G‘apparov Elyorjon Otabekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ijtimoiy innovatsiyalarning jamiyatni demokratlashtirishdagi o‘rni va ahamiyati”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fal417.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Talapov Baxriddin Alijanovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Fayzullaev Tursunboy, siyosiy fanlar doktori, professor; Abilov O‘rol Murodovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda jamiyatni demokratlashtirish jarayonlarida ijtimoiy innovatsiyalarning tutgan o‘rni va ahamiyatini ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy innovatsiyalarning jamiyatda ijtimoiy maqsadlarga erishish konfiguratsiyasini sotsial kataklizmlardan bartaraf etishi orqali shaxs va jamoa o‘rtasidagi irratsional munosabatlarni tartibga soluvchi mexanizm ekanligi aniqlangan;
jamiyatni noosferalash, gumanizatsiyalash, ijtimoiy infratuzilmani koevolyusiyalashda rivojlanishning noan’anaviy usuli sifatida ijtimoiy innovatsiyalarning aholi zaif qatlamlarida sotsial mobillikni ta’minlashi ochib berilgan;
ijtimoiy hayotdagi ekzogen (inson kapitalini rivojlantirish, norasmiy institutsional muhit, ijtimoiy yo‘naltirilgan faoliyat) hamda endogen (ijtimoiy resurslarni boshqarish) omillarning jamiyat ijtimoiy mummammolari echimiga qaratilganligi va ijtimoiy innovatsiyalar atributi ekanligi isbotlangan;
ijtimoiy innovatsiyalarning jamiyatda sodir bo‘layotgan endotransformatsion (ichki o‘zgarish va yangilanishlar) va ekzotransformatsion (tashqi o‘zgarish va yangilanishlar) inklyuziv o‘zgarishlarga samarali ta’sir etuvchi aqliy paradigmalar ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ijtimoiy innovatsiyalarning jamiyatni demokratlashtirishdagi o‘rni va ahamiyati mavzusida amalga oshirilgan tadqiqoti ishi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ijtimoiy innovatsiyalar jamiyatda ijtimoiy maqsadlarga erishish konfiguratsiyasini o‘zgartirishi, jahon hamjamiyati hayotiga keng ko‘lamda singib borayotgan qonuniyatlari, davlat va jamiyat hayotida mavjud va vujudga kelayotgan muammolarga samarali echimlariga doir taklif va tavsiyalardan 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining II yo‘nalishiga oid «O‘zbekistondagi yangilanish jarayonlari, amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish», «Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans» g‘oyasini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan umummilliy harakatni yuzaga keltirish chora-tadbirlari» 5-bandi «Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!», - degan yagona maqsad atrofida birlashtiruvchi plakat hamda risola tayyorlash, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari orqali muhokamalar o‘tkazish» mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot dasturlarini amalga oshirish doirasida 2020-2021 yillardagi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Namangan viloyati bo‘limining bir qator targ‘ibot dasturlarini amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 18 avgustdagi 230-son ma’lumotnomasi). Natijada ijtimoiy o‘zgarishlarni rag‘batlantirishga qaratilgan shaxs va jamoa o‘rtasidagi irratsional munosabatlarini tartibga solishga xizmat qilgan;
ijtimoiy hayotdagi inson kapitalini rivojlantirish hamda ijtimoiy resurslarni boshqarish, jamiyatda ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik kabi tamoyillarning ustuvor bo‘lishini ta’minlashda ijtimoiy innovatsiyalarning ahamiyatiga oid taklif va tavsiyalardan 2022 yil 25 avgustdagi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «Madaniyat va ma’rifat» telekanalida «Tadqiqot» ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 25 avgustdagi 01-03/147 son ma’lumotnomasi). Natijada, ijtimoiy hayotdagi norasmiy institutsional muhitning ijtimoiy yo‘naltirilgan faoliyat, ijtimoiy resurslarni boshqarish omillari bilan o‘zaro dialektik munosabatlarini ochib berishga hizmat qilgan;
ijtimoiy innovatsiyalarning jamiyatni noosferalash, gumanizatsiyalash, demokratlashtirish jarayonlarida davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik munosabatlarining falsafiy-huquqiy jihatdan tahlili bilan bog‘liq taklif va tavsiyalaridan 2019 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining 7 bandi «Jamiyatda faol fuqarolik pozisiyasining shakllanishi xolati, turli sohalarda olib borilayotgan islohotlarning aholi turmush tarziga ta’sirini o‘rganish maqsadida “Ijtimoiy rivojlanish va daxldorlik tuyg‘usi” mavzusida ijtimoiy tarmoqlar orqali aholi o‘rtasida sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish va natijalari asosida tahliliy materiallar tayyorlashda” hamda 2019-2020 yillardagi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Namangan viloyat bo‘limi tadbirlar rejasining metodik asoslarini ishlab chiqishda hamda Namangan viloyati bo‘limi va Namangan davlat universiteta tomonidan hamkorlikda 2020 yil 13 fevral` kuni Namangan shahar Yoshlar markazida tashkil etilgan “Fuqarolik jamiyatining siyosiy, xuquqiy va diniy institutlari” mavzusidagi targ‘ibot ishlarida dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 18 avgustdagi 230-son ma’lumotnomasi), Natijada, ijtimoiy innovatsiyalarning jamiyat ijtimoiy ehtiyojlariga ijobiy ta’siri aholining zaif qatlamlarida sotsial mobillikni ta’minlashga hizmat qilgan;
ijtimoiy innovatsiyalarni jamiyat hayotida mustahkamlanib borish qonuniyatlari va nodavlat-notijorat tashkilotlarning rolini tobora ortib borishi, davlat va jamiyat boshqaruvida jamoatchilik nazoratining kuchayishi, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligining oshishiga samarali ta’sir ko‘rsatuvchi endotransformatsion (ichki o‘zgarish va yangilanishlar) va ekzotransformatsion (tashqi o‘zgarish va yangilanishlar) o‘zgarishlar uyg‘unligi metodologiyasini yanada takomillashtirish bilan bog‘liq taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi «Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari Qo‘mitasi»ning mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, davlat boshkaruv organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasidagi ijtimoiy sherikchilik munosabatlarini yanada samarali tashkil etish orqali fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va jamiyatimizda kuchli jamaotchilik nazoratini yo‘lga qo‘yishga oid tadbirlar, ilmiy seminarlar hamda targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi «Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari Qo‘mitasi»ning 2022 yil 13 maydagi 04/10-10-93-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatda ijtimoiy innovatsiyalarning mustahkamlanib borish qonuniyatlari, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligining oshishiga samarali ta’sir ko‘rsatuvchi endotransformatsion (ichki o‘zgarish va yangilanishlar) va ekzotransformatsion (tashqi o‘zgarish va yangilanishlar) o‘zgarishlar uyg‘unligini oshirishga xizmat qilgan.