Kodirov Barhayotjon Sobirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonni innovatsion rivojlantirishning konseptual-metodologik muammolari», 09.00.04 – «Ijtimoiy falsafa» (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fal534.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: G‘affarova Gulchehra G‘ulamjanova, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Zamilova Rimma Ramilevna, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Haydarov Hurram Farmonovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonni innovatsion rivojlantirishning konseptual-metodologik masalalarining ijtimoiy – falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyatning ijtimoiy barqaror taraqqiyotini ta’minlashda an’anaviy raqobat bozorini innovatsion asosda shakllantirish orkali insonning kognitiv imkoniyatlarini refleksiv rivojlantirishda strukturaviy va funksional o‘zgarishlar asosi ekanligi aniqlangan;
mamlakatni innovatsion rivojlantirishga oid ko‘p o‘lchovli yondashuvlar jamiyatda sinergiya(birga harakat)ni vujudga keltirishining g‘ayrioddiy fikrlash uslubini rivojlantirish, «qadriyatlarga yo‘naltirilgan fikrlash» kabi aksiologik va «kompetentlik», «professionallik», o‘zini-o‘zi anglash, o‘z-o‘zini rivojlantirish kabi akmeologik jihatlari falsafiy asoslangan;
jamiyatni innovatsion rivojlanishi ijtimoiy sohada inson kapitali shakllanishiga olib kelishi sababli innovatsion intellektual faoliyat, kreativ va tanqidiy tafakkurni shakllantirish, ijtimoiy faol fuqaro pozisiyasini rivojlantirish – innovatsion shaxs fenomenini shakllantiruvchi natijador omil ekanligi isbotlangan;
jamiyatni innovatsion rivojlantirishda raqamlashtirish, bilimlar generatsiyasini ta’minlashda yangicha tafakkurga ega kadrlarning kasbiy ta’limi, yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasida milliy g‘oyaviy omilning transformatsiya jarayonlaridagi zaruriyati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonni innovatsion rivojlantirishning konseptual-metodologik muammolariga oid ishlab chiqilgan takliflap acocida:
jamiyatning ijtimoiy barqaror taraqqiyotini ta’minlashda an’anaviy raqobat bozorini innovatsion asosda shakllantirish orkali insonning kognitiv imkoniyatlarini refleksiv rivojlantirishda strukturaviy va funksional o‘zgarishlar asosi ekanligiga oid xulosa va tavsiyalardan PZ-2010928696 raqamli «O‘zbekistonda islohotlar jarayonini tahlil etish va amalga oshirishning konseptual-falsafiy metodologiyasi (Harakatlar strategiyasi asosida)» amaliy loyiha doirasida tayyorlangan monografiyaning 1-bob «Harakatlar strategiyasida ijtimoiy rivojlanishning nazariy-metodologik asoslari» hamda 5-bob «Harakatlar strategiyasini amaliyotga joriy etishning nazariy-ilmiy tahlili» nomli mavzularini yoritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021 yil 23 sentyabrdagi 02-02/5385-son ma’lumotnomasi). Natijada, insonning kognitiv imkoniyatlarini refleksiv rivojlantirishda strukturaviy va funksional o‘zgarishlar asosi ekanligiga, ochib berishga xizmat qilgan.
mamlakatni innovatsion rivojlantirishga oid ko‘p o‘lchovli yondashuvlar jamiyatda sinergiya(birga harakat)ni vujudga keltirishining g‘ayrioddiy fikrlash uslubini rivojlantirish, «qadriyatlarga yo‘naltirilgan fikrlash» kabi aksiologik va «kompetentlik», «professionallik», o‘zini-o‘zi anglash, o‘z-o‘zini rivojlantirish kabi akmeologik jihatlariga oid xulosa va takliflaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasidagi «Yangi O‘zbekiston – yangicha saylov», «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» dasturi, «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili», «Raqamli O‘zbekiston – 2030», «2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini Innovatsion Rivojlantirish Strategiyasi»ni yoritishga oid ko‘rsatuvlar senariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston telekanali» DUKning 2021 yil 3 maydagi 05/R-1-46-21 son ma’lumotnomasi). Natijada shaxsda kreativ va tanqidiy tafakkuri va innovatsion shaxs fenomenini shakllantirish ijtimoiy faol fuqaro pozisiyasini rivojlantirishga hizmat qilgan;
jamiyatni innovatsion rivojlanishi ijtimoiy sohada inson kapitali shakllanishiga olib kelishi sababli innovatsion intellektual faoliyat, kreativ va tanqidiy tafakkurni shakllantirish, ijtimoiy faol fuqaro pozisiyasini rivojlantirish – innovatsion shaxs fenomenini shakllantiruvchi natijador omil ekanligi doir tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 1 apreldagi «Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi PQ-6198-sonli qarorni 16 ta bandlarini amalga oshirish chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021 yil 23 sentyabrdagi 02-02/5385-son ma’lumotnomasi). Natijada, ijtimoiy faol fuqaro pozisiyasini rivojlantirish hamda innovatsion shaxs fenomenini rivojlantirishga xizmat qilgan;
jamiyatni innovatsion rivojlantirishda raqamlashtirish, bilimlar generatsiyasini ta’minlashda yangicha tafakkurga ega kadrlarning kasbiy ta’limi, yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasida milliy g‘oyaviy omilning transformatsiya jarayonlaridagi zaruriyati ekanligiga oid xulosa va takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan o‘quv-seminar, targ‘ibot tadbirlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 12 maydagi 4-13-23-1286 son dalolatnomasi). Natijada yangicha tafakkurga ega kadrlarning kasbiy ta’limi, yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasida milliy g‘oyaviy omilning transformatsiya jarayonlaridagi zaruriyati ochib berishga xizmat qilgan.