Abduraxmanov Diyor Shukurillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ventral churra va morbid semizlik bilan xastalangan bemorlarda gernio- va abdominoplastikani klinik asoslash», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1748.
Ilmiy rahbar: Kurbaniyazov Zafarjon, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmanov Ma’mur Mustafaevich, tibbiyot fanlari doktori; Maxmudov Ulug‘bek Marufdjanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali Ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gernioallo- va abdominoplastikaning taktik - texnik jihatlarini maqbullashtirish orqali ventral churra va morbid semizligi bo‘lgan bemorlarning jarrohlik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
operatsiyadan oldin qorin old devoridagi nuqsonlar topografiyasini va churra hajmini qorin bo‘shlig‘i hajmiga nisbatini aniqlash, hamda plastikaning eng maqbul usulini tanlash imkonini beruvchi KT gernioabdominometriyaning yuqori informativligi isbotlangan;
bemorlarni gernioalloplastikadan keyin kuzatilishi mumkin bo‘lgan qorin ichki bosimining oshishiga moslashtirish, hamda kompartment – sindrom profilaktikasining tavsiya etilgan usulini qo‘llash samaradorligi asoslangan;
abdominoptoz bilan bo‘lgan W3-W4 o‘lchamdagi ventral churralarda gernioalloplastikaning taranglashmagan usullarini abdominoplastika bilan birga bajarishning taktik va texnik jihatlari takomillashtirilgan;
churra va abdominoptoz o‘lchamlaridan kelib chiqqan holda bemorlarda qo‘shma gernioallo- va abdominoplastika usulini tanlash, hamda adekvat operatsiyadan oldingi tayyorlash algoritmi ishlab chiqilgan;
operatsiyadan keyingi erta va kechki davrdagi davolash natijalari asosida ventral churra va morbid semizlik bilan bemorlarda qo‘shma gernioallo- va abdominoplastika bajarish lozimligi klinik jihatdan asoslanganligi bilan bog‘liq.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ventral churralar va morbid semirish bo‘lgan bemorlarni tashxislash va jarrohlik davolashni yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
morbid semizligi bo‘lgan bemorlarda ventral churralar yuzasidan gernioalloplastika bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmi ynatijalari asosida ishlab chiqilgan “Morbid semizligi bo‘lgan bemorlarda ventral churralar yuzasidan gernioalloplastikaning texnik jihatlari" (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-r/905-sonli ma’lumotnomasi), "Ventral churralar va semirish bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolashni tanlash mezonlari" (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-r/906-sonli ma’lumotnomasi) nomli uslubiy tavsiyanomalari tasdiqlangan. Tavsiya etilgan tavsiyanomalar ventral churra va morbid semirish bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolash taktikasini tanlashni optimallashtirishga imkon bergan;
ventral churra va semirish bo‘lgan bemorlarga tashxis qo‘yish va jarrohlik davolash sifatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga kiritilgan, xususan, Samarqand Davlat tibbiyot universiteti 1-klinikasining jarrohlik bo‘limida, Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Jizzax viloyati Sh.Rashidov tuman tibbiyot birlashmasida (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 22 oktyabrdagi 8n-r/368-sonli ma’lumotnomasi). Ventral churra va morbid semirish bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolashning taktik-texnik jihatlarini takomillashtirish orqali tadqiqot natijalarini joriy qilish operatsiyadan keyingi asoratlarning umumiy chastotasini 14,8% dan 8,9% gacha, shu jumladan yara asoratlarini 11,1% dan 4,5% gacha va qorin bo‘shlig‘idan tashqari asoratlarni 7,4% dan 4,5% gacha kamaytirishga imkon berdi, shuningdek, gernio- va abdominoplastikaning turli variantlarda keyin jarrohlik davolash va reabilitatsiya davrlari davomiyligini ishonchli tarzda kamaytirishga imkon bergan.