Ibraymov Asqar Esbosinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Prokuratura organlari xodimlarining malakasini oshirishni masofaviy va aralash shakllar asosida takomillashtirish (raqamlashtirilgan pedagogik dizayn vositalari misolida)», 13.00.06 - Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Ped178.
Ilmiy maslahatchi: Yuldashev Maqsudjan Abdullaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Qayumova Nasiba Ashurovna, pedagogika fanlari doktori; Nishanov Axram Xasanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi prokuratura organlari xodimlarining malakasini oshirishni masofaviy va aralash shakllar asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
masofaviy va aralash malaka oshirish jarayoni tinglovchilarning kurslarni o‘zlashtirish darajasini diagnostika qilish natijasida aniqlangan zaruriy didaktik ehtiyojlar, o‘quv modullari muddatlarini tanlash hamda individual malaka oshirish istiqbollarini shakllantirish imkoniyatini yaratib berish orqali takomillashtirilgan;
prokuratura organlari xodimlarining malakasini oshirish mexanizmi ta’limning formal, noformal, informal turlari va raqamlashtirilgan pedagogik dizayn vositalari bilan strategik loyihalashtirish, integratsiyalash va tinglovchilarning individual malaka oshirish jarayonini rivojlantirishning yangi vektorini ta’limiy maqsadga mos mustaqil ravishda belgilash asosida takomillashtirilgan;
masofaviy va aralash malaka oshirish mazmuni elastik talab va takliflarini jamlash va ularni yaxlit unifikatsiyalash, variativlashtirish natijasida invariantlik va elektivlik yondashuvlari bo‘yicha tabaqalashtirish, ta’lim maqsadlarini ierarxik mezonlarga ko‘ra shakllantirishga qaratilgan ta’limiy-rivojlantiruvchi refleksiv ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
elektron ta’lim muhitida o‘qitish samaradorligi xodimlarning kasbiy kompetentlik darajalariga qo‘yilayotgan talablar, ularning kursdan keyingi faoliyat traektoriyasiga moslashuvchan davriy va metodik tayyorgarligini nazorat qiluvchi jarayonning raqamli monitoring muhitiga adaptiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
masofaviy va aralash malaka oshirishda baholash metodikasi tinglovchilarning tizimli tahlil, tanqidiy fikrlash, shaxsiy va ishchanlik sifatlarining rivojlanganlik darajasini ko‘p bosqichli mezonlar (bazaviy, kengaytiruvchi, rivojlantiruvchi) va elektron ta’lim muhitida t`yutorlik faoliyatining raqobatbardoshligini izchil hamda dinamik ta’minlashga qaratilgan siklli baholash metodlariga proporsionalligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Prokuratura organlari xodimlarining malakasini oshirishni masofaviy va aralash shakllar asosida takomillashtirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
masofaviy va aralash malaka oshirish jarayoni kurslarni o‘zlashtirish darajasini diagnostika qilish natijasida aniqlangan zaruriy didaktik ehtiyojlar, o‘quv modullari muddatlarini tanlash hamda individual malaka oshirish istiqbollarini shakllantirish imkoniyatini yaratib berish orqali takomillashtirishga oid takliflardan Bosh prokurorning 2018 yil 14 sentyabrdagi 201-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Prokuratura organlari kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga qo‘yiladigan Talablar”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Bosh prokuraturaning 2021 yil 27 avgustdagi 30/8-21-1117-son ma’lumotnomasi). Natijada, prokuratura organlari xodimlarining malakasini oshirish jarayoni ko‘p darajali va ko‘p bosqichli tizim asosida uzluksiz tashkil etilishiga erishilgan;
prokuratura organlari xodimlarining malakasini oshirish mexanizmi ta’limning formal, noformal, informal turlari va raqamlashtirilgan pedagogik dizayn vositalari bilan strategik loyihalashtirish, integratsiyalash va tinglovchilarning individual malaka oshirish jarayonini rivojlantirishning yangi vektorini ta’limiy maqsadga mos mustaqil ravishda belgilash asosida takomillashtirishga oid takliflardan Bosh prokurorning 2018 yil 14 sentyabrdagi 201-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Prokuratura organlari xodimlarini kasbiy qayta tayyorlash va malakasini oshirish to‘g‘risidagi Nizom”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Bosh prokuraturaning 2021 yil 27 avgustdagi 30/8-21-1117-son ma’lumotnomasi). Natijada, modulli jamg‘ariluvchi masofaviy kurslarni tashkil etish mexanizmini takomillashtirish imkoniyati kengaytirilgan.
masofaviy va aralash malaka oshirish mazmuni elastik talab va takliflarini jamlash va ularni yaxlit unifikatsiyalash, variativlashtirish natijasida invariantlik va elektivlik yondashuvlari bo‘yicha tabaqalashtirish, ta’lim maqsadlarini ierarxik mezonlarga ko‘ra shakllantirishga qaratilgan ta’limiy-rivojlantiruvchi refleksiv ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan 2021 yil 30 dekabrda tasdiqlangan “Davlat xizmatchilarini korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvi va odob-axloq qoidalari bo‘yicha o‘quv kurslarida muntazam ravishda o‘qitish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligining 2022 yil 29 iyundagi 03-11/2899-son dalolatnomasi). Natijada masofaviy va aralash malaka oshirish kurslari mazmuniga qo‘yiladigan talablar takomillashtirilgan;
elektron ta’lim muhitida o‘qitish samaradorligi xodimlarning kasbiy kompetentlik darajalariga qo‘yilayotgan talablar, ularning kursdan keyingi faoliyat traektoriyasiga moslashuvchan davriy va metodik tayyorgarligini nazorat qiluvchi jarayonning raqamli monitoring muhitiga adaptiv moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflardan “Davlat xizmatchilarini korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvi va odob-axloq qoidalari bo‘yicha o‘quv kurslarida muntazam ravishda o‘qitish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”da belgilangan vazifalarni amaliyotga joriy etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 28 iyundagi 04/25-28/0601-son ma’lumotnomasi). Natijada masofaviy va aralash malaka oshirish jarayonida zamonaviy o‘qitish metodikalarini qo‘llash imkoniyatlari kengaytirilgan;
masofaviy va aralash malaka oshirishda baholash metodikasi tinglovchilarning tizimli tahlil, tanqidiy fikrlash, shaxsiy va ishchanlik sifatlarining rivojlanganlik darajasini ko‘p bosqichli mezonlar (bazaviy, kengaytiruvchi, rivojlantiruvchi) va elektron ta’lim muhitida t`yutorlik faoliyatining raqobatbardoshligini izchil hamda dinamik ta’minlashga qaratilgan siklli baholash metodlariga proporsionalligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflaridan “Prokuratura organlari xodimlarini kasbiy qayta tayyorlash va malakasini oshirish to‘g‘risidagi Nizom”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Bosh prokuraturaning 2021 yil 27 avgustdagi 30/8-21-1117-son ma’lumotnomasi). Natijada masofaviy va aralash malaka oshirish jarayonida tinglovchilar tomonidan o‘quv modullari va t`yutorlarni mustaqil tanlash orqali raqobatbardoshlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga erishilgan.