Haydarova Sevara Asatulla qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Itlarda naysimon suyak sinishlarining etiopatogenezi, davolash va bitish jarayonlarini faollashtirish”, 16.00.01 – Hayvonlar kasalliklari diagnostikasi, terapiyasi va xirurgiyasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/V56.
Ilmiy rahbar: Narziev Baxtiyor Dalievich, veterinariya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Camarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Camarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Eshburiev Sobir Baxtiyorovich, veterinariya fanlari doktori, dotsent; G‘affarov Usmon Bobonazarovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xizmat itlarida naysimon suyaklar sinishlarining ertachi tashxis va davolash usullarini takomillashtirish orqali suyak qadog‘i hosil bo‘lishini faollashtirish va bitish jarayonlarini tezlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor respublikaning Samarqand va Jizzax viloyatlari kinologiya pitomniklaridagi xizmat itlarida va aholi qaramog‘idagi itlar orasida naysimon suyak sinishlarining tarqalish darajasi aniqlangan;
laboratoriya hayvonlarida (quyonlarda) naysimon suyaklar sinishini davolashda osteosintez usuli va osteoreparativ preparatlarning faollashtiruvchi ta’siri ilmiy asoslangan;
itlardagi son va elka suyaklari sinishlarida intramedullyar, boldir va bilak suyaklari sinishlarida esa plastinali osteosintez usullarini qo‘llab davolashda suyak bo‘laklari repozisiyasini va fiksatsiyasini ta’minlash orqali yuqori samara berishi aniqlangan;
xizmat va uy itlarida naysimon suyaklar sinishlarining etiopatogenezi aniqlangan;
itlarda naysimon suyaklar sinishini davolashda osteosintez usuli va faollashtiruvchi osteoreparativ preparatlarning muayyan doza va tartibda ishlatishga asoslangan davolash usuli takomillashtirilgan;
itlarda suyak sinishlarida suyak qadog‘ining shakllanish jarayonini faollashtirish maqsadida, kasal itlarga mumiyo preparati 0,2 g va osteogenon preparati 0,85 g 15 kun davomida 2 marta og‘iz orqali berish va sinish turiga muvofiq osteosintez usullarini birgalikda qo‘llash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Itlarda naysimon suyak sinishlarining etiopatogenezi, davolash va bitish jarayonlarini faollashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
«Itlarda suyak sinishlarini osteosintez usulida davolash bo‘yicha tavsiyalar» va «Itlarda suyak sinishlarini davolashda suyak qadog‘i hosil bo‘lish jarayonini faollashtirish bo‘yicha tavsiyanoma» ishlab chiqilgan va Samarqand va Jizzax (Ravot, 9784-harbiy qism) viloyatlari kinologiya pitomniklarida joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 16 iyundagi 02/23-248-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalar xizmat itchiligida qo‘llanilishi natijasida itlarda shikastlardan yuzaga keladigan turli darajadagi naysimon suyaklar sinishlarini samarali davolashga erishilgan;
itlardagi son va elka suyaklari sinishlarida intramedullyar osteosintez, boldir va bilak suyaklari sinishlarida esa plastinali osteosintez usullari Samarqand va Jizzax (Ravot, 9784-harbiy qism) viloyatlari kinologiya pitomniklarida joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 16 iyundagi 02/23-248-son ma’lumotnomasi). Bu usullarni qo‘llash natijasida suyak bo‘laklari repozisiyasi va fiksatsiyasi ta’minlanib, suyak sinishlari bitish muddatini 12-13 kunlarga qiskartirish imkoniyati yaratilgan;
itlarda naysimon suyak sinishlarini intramedullyar va plastinali osteosintez usullari bilan davolashda suyak qadog‘i hosil bo‘lish jarayonini faollashtiruvchi preparatlarni qo‘llashga asoslangan kompleks davolash usullari, xususan, mumiyo (0,2 g) va osteogenon (0,85 g) preparatlarini 15 kun davomida 2 marta og‘iz orqali berish, Samarqand va Jizzax (Ravot, 9784-harbiy qism) viloyatlari kinologiya pitomniklarida joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 16 iyundagi 02/23-248-son ma’lumotnomasi). Natijada, itlarda naysimon suyaklar sinishida ushbu preparatlarning suyak qadog‘i hosil bo‘lish jarayonini rag‘batlantiruvchi yuqori samaradorligi aniqlangan va xarajatlarning bir so‘miga iqtisodiy samaradorlik 5,71 so‘mni tashkil etgan.