Obidova Zuhra Nasriddinovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Umumta`lim maktab o‘quvchilarida fizikaviy tasavvur va tushunchalarning metodologiyasini shakllantirish”, 13.00.02 - Ta`lim tarbiya nazariyasi va metodika (fizika) (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.Ph/Ped984.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat unversiteti.
Ilmiy raxbar: Djoraev Mahmadrasul, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.113.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldoshev Urishboy, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Qurbonov Mirzaxmat, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy axamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi umumta`lim maktab o‘quvchilarida fizikaviy tasavvur va tushunchalarning metodologiyasini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda fizikaviy tasavvur va tushunchalarni shakllantirish ilmiy dunyoqarash, generalizatsiyalash hamda globalgeneralizatsiyalash jarayonlarini mantiqiy fikrlash metodologiyaning istiqboldagi tarixiy-metodologik vazifalariga moslashtirilgan rivojlantiruvchi kreativ topshiriqlarni kiritish asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarda fizikaviy tasavvur va tushunchalarni shakllantirish modeli shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalariga tayanib muammoli topshiriqlarni echa olish, o‘zaro yordam, o‘z-o‘zini baholash, o‘zaro musobaqalashish, mustaqil qaror qabul qilish kabi induktiv deduktiv, aksiomatik va tarixiy metodologik yondoshuvlarni yaxlitlash asosida takomillashtirilgan;
fizikaviy tasavvur va tushunchalar natijadorligini baholash mezonlari fanga shaxsiy munosabatni aks ettiruvchi hissiy munosabatni qaror toptirish hamda tarixiy, metodologik, elementarlik, saqlanish, simmetriya, olamni ilmiy manzarasining yagonalik g‘oyalarining o‘zaro integrativ xususiyatlari ta’sirini aniqlashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
umumta’lim maktab fizika kursi mazmuni tarixiy va metodologik jihatga ega bo‘lgan o‘quv materialini moslik, tarixiylik va mantiqiylik tamoyillariga mos kengaytirish, o‘quvchining ijodiy faoliyatini muammoli o‘qitish, illyustratsiyali tushuntirish, axborot-ma’lumot, dasturlashgan ta’lim kabi tarbiyalash texnologiyalarini o‘quv jarayoniga effektiv qo‘llash asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinganligi. Umumta’lim maktab o‘quvchilarida fizikaviy tasavvur va tushunchalarning metodologiyasini shakllantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
 o‘quvchilarda fizikaviy tasavvur va tushunchalarni shakllantirish ilmiy dunyoqarash, generalizatsiyalash hamda globalgeneralizatsiyalash jarayonlarini mantiqiy fikrlash metodologiyaning istiqboldagi tarixiy-metodologik vazifalariga moslashtirilgan rivojlantiruvchi kreativ topshiriqlarni kiritish asosida aniqlashtirishga oid ma’lumotlar umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-, 11-sinf “Fizika” darsliklari mazmuniga sindirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 26 iyundagi 01/11-04/6-214-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda fizika faniga oid bilimi, ko‘nikmasi va kompetensiyasini shakllantirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarda fizikaviy tasavvur va tushunchalarni shakllantirish modeli shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalariga tayanib muammoli topshiriqlarni echa olish, o‘zaro yordam, o‘z-o‘zini baholash, o‘zaro musobaqalashish, mustaqil qaror qabul qilish kabi induktiv deduktiv, aksiomatik va tarixiy metodologik yondoshuvlarni yaxlitlash asosida takomillashtirishga doir ma’lumotlar Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 26 iyundagi 01/11-04/6-214-son ma’lumotnomasi). Natijada, amalga oshirilgan innovatsion yondashuvga asoslangan holda umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quv dasturlarida maktab o‘quvchilarida fizikaviy tasavvur va tushunchalarning metodologiyasini takomillashtirilgan;
fizikaviy tasavvur va tushunchalar natijadorligini baholash mezonlari fanga shaxsiy munosabatni aks ettiruvchi hissiy munosabatni qaror toptirish hamda tarixiy, metodologik, elementarlik, saqlanish, simmetriya, olamni ilmiy manzarasining yagonalik g‘oyalarining o‘zaro integrativ xususiyatlari ta’sirini aniqlashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir ishlanmalar o‘rta ta’lim maktabining 8-, 11-sinf “Fizika” darsliklari mazmuniga sindirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 26 iyundagi 01/11-04/6-214-son ma’lumotnomasi). Natijada, fizikaviy tasavvur va tushunchalarning metodologiyasini shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘qitishda o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakani rivojlantirish jarayoni samaradorligi oshgan va umumiy o‘rta ta’lim bosqichida fizikani zamonaviy talablar asosida o‘qitish tizimi o‘quv resurs manbalari bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish