Ismailova Klimentina Fuzailovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston radiosi demokratlashuv sharoitida: tendensiyalar, muammolar, istiqbollar”, 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Fil389.
Ilmiy maslahatchi: Qosimov Narzulla Jo‘raevich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Normatov Karim Normatovich, tarix fanlari doktori, professor; Xudoyqulov Muxtor, filologiya fanlari doktori, professor; Muxamedova Saodat Xudoyberdievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston radiosining demokratlashuv sharoitida eng muhim tendensiya va muammolarini ochib berish, uning istiqboli va kelajakdagi faoliyatini optimallashtirish yo‘llarini aniqlashdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy radiotuzilmalarning eng ko‘p qo‘llaniladigan formatlarini aniqlash hamda interfaol va interfaol bo‘lmagan mualliflik dasturlari tipologiyasini ishlab chiqish orqali radiojurnalistika nazariyasiga zamonaviy radioeshittirishning ovozli manzarasini tashkil etuvchi «jingl», «opner», «layner», «reklama gamachoklari» kabi tushunchalar kiritilgan;
some’larning xarakteri, istaklarini, radiokanallar va radiodasturlar reytingini, ularning tinglovchilarga ta’sirini o‘rganish zaruratini asoslash orqali stansiyalarning lokalizatsiyasi va auditoriyaning yoshi, jinsi, ijtimoiy mavqei, axboriy ehtiyojlariga ko‘ra segmentatsiyasi aniqlangan;
respublika davlat radiosining isloh etilishi, uning rivoji uchun qulay huquqiy muhitning shakllantirilganligi, nodavlat radioeshittirish sektori tadrijiy taraqqiyotining turli auditoriya segmentlari bilan eksperimentlashuvi (1997-2000 yy.), formatlar lokallashuvi (2000-2009 yy), ijtimoiylashuv va yangi medialar bilan konvergentlashuvi (2010 yildan hozirga qadar) kabi uch bosqichda amalga oshirilgani dalillangan;
Yangi O‘zbekistonni barpo etish sharoitida milliy radio faoliyatini optimallashtirishga qaratilgan dasturiy siyosat, efirni strukturalash, milliy o‘ziga xoslikni targ‘ib etish, kontentni boyitish, tinglovchilar bilan ishlash, jurnalistik mahoratni oshirish zarurati asoslangan;
O‘zbekiston radiosining jamiyat demokratlashuvidagi islohotlar indikatori sifatidagi rolini ochib berish orqali uning 1991-2021 yillardagi tashkiliy, mazmuniy, shakl hosil qiluvchi faoliyatlari hamda globallashuv, tijoriylashuv, mediakonvergensiya kontekstida rivojlanish tendensiyalari ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Demokratlashuv sharoitida O‘zbekiston radiosining taraqqiyot tendensiyalari va muammolarini aniqlashda olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
milliy radiotuzilmalarning eng ko‘p qo‘llaniladigan formatlarini aniqlash hamda interfaol va interfaol bo‘lmagan mualliflik dasturlari tipologiyasini ishlab chiqish orqali radiojurnalistika nazariyasiga zamonaviy radioeshittirishning ovozli manzarasini tashkil etuvchi «jingl», «opner», «layner», «reklama gamachoklari» kabi tushunchalar kiritilganligiga oid mulohaza va xulosalar 2021 yil 15 iyunda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi va O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamkorligida o‘tkazilgan «Zamonaviy massmedianing dolzarb muammolari» konferensiyasida taqdim etilgan hamda milliy radiojurnalistika janr strukturasi o‘zgarishi jarayonlari to‘g‘risidagi tadqiqot xulosalari asosida 2021 yil 12 noyabrda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining 2022 yil 28 yanvardagi 01-18/27-son ma’lumotnomasi, Qoraqalpog‘iston Teleradiokompaniyasining 2022 yil 10 yanvardagi 1-4-09/13-son ma’lumotnomasi). Natijada ishtirokchilar (talabalar, doktorantlar, professional jurnalistlar) respublika hayotining barcha jabhalarida kechayotgan islohotlarga bag‘ishlangan dasturlarni tayyorlash, zamonaviy radiojurnalistikada janrlar modifikatsiyasi, raqamlashtirish jarayonlari haqidagi bilimlarini oshirishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonni barpo etish sharoitida milliy radio faoliyatini optimallashtirishga qaratilgan dasturiy siyosat, efirni strukturalash, milliy o‘ziga xoslikni targ‘ib etish, kontentni boyitish, tinglovchilar bilan ishlash, jurnalistik mahoratni oshirish zarurati asoslangan takliflar O'zbekiston kanalida «Bedorlik», «Adabiy jarayon», «Millat va ma’naviyat» dasturlarining mazmun sifatini, ssenariylar yozish mahoratini oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining 2022 yil 28 yanvardagi 01-18/27-son ma’lumotnomasi, O'zbekiston radiokanalining 2022 yil 11 yanvardagi 01-06-66-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur radiokanal xodimlari badiiy-publisistik yo‘nalishdagi eshittirishlarni tayyorlash, mantlar bilan ishlash ko‘nikmalari rivojlantirilgan;
some’larning xarakteri, istaklarini, radiokanallar va radiodasturlar reytingini, ularning tinglovchilarga ta’sirini o‘rganish zaruratini asoslash orqali stansiyalarning lokalizatsiyasi va auditoriyaning yoshi, jinsi, ijtimoiy mavqei, axboriy ehtiyojlariga ko‘ra segmentatsiyasi aniqlanganligiga oid xulosalar va tavsiyalar Qoraqalpog‘istonning «Nukus FM» radiostansiyasining faoliyatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining 2022 yil 28 yanvardagi 01-18/27-son ma’lumotnomasi, «Nukus FM» radiosining 2022 yil 10 yanvardagi 01/02-05-son ma’lumotnomasi). Natijada radiostansiyaning auditoriya bilan muloqot qilish usullari o‘zgardi, qayta aloqaning yangi ko‘rinishlari, xususan, «FM-salomlar» ruknida tatbiq etilgan;
respublika davlat radiosining isloh etilishi, uning rivoji uchun qulay huquqiy muhitning shakllantirilganligi, nodavlat radioeshittirish sektori tadrijiy taraqqiyotining turli auditoriya segmentlari bilan eksperimentlashuvi (1997-2000 yy.), formatlar lokallashuvi (2000-2009 yy), ijtimoiylashuv va yangi medialar bilan konvergentlashuvi (2010 yildan hozirga qadar) kabi uch bosqichda amalga oshirilgani dalillanganligiga oid xulosalardan TRK «Oriat»ning faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining 2022 yil 28 yanvardagi 01-18/27-son ma’lumotnomasi, TRK «Oriat» ning 2022 yil 13 yanvardagi 13-01/22-son ma’lumotnomasi). Natijada «Oriat Dono» radiostansiyasida «Oriatnoma», «Qadriyatnoma», «Ramazon fonusi», «Donolar so‘ylaydi» va boshq. yaratilib, radiostansiyaning o‘zbek xalqining madaniy qadriyatlarini targ‘ib etish borasidagi eshittirishi asosi bo‘lgan, radiostansiya kontentining ijtimoiy ahamiyatli mavzular bilan boyitilishiga xizmat qilgan.