Tangirov Xurram Ergashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Interaktiv elektron axborot-ta’lim muhitida umumta’lim fanlarini o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped288.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Taylakov Norbek Isaqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.113.01 raqamli ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Abdulxalim Xamidovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Toshtemirov Doniyor Eshbaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy axamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi interaktiv elektron axborot-ta’lim muhitida umumta’lim fanlarini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha metodik ta’minot ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida interaktiv elektron axborot-ta’lim muhiti sharoitida o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olishini rivojlantirishga qaratilgan elektron ta’lim resurslaridan foydalanish orqali fanlarni o‘qitish kompetensiyalarini rivojlantirishning interfaollik, refleksivlik, hamkorlikda ishlash kabi imkoniyatlari kengaytirilgan;
umumta’lim fanlarini o‘qitish metodikasi o‘quvchilar iqtidori, qobiliyati va qiziqishlarini rivojlantirishga, ularda mustaqil ta’lim olishga amaliy kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan elektron ta’lim resurslarining didaktik imkoniyatlariga (interaktiv dasturlar, mul`timedia mahsulotlari, intellektual o‘yinlar, animatsiya, krossvord, test) ustuvorlik berish orqali takomillashtirishgan;
interaktiv elektron axborot-ta’lim muhitida umumta’lim fanlarini o‘qitish metodikasini takomillashtirish modeli maqsadli, mazmunli, texnologik, natijaviy bosqichlarda o‘quvchilarning umumta’lim fanlaridan tayyorgarligini faollashtiruvchi Pre-vodcasting, Plickers, Quizizz kabi interfaol metodlar orqali takomillashtirishgan;
ta’lim jarayonida va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda umumta’lim fanlarini o‘qitishga yo‘naltirilgan elektron ta’lim resurslarining kontenti va metodik-dasturiy ta’minotiga o‘z-o‘zini boshqarish (self-management) va baholash (self-assessment) texnologiyalarini kiritish orqali o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni baholash mezonlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Interaktiv elektron axborot-ta’lim muhitida umumta’lim fanlarini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida interaktiv elektron axborot-ta’lim muhiti sharoitida o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olishini rivojlantirishga qaratilgan elektron ta’lim resurslaridan foydalanish orqali fanlarni o‘qitish kompetensiyalarini rivojlantirishga oid takomillashtirilgan taklif va tavsiyalar A1-XT-0-14297 raqamli “Axborot-kommunikatsion ta’lim muhitida matematikani o‘qitishni tashkil etishning ilmiy-uslubiy asoslarini yaratish” (2012-2014 yy.) mavzusidagi ilmiy-tadqiqot loyihalarining bajarilishida va ilmiy natijalarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 fevraldagi 89-03-525-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning umumta’lim fanlarini o‘rganishda bilim va ko‘nikmalari rivojlantirilgan;
umumta’lim fanlarini o‘qitish metodikasi o‘quvchilarda mustaqil ta’lim olishga amaliy kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan elektron ta’lim resurslarining didaktik imkoniyatlariga ustuvorlik berish orqali hamda o‘quvchilarning umumta’lim fanlaridan tayyorgarligini faollashtiruvchi interfaol metodlar (Pre-vodcasting, Plickers, Quizizz, krossvord va testlar) orqali takomillashtirishgan ilmiy metodik ta’minot internet tarmog‘iga (www.edarslik.uz saytiga) joylashtirilgan, undagi taklif va tavsiyalar 7–9-sinflar informatika va axborot texnologiyalari, algebra fanlari mazmuniga singdirilgan (Respublika ta’lim markazining 2022 yil 3 martdagi 01/11-01/9-268-son ma’lumotnomasi). Natijada umumta’lim fanlarini elektron ta’lim resurslaridan foydalanib o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan;
ta’lim jarayonida va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda umumta’lim fanlarini o‘qitishga yo‘naltirilgan elektron ta’lim resurslarining kontenti va metodik-dasturiy ta’minotiga o‘z-o‘zini boshqarish va baholash texnologiyalarini kiritish orqali umumta’lim fanlari bo‘yicha nostandart test topshiriqlari ishlab chiqilgan (Respublika ta’lim markazining 2022 yil 3 martdagi 01/11-01/9-268-son ma’lumotnomasi) hamda “Axborot-kommunikatsion ta’lim muhitida matematikani o‘qitishning nazariy-uslubiy asoslari”, “O‘qitishning elektron vositalarini yaratish texnologiyasi” nomli monografiyalarda, “S++ dasturlash tili” nomli o‘quv qo‘llanmasida o‘z aksini topgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 fevraldagi 89-03-525-son ma’lumotnomasi, 2022 yil 19 iyuldagi 233-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 233-0799-raqamli guvohnomasi). Natijada mazkur didaktik ta’minot maktab o‘quvchilarining bilimlarini ob’ektiv baholashga xizmat qilgan, umumta’lim fanlarini o‘qitishda ta’lim sifat va samaradorligi oshgan.