Boykuzieva Guzalxon Xudoyberdievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish mexanizmlari», 09.00.04 – «Ijtimoiy falsafa» (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2021.3.PhD/Fal 212.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Musaev Odil Raxmatovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Mamajon Axmadjonovich, falsafa fanlari doktori; To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mamlakat taraqqiyoti va kelajakdagi rivojidagi xotin-qizlar faoliyati zamonaviy ayol fenomeni qiyofasida ma’naviy-axloqiy imperativlar, ijtimoiy hayotni farovonlashtirish, ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish bilan bog‘liqligi aniqlangan;
xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish induvidual fikr, tajriba, faoliyatning rivojlanishi ayollardagi introcpektiv xiclatlarning harakat jarayonida ekctrocpektiv yondashishga aylanishi asoslangan;
jamiyat taraqqiyotining negizida xotin-qizlarning hayotidagi o‘zgarishlar, mavqeini belgilaydigan ijobiy determinatsiyalovchi rasional-optimictik maqcadga yo‘naltirilgan ob’ektiv va salbiy idensifikatsiyalovchi shaxsning ijtimoiy tabiati, gender stereotiplari, empatiyaga moyillik kabi sub’ektiv omillari ochib berilgan;
xotin-qizlarning jamiyatda ijtimoiy faolligini oshirish fuqarolik jamiyatining axloqiy kvinteccensiya, tibbiy-ijtimoiy xizmat, sog‘lom turmush tarzi, ijtimoiy kommunikativ qobiliyat kabi komponentlar bilan bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish mexanizmlari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar hamda tadqiqot natijalari asosida:
mamlakat taraqqiyoti va kelajakdagi rivojidagi xotin-qizlar faoliyati zamonaviy ayol fenomeni qiyofasida ma’naviy-axloqiy imperativlar, munosib ish topishlariga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish lozimligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan nashr etilgan «Fuqarolik jamiyati» fanidan tayyorlangan o‘quv qo‘llanmaning faol fuqarolik pozisiyasiga ega bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalashning asosiy yo‘nalishlari hamda xotin-qizlar mavqeini oshirish masalalariga doir qismini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 7 avgustdagi 89-03-2727-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyat ijtimoiy hayotini farovonlashtirish, ma’naviy dunyoqarashni shakllantirish xotin-qizlar ijtimoiy maqomini oshirish bilan bog‘liqligini ochib berishga xizmat qilgan;
xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, gender tengligini ta’minlash, ayollardagi introcpektiv xiclatlarning harakat jarayonida ekctrocpektiv yondashishga aylanishiga olib kelishiga oid amaliy taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2019 yil 2-choragi uchun mo‘ljallangan ishlar rejasining 31-32 bandlarini hamda 2020-yil 1-choragi uchun mo‘ljallangan ishlar rejasining 33-36 bandlarida belgilangan vazifalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashining 2021 yil 28 sentyabrdagi 04-13/1430-son ma’lumotnomasi). Natijada, ijtimoiy-iqtisodiy og‘ir holatdagi, ajrim yoqasiga kelib qolgan notinch va muammoli yosh oilalarga amaliy yordam ko‘rsatish hamda ular ongida an’anaviy hayotiy prinsiplarni rivojlantirishga xizmat qilgan;
jamiyat taraqqiyotining negizida insonning siyosiy, iqtisodiy huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish yotishiga doir xulosa va takliflaridan «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi «Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-4235-son Qarori, 2019 yil 2 sentyabrdagi «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida» O‘RQ-562-son Qonunida belgilangan vazifalarni amaliyotga tadbiq etishda foydalanilgan («Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining 2021 yil 13 dekabrdagi 01-16/365/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, xotin-qizlarning hayotidagi o‘zgarishlar, ularning mavqeini belgilaydigan ijobiy rasional-optimictik maqcadga yo‘naltirilgan ob’ektiv va shaxsning ijtimoiy tabiati, gender stereotiplari, empatiyaga moyillik kabi sub’ektiv omillarini ochib berishga xizmat qilgan;
millat genefondini yaxshilash hamda xotin-qizlarning jamiyatda ijtimoiy mavqeini oshirish, xotin-qizlarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash, sog‘lom turmush tarzini ta’minlashga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashining 2021 yil 1-yarim yillik uchun mo‘ljallangan ish rejaning 31-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining 2021 yil 20 avgustdagi 08/442-son ma’lumotnomasi). Natijada, xotin-qizlarning jamiyatda ijtimoiy faolligini oshirish madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish sohalarida biznes yuritish hamda o‘zbek tadbirkor ayolining ma’naviy-axloqiy va tadbirkorlik fazilatlarini ochib berishga xizmat qilgan.