shoumarov G‘ayrat Baxramovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Baratov Sharif Ramazanovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Saidov Azamat Ismoilovich psixologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shaxsda hasad va havas hissi namoyon bo‘lishini ijtimoiy-psixologik asoslarini ochib berish hamda uni aniqlash bo‘yicha metodologik-uslubiy vositalarni takomillashtirish, hasad hissini susaytirish bo‘yicha korreksion dastur ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxs yo‘nalganligiga ko‘ra, hasad – ijtimoiy bilish ob’ektlaridagi (odam yoki odamlar guruhi) hasad predmetiga shaxsiy egalik, uning mutlaq egallanishiga qaratilgan ustanovkaning ustunligi sharoitida vujudga keladigan sosial-destruktiv xulqda namoyon bo‘ladigan emosional kechinma, havas esa ijtimoiy bilish ob’ektlaridagi (odam va odamlar guruhi) hasad predmetiga erishish uchun o‘zini-o‘zi rivojlantirishga qaratilgan ustanovkaning jamiyatda ma’qullanadigan shakllarida namoyon bo‘luvchi emosional kechinma bilan bog‘liqligini ifodalanishi tufayli, hasad va havas hislarining differensial jihatlari mualliflik yondashuvi asosida takomillashtirilgan;
shaxsdagi hasad hissining transmutatsiyaga moyilligi tufayli shaxsning «himoya mexanizmi», «dushmanlik munosabati», «xafagarchilik tuyg‘ulari» kabi xususiyatlarini hissiy differensiallashuvi orqali uni diagnostika qilishning metodologik-uslubiy imkoniyatlari takomillashtirilgan;
havas hissining shaxs xatti-harakatlarida ifodalanishi «ijtimoiy taqqoslash», «o‘ziga ishonch», «maqsadga erishish», «ruhiy ko‘tarinkilik» kabi xususiyatlarini o‘ziga refleksiv munosabat ta’sirida rivojlanganligi tufayli hasad hissidan farqli ravishda konstruktiv motivatsion xarakterga ega ekanligi dalillangan;
shaxsning hasad va havas hissi haqidagi ijtimoiy tasavvurlarini klaster tahlil qilish asosida emotsional qadriyatlar bilan bog‘liq tushunchalarni transformatsiyalashdagi tafovutlarni o‘zaro sintezlash orqali hissiy tushunchalar dendogrammasi optimallashtirilgan;
shaxsda ahloqiy hislarni individual ifodalanishiga ko‘ra «ijtimoiy taqqoslash maydoni», «qadriyatlar tizimi», «psixikaning moddiy va ma’naviy asoslari» kabi xususiyatlarini integrativ rivojlanishiga asoslanib, havas va hasad hissi predmetining turli ijtimoiylashuv davrlarida farqlari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Shaxsda hasad hissi namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik asoslariga oid muammoni tadqiq etish natijasida:
shaxs yo‘nalganligiga ko‘ra, hasad – ijtimoiy bilish ob’ektlaridagi (odam yoki odamlar guruhi) hasad predmetiga shaxsiy egalik, uning mutlaq egallanishiga qaratilgan ustanovkaning ustunligi sharoitida vujudga keladigan sosial-destruktiv xulqda namoyon bo‘ladigan emosional kechinma, havas esa ijtimoiy bilish ob’ektlaridagi (odam va odamlar guruhi) hasad predmetiga erishish uchun o‘zini-o‘zi rivojlantirishga qaratilgan ustanovkaning jamiyatda ma’qullanadigan shakllarda namoyon bo‘luvchi emosional kechinma bilan bog‘liqligini ifodalanishi tufayli, hasad va havas hislarining differensial jihatlari mualliflik yondashuvi asosida takomillashtirilgan ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 9 noyabrdagi PM-08-son buyrug‘iga asosan «Umumiy psixologiya» o‘quv moduliga (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 9 noyabrdagi PM-08-son ma’lumotnomasi) hamda «Umumiy psixologiya» darsligi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-son buyrug‘i) mazmuniga singdirilgan. Natijada bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarning havas va hasad hissini differensiallash imkoniyatlari oshirilgan.
shaxsning hasad va havas hissi haqidagi ijtimoiy tasavvurlarini klaster tahlil qilish asosida emotsional qadriyatlar bilan bog‘liq tushunchalarni trasformatsiyalashdagi tafovutlarni o‘zaro sintezlash orqali hissiy tushunchalar dendogrammasi optimallashtirilganligi haqida ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 9 noyabrdagi PM-08-son buyrug‘iga asosan «Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi» moduli mazmunini takomillashtirish uchun qo‘llangan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 9 noyabrdagi PM-08-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagog-psixologlarning talabalar bilan ishlashda zarur bo‘lgan havas va hasadni o‘zaro farqlash haqidagi amaliy-uslubiy bilimlari takomillashtirilgan.
shaxsdagi hasad hissining transmutatsiyaga moyilligi tufayli shaxsning «himoya mexanizmi», «dushmanlik munosabati», «xafagarchilik tuyg‘ulari» kabi xususiyatlarini hissiy differensiallashuvi orqali uni diagnostika qilishning metodologik-uslubiy imkoniyatlari haqidagi ilmiy ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 9 noyabrdagi PM-08-son buyrug‘iga asosan «Umumiy psixodiagnostika» o‘quv moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 9 noyabrdagi PM-08-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak amaliyotchi psixologlarning ilmiy-nazariy tayyorligini sifat jihatdan oshirishga, shaxs emotsiyalarini o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan uslubiy ma’lumotlar bilan boyitishga erishilgan;
havas hissining shaxs xatti-harakatlarida ifodalanishi «ijtimoiy taqqoslash», «o‘ziga ishonch», «maqsadga erishish», «ruhiy ko‘tarinkilik» kabi xususiyatlarini o‘ziga refleksiv munosabat ta’sirida rivojlanganligi tufayli hasad hissidan farqli ravishda konstruktiv motivatsion xarakterga ega ekanligi haqidagi ilmiy tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 9 noyabrdagi PM-08-son buyrug‘iga asosan «Umumiy psixodiagnostika» o‘quv moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 9 noyabrdagi PM-08-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarning qo‘llanilishi natijasida bo‘lg‘usi amaliy psixologlarning kelgusidagi amaliy faoliyatini samarali tashkil etish imkoniyatlarining oshirilishiga erishilgan;
shaxsda ahloqiy hislarning individual ifodalanishiga ko‘ra «ijtimoiy taqqoslash maydoni», «qadriyatlar tizimi», «psixikaning moddiy va ma’naviy asoslari» kabi xususiyatlarini integrativ rivojlanishiga asoslanib, havas va hasad hissi predmetining turli ijtimoiylashuv davrlariga bog‘liq farqlari dalillanganligi haqidagi ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi «Psixologiya» o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 9 noyabrdagi PM-08-sonli buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 9 noyabrdagi PM-08-sonli ma’lumotnomasi). Natijada amaliyotchi psixologlarning shaxs psixologik etukligini faol oshirish borasidagi ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish imkoniyatlari oshirilgan.