Rashidov Xurshid Karimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni jismoniy tarbiya orqali mustahkamlash va sog‘lomlashtirish mexanizmlarini takomillashtirish», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2PhD /Ped920. 
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Medetova Raushan Mamadiyarovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Ma’murov Baxodir Baxshulloevich, pedagogika fanlari doktori professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni jismoniy tarbiya orqali mustahkamlash va sog‘lomlashtirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni jismoniy tarbiya orqali mustahkamlash va sog‘lomlashtirish mexanizmlari oilaviy qadriyatlar, milliy an’analar, xalq o‘yinlarini diagnostik, korreksion, reabilitatsion jarayonlar mazmuniga singdirish asosida takomillashtirilgan;
oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish modeli ma’naviy-axloqiy sifatlarni rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik omillarini jismoniy chiniqtiruvchi mashqlar tizimining relaksatsion metodik ta’minotiga izchil integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
oilalarda jismoniy tarbiya orqali ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish o‘quv muassasasi va jamoatchilik hamkorligining ijobiy an’analarini qaror toptirish hamda jismonan chiniqtiruvchi milliy o‘yinlar ta’sirida tarbiyalash muhitini dinamik barqarorlashtirish asosida takomillashtirilgan;
oilalalarda ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish pedagogik shart-sharoitlari oilalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi tavsiyalar konpediumini  qo‘llash, jismoniy tarbiyaning metodik ta’minot ta’sirini darajalash, tarbiya jarayoni sub’ektlariga yo‘naltirilgan amaliyotni tatbiq etish, ma’naviy-axloqiy muhit barqarorligi mezonlarini aniqlashtirish asosida takomilashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni jismoniy tarbiya orqali mustahkamlash va sog‘lomlashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni jismoniy tarbiya orqali mustahkamlash va sog‘lomlashtirish imkoniyatlari, diagnostik metodikalar asosida Yoshlar ishlari agentligi faoliyatidagi tadbirlar samaradorligini oshirish, ma’naviy-axloqiy muhitni jismoniy tarbiya orqali mustahkamlash va sog‘lomlashtirish mexanizmlarini takomillashtirishga oid ma’lumotlar «Jismoniy madaniyat va sport» o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan. (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 302-1165 sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni jismoniy tarbiya orqali mustahkamlash va sog‘lomlashtirishning ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlarini pedagogik imkoniyatlarini tahlil qilishga erishilgan;
oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish modeli ma’naviy-axloqiy sifatlarni rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik omillarini jismoniy chiniqtiruvchi mashqlar tizimining relaksatsion metodik ta’minotiga izchil integratsiyalash asosida takomillashtirishga doir ishlanmalar «Jismoniy madaniyat va sport» o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan. (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 302-1165 sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni jismoniy tarbiya orqali mustahkamlash va sog‘lomlashtirish mexanizmlarini takomillashtirish imkoni oshirilgan.
oilalarda jismoniy tarbiya orqali ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish o‘quv muassasasi va jamoatchilik hamkorligining ijobiy an’analarini qaror toptirish hamda jismonan chiniqtiruvchi milliy o‘yinlar ta’sirida tarbiyalash muhitini barqarorlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan PZ-20170930223 raqamli “Demkoratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan.  (Toshkent davlat pedagogika univenrsiteninig 2022 yil 3 martdagi 02-07-621/04-son dalolatnomasi). Natijada, OTM talabalarida umummilliy qadriyatlar va umummadaniy kompetensiyalar rivojlantirilgan. Oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash uchun jismoniy va ruhiy sog‘lomlashtirish modelini takomillashtirish uchun sharoit yaratilgan.
oilalalarda ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish pedagogik shart-sharoitlari oilalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi tavsiyalar konpediumini  qo‘llash, jismoniy tarbiyaning metodik ta’minot ta’sirini darajalash, tarbiya jarayoni sub’ektlariga yo‘naltirilgan amaliyotni tatbiq etish, ma’naviy-axloqiy muhit barqarorligi mezonlarini aniqlashtirish asosida takomilashtirishga oid tavsiyalar Yoshlar ishlar agentligi ish jarayonini ivojlantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlar agentligining 2022 yil 27 apreldagi 4-13-23-1148 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni jismoniy tarbiya orqali mustahkamlash va sog‘lomlashtirish imkoni kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish