Buranova Shoxnoza Abdurazakovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oila, mahalla, maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorlikda bola ta’lim-tarbiyasining uzviyligini ta’minlash», 13.00.09-Ijtimoiy pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.Phd/Ped 2140.
Ilmiy rahbar: Meliev Xamidilla Abdullaevich, pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.21/30.10.2020.Ped/S.127.01.
Rasmiy opponentlar Taylanova Shoxida Zaynievna, pedagogika fanlari doktori, professor, Norqulov Husniddin Do‘sbekovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda oila, mahalla, maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorlikda bola ta’lim-tarbiyasini uzviyligini ta’minlashning shart sharoitlarini o‘rganish asosida hamkorlikdagi ta’lim-tarbiya strategiyasini belgilash va ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolaning ta’lim-tarbiyasidagi uzviylikni ta’minlashda kognitiv jarayonlar «ma’lumotlarni idrok etish», «qayta ishlash», «fikrlash», va «intensifikatsion» qobiliyatlarni rivojlantirish orqali ularni oila, mahalla, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamkorligida ijtimoiy-pedagogik tarbiyalash mumkinligi asoslantirilgan;
pedagogik hamkorlik jarayonini loyihalashda integratsiyalashgan metodik tizim «buyuk allomalar fikrlari va qarashlari», infrastruktura xususiyatlari «qadriyatlar», «urf-odatlar», «me’yoriy-huquqiy asoslar» dan maqsadli foydalanish orqali bola ta’lim-tarbiyasiga tizimli yondoshuv mumkinligi asoslanib, yaxlit pedagogik modeli «tashkiliy», «baholash-refleksiv tizim» ishlab chiqilgan;
oila, mahalla, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamkorligida bola ta’lim-tarbiyasini uzviyligini ta’minlashning yagona ta’lim maydonini yaratish maqsadida pedagogik aksiologik munosabatlarni «umumiy maqsadlar», «ixtiyoriylik», «uzoq muddatli munosabatlar», «ishonch» shakllantirish orqali tizimni gorizontal va vertikal integratsiyalar asosida takomillashtirish aniqlangan;
bolaning ta’lim-tarbiyasida uzviylikni ta’minlashning didaktik imkoniyatlari kreativ, metodik, innovatsion, motivatsion, ijtimoiy, texnologik, ekstremal, refleksiv tizimlarni shakllantirish va pedagogik hamkorlik «ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlash», «ijobiy muloqot malakalarini qo‘llash», «ijtimoiy bilim, ko‘nikma, malakaga egalik» xususiyatlarini rivojlantirishga ustuvorlik berish orqali hamkorlik tizimini shakllantirish mumkinligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya va ishlanmalar asosida:
bolaning ta’lim-tarbiyasidagi uzviylikni ta’minlashda kognitiv jarayonlar «ma’lumotlarni idrok etish», «qayta ishlash», «fikrlash», va «intensifikatsion» qobiliyatlarni rivojlantirish orqali ularni oila, mahalla, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamkorligida ijtimoiy-pedagogik tarbiyalash mumkinligi asoslantirishga oid takliflardan “Maktabgacha ta’limning konseptual asoslari” elektron o‘quv uslubiy qo‘llanma ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022 yil 25 apreldagi 03-03/1-981-son ma’lumotnomasi). Natijada ota-onalar, mahalla va maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarning integrativ-innovatsion faoliyatini rivojlantirish, hamkorlikni mazmunli va maqsadli tashkil etish mexanizmini ijtimoiy-huquqiy asoslar orqali takomillashtirish, o‘zaro tajriba almashish, maktabgacha ta’limning zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish, yosh oilalarni metodik qurollantirish, pedagoglar uchun uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish imkonini bergan;
pedagogik hamkorlik jarayonini loyihalashda integratsiyalashgan metodik tizim «buyuk allomalar fikrlari va qarashlari», infrastruktura xususiyatlari «qadriyatlar», «urf-odatlar», «me’yoriy-huquqiy asoslar» dan maqsadli foydalanish orqali bola ta’lim-tarbiyasiga tizimli yondoshuv mumkinligi asoslanib, yaxlit pedagogik modeli «tashkiliy», «baholash-refleksiv tizim» ishlab chiqilganligi doir takliflardan “Hamkorlik-kelajakka yo‘l” dasturi asosida Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022 yil 25 apreldagi 03-03/1-981-son ma’lumotnomasi) maxsus o‘quv-seminarlar tashkil qilingan. Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berish uyg‘unligi, ta’limiy-tarbiyaviy ta’sirning birligi, izchilligi hamda uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha tizimlarning hamkorlik faoliyatiga tayyorlash jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan va samarali natijalariga erishilgan;
oila, mahalla, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamkorligida bola ta’lim-tarbiyasini uzviyligini ta’minlashning yagona ta’lim maydonini yaratish maqsadida pedagogik aksiologik munosabatlarni «umumiy maqsadlar», «ixtiyoriylik», «uzoq muddatli munosabatlar», «ishonch» shakllantirish orqali tizimni gorizontal va vertikal integratsiyalar asosida takomillashtirish aniqlanganligiga oid takliflardan: “Mahalla, oila va maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorlik tizimi ishlarini takomillashtirish” nomli monografiyaning joriy etilishi tizimlarning o‘z faoliyatiga nisbatan refleksiv yondoshuv ko‘nikmalarini shakllanishiga, interfaol ta’lim-tarbiya muhitini yaratishga xizmat qiluvchi zamonaviy kompetensiyalarning o‘zlashtirilishiga xizmat qilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022 yil 25 apreldagi 03-03/1-981-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim va tarbiyaga yangicha, tizimli yondashuv, bolada umumiy kompetensiyalarni kafolatli shakllantirishda oila, maktabgacha ta’lim tashkiloti, mahallalarning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlarini to‘liq yuzaga chiqarish va ular orasida ilmiy-metodik uzviylikni yangi darajaga ko‘tarish kabi samarali ko‘rsatgichlarga erishilgan;
bolaning ta’lim-tarbiyasida uzviylikni ta’minlashning didaktik imkoniyatlari kreativ, metodik, innovatsion, motivatsion, ijtimoiy, texnologik, ekstremal, refleksiv tizimlarni shakllantirish va pedagogik hamkorlik «ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlash», «ijobiy muloqot malakalarini qo‘llash», «ijtimoiy bilim, ko‘nikma, malakaga egalik» xususiyatlarini rivojlantirishga ustuvorlik berish orqali hamkorlik tizimini shakllantirish mumkinligi asoslanganligi oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022 yil 25 apreldagi 03-03/1-981-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagogik o‘zaro ta’sirni pedagogik jarayon ishtirokchilarining bola shaxsini muvaffaqiyatga erishishiga intilish motivining shakllanganganligi va “ijtimoiy hamkorlik qilish” shaxsning ustuvor xususiyati ekanligiga ko‘nikmalar hosil qilishga erishilgan. Hamkorlik orqali bolalarni shaxs sifatida rivojlantirish indikatorlari va kompetensiyalarini amaliyotga joriy etish, ularni amaliyotda qo‘llay olish imkonini bergan.