Sarimsakova Dilafruz Muhamadjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Mustaqil ta’lim jarayonida talabalarning ingliz tilida sotsiolingvistik kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1821.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.03.
Rasmiy opponentlar: Kadirova Munira Rasulovna, pedagogika fanlari pedagogika fanlari doktori, dotsent; Riskulova Kamola Djummaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqil ta’lim jarayonida ingliz tilida talabalarning sotsiolingvistik kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning ingliz tilida sotsiolingvistik kompetensiyani rivojlantirish nazariyalari sotsiolingvistik kompetensiyaning “Eng yaqin rivojlanish zonasi” (ZPD –Zone of Proximal Development), sotsiomadaniyatga oid mashqlarni soddalashtirib berish bosqichi, sotsiolingvistik kompetensiyani egallashni qiyinlashtiradigan muhim psixolingvistik omillar sotsiomadaniy nazariya va ingliz tilini o‘zlashtirish tamoyillari asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning ingliz tilida sotsiolingvistik kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mustaqil ta’limni tashkil etishning shakl, metod va vositalari task based language teaching, project based language teaching, community based language teaching, case study metodlari asosida takomillashtirilgan;
mustaqil ta’lim jarayonida talabalarning sotsiolingvistik kompetensiyasini rivojlantirish o‘qituvchi va talaba hamkorligida auditoriyada, auditoriyadan tashqarida va onlayn (asinxron) mustaqil ta’lim, o‘qituvchi va talabalarning mashg‘ulot davomida so‘zlashuv vaqtini aniqlashtirish, sotsiolingvistik materialni eng yaqin rivojlanish zonasida taqdim etish, kreativ va reflektiv (“Can I?” mazmunidagi savollar) baholashga asoslangan strategiyalari va case study, web quest, think, pair, share, graphic organizers interfaol texnologiyalari asosida takomillashtirilgan;
mustaqil ta’lim jarayonida talabalarning sotsiolingvistik kompetensiyasni rivojlantirishning “Bekatlar almashinuvi”, “Onlayn so‘rov”, “Radio muloqot”, “Ijtimoiy so‘rovnoma” rolli o‘yin texnologiyalari takomillashtirilgan, “Public Speech Contest”, “Essay Contest”, “Reading marathon”, “Leaders’ Talk” tanlovlari va “Readers’ club” to‘garagining metodik ta’minoti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mustaqil ta’lim jarayonida talabalarning ingliz tilida sotsiolingvistik kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasiga doir erishilgan ilmiy natijalar asosida:
talabalarning ingliz tilida sotsiolingvistik kompetensiyani rivojlantirish nazariyalari sotsiolingvistik kompetensiyaning “Eng yaqin rivojlanish zonasi” (ZPD –Zone of Proximal Development), sotsiomadaniyatga oid mashqlarni soddalashtirib berish bosqichi, sotsiolingvistik qompetensiyani egallashni qiyinlashtiradigan muhim psixolingvistik omillar sotsiomadaniy nazariya va ingliz tilini o‘rganish tamoillari asosida aniqlashtirilgan ilmiy nazariyalardan Toshkent davlat pedagogika universitetining PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 7 iyundagi 02-07-1538/04-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning ingliz tilida sotsiolingvistik kompetensiyasini rivojlantirish lingvotexnologiyalarini takomillashtirish imkoniyati oshirilgan.
talabalarning ingliz tilida sotsiolingvistik kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mustaqil ta’limni tashkil etishning shakl, metod va vositalari (task based language teaching, project based language teaching, community based language teaching, case study) metodlari asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalardan OTMlarning xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishlari talabalari uchun mo‘ljallangan “Developing Intercultural Competence in Foreign Language Teaching” nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi “166”-sonli buyrug‘i asosida 166-257 nashr ruxsatnomasi). Natijada xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishlari talabalarining ingliz tilida sotsiolingvistik kompetensiyasini mustaqil ta’lim jarayonida samarali rivojlanishiga erishilgan.
mustaqil ta’lim jarayonida talabalarning sotsiolingvistik kompetensiyasini rivojlantirish o‘qituvchi va talaba hamkorligida auditoriyada, auditoriyadan tashqarida va onlayn (asinxron) mustaqil ta’lim, o‘qituvchi va talabalarning mashg‘ulot davomida so‘zlashuv vaqtini aniqlashtirish, sotsiolingvistik materialni eng yaqin rivojlanish zonasida taqdim etish, kreativ va reflektiv (“Can I?” mazmunidagi savollar) baholashga asoslangan strategiyalari va case study, web quest, think, pair, share, graphic organizers interfaol texnologiyalarini takomillashtirishga oid xulosa va takliflardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining chet tillarni ommalashtirishga mo‘njallangan ko‘rsatuvlarning ssenariylarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zMTRK 2021 yil 23 dekabrdagi “39-39-1945” – sonli buyrug‘i). Natijada O‘zMTRKning “Foreign Languages” telekanalining “Kun tartibi” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda madaniyatlararo muloqotni ommalashtirishga hizmat qilgan.