Gulomova Komila Maxamatjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Professional ta’limda o‘quvchilarning mediasavodxonligini rivojlantirish orqali mustaqil faoliyatini tashkil etish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped2350.
Ilmiy rahbar: Ashurova Sanobar Yuldashevna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped 48.01.
Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Turaev Sirojiddin Juraqobilovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi professional ta’limda o‘quvchilarning mediasavodxonligini rivojlantirish orqali mustaqil faoliyatini tashkil etish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
professional ta’limda o‘quvchilarning mediasavodxonligini rivojlantirish orqali mustaqil faoliyatini tashkil etish hamda axborotni mustaqil egallashning o‘quv-metodik ta’minoti tizimli, vazifali, faoliyatli, kasbiy-tanqidiy, innovatsion, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarni mazmunga kiritish orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning mediasavodxonligini shakllantirish asosida mustaqil faoliyatga tayyorlash ko‘nikmalarini aniqlash mexanizmiga asoslangan model pedagogik-texnologik, diagnostika qilish bloklari hamda motivatsion, kognitiv, amaliy-faoliyatli, ijodiy komponentlarni o‘zaro uzviyligini kombinatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarini mustaqil o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish metodikasi Mindmeister, POPS, PMI, Pyramide, Project dasturlash tilida (Javascript) mediaishlanmalar, slaydlar galereyasini ishlab chiqish hamda bilish, tushunish, qo‘llash, sintez, baholash (Blum taksonomiyasi)ni qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
pedagogika kollejlarida o‘quvchilarning mediasavodxonligini hamda mustaqil faoliyatga tayyorlash kompetensiyalarining rivojlanganlik darajalari ijodiy, produktiv, reproduktiv ko‘rsatkichlar asosida axborotlarni taqdim etish darajasi, manbaning mazmuni va tuzilishi, ko‘rinishi va dizayni kabi baholash tartibini kiritish asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Professional ta’lim o‘quvchilarining mediasavodxonligini rivojlantirish orqali mustaqil faoliyatga tayyorlash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
professional ta’limda o‘quvchilarning mediasavodxonligini rivojlantirish orqali mustaqil faoliyatini tashkil etish hamda axbrotni mustaqil egallashning o‘quv-metodik ta’minoti tizimli, vazifali, faoliyatli, kasbiy-tanqidiy, innovatsion, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar tizimli, faoliyatli, kasbiy-tanqidiy, individual, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlardan kompleks foydalanish asosida professional ta’limda mustaqil faoliyatini tashkil etishga hamda o‘quvchi-yoshlarda mediasavodxonligini rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyojni aniqlashga doir metodik tavsiyalardan “Yoshlar va xotin-qizlarning tadbirkorlik savodxonligini oshirish va o‘z-o‘zini bandligini ta’minlashga qaratilgan yagona ma’lumotlar bazasini (onlayn-veb portal) yaratish” (2021-2023 yy.) innovatsion loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 12 sentyabrdagi 89-05-77-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar o‘quvchi-yoshlarda mediasavodxonlikni rivojlantirish orqali mustaqil faoliyatini tashkil etishga xizmat qilgan;
mediasavodxonlikni motivatsion, shaxsiy, axborotli, faoliyatli yo‘nalishlarini rivojlantirish orqali mustaqil faoliyatini tashkil etish metodikasi, pedagogik shart-sharoitlari majmuasi hamda ORID, DIGA, (Mindmeister, POPS, PMI, Pyramide, Project) dasturlash tilida (JavaScript) mediaishlanmalardan pedagogika kolllejlarida “Kasbiy faoliyatda axborot texnologiyalari” fani o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 233/2-036 raqamli guvohnomasi). Mazkur o‘qitish materiallari “Kasbiy faoliyatda axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda o‘quvchilarning medisavodxonligini rivojlanishiga xizmat qilgan;
o‘quvchilarning mediasavodxonligini hamda mustaqil o‘quv-bilish faoliyatiga tayyorgarlik darajalarini aniqlashga qaratilgan intelektual topshiriqlar to‘plami, mustaqil topshiriqlar, loyiha topshiriqlari, vizual taqdimotlardan “Mediasavodxonlik orqali o‘quvchilarning mustaqil faoliyatini takomillashtirish metodikasi” raqamli didaktik ta’minotini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 12 sentyabrdagi 89-05-77-son ma’lumotnomasi). Natijada raqamli didaktik ta’minot o‘quvchilarning mediasavodxonligini oshirishga, ta’lim sifati va samaradorligini rivojlantirishga hamda pedagogik tajriba-sinov ishlarining sifat darajasini oshirishga xizmat qilgan.