Shamsutdinova Nigina Karimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sufizm kontekstida Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlari”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fal458.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Madaeva Shaxnoza Amanullaevna, falsafa fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, RhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Rasmiy opponentlar: Turaev Baxtiyor Omonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Sharipova Oygul Tursunovna, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sufizm kontekstida Abu Ali ibn Sino falsafiy qarashlarining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish hamda yoshlar axloqiy qiyofasini takomillashtirishdagi o‘rnini asoslab berishdan ibopat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ibn Sino tasavvufiy ta’limotida insonning aqliy va ma’naviy salohiyatini yuksaltirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi o‘ziga xos intellektual mohiyat kasb etuvchi haqiqatni bilish va saodatga erishish to‘g‘risidagi gnoseologik nazariya hamda faol ong, fikrlash, va sezgilar dunyosi bilan uzluksiz aloqadorlikka oid metafizik metodologiya yaratilganligi falsafiy nuqtai-nazardan asoslangan;
Ibn Sino irratsional qarashlarida so‘fizmning komil inson va uning kamoloti, ma’naviy etuklik, ezgulik, yaxshilik, bashariyat ravnaqi g‘oyalarining gumanistik mohiyati va yoshlar axloqiy qiyofasini takomillashtirishda sog‘liq va farovonlik, fuqarolar faolligi, gender tengligi, ehtiyoj va imkoniyatlar kabi yoshlar rivojlanishi, farovonligi va taraqqiyoti indeksi ko‘rsatkichlarining ontologik mohiyati ochib berilgan;
Ibn Sino tasavvufiy qarashlarining so‘fizm tarixi tizimida haqiqatni anglash va qadrlash, komil insonni shakllantirishda aql va farosat orqali mukammallikka erishishga oid g‘oyalarining tutgan o‘rni va potensial imkoniyatlarining shaxsdagi muhabbat, uyg‘unlik va go‘zallikning detepminictik ta’cipi hamda his, vahm, aql tushunchalarining ijtimoiy muhit va inson ma’naviy borlig‘iga ta’sir o‘tkazishining gnoseologik evolyusiyasi isbotlangan;
so‘fizm kontekstida Ibn Sinoning “Solomon va Ibsol”, “Hay ibn Yaqzon”, “Tanbehot va ishorot”, “Muhabbat risolasi”, “Qush haqidagi risola” asarlaridagi tasavvufiy qarashlarining yaxlit strukturaviy shaklda namoyon bo‘lganligi hamda falsafiy qarashlari bilan dialektik bog‘liqligi va birligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sufizm kontekstida Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlari tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Ibn Sino tasavvufiy ta’limotida insonning aqliy va ma’naviy salohiyatini yuksaltirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi o‘ziga xos intellektual mohiyat kasb etuvchi haqiqatni bilish va saodatga erishish to‘g‘risidagi gnoseologik nazariya hamda faol ong, fikrlash, va sezgilar dunyosi bilan uzluksiz aloqadorlikka oid metafizik metodologiya yaratilganligiga oid nazariy umumlashma va xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170928696-raqamli “O‘zbekistonda “O‘zbekistonda islohotlar jarayonini tahlil etish va amalga oshirishning konseptual-falsafiy metodologiyasi (Harakatlar strategiyasi asosida)” (2018-2020 yy) amaliy loyihada belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2022 yil 12 avgustdagi 01/10-11-4638-son ma’lumotnomasi). Natijada, ijtimoiy sohani rnvojlantirnsh bilan bog‘liq ma’naviy islohotlarning nazariy va fundamental asoslarini tadqiq etishda, amalga oshirilayotgan islohotlar jzrayonini tahdil etish va amalga oshirishning konseptual-falsafiy metodologiyasini ochib berishda Ibn Sino falsafiy, tasavvufiy va ilmiy qarashlari metodologik va amaliy ahamiyat kasb etgan va Markaziy Osiyo renessans davri ma’naviy, ilmiy me’rosining evolyusion ahamiyatini ochib berishda muhim nazariy manba sifatida xizmat qilgan;
Ibn Sino irratsional qarashlarida so‘fizmning komil inson va uning kamoloti, ma’naviy etuklik, ezgulik, yaxshilik, bashariyat ravnaqi g‘oyalarining gumanistik mohiyati va yoshlar axloqiy qiyofasini takomillashtirishda sog‘liq va farovonlik, fuqarolar faolligi, gender tengligi, ehtiyoj va imkoniyatlar kabi yoshlar rivojlanishi, farovonligi va taraqqiyoti indeksi ko‘rsatkichlarining ontologik mohiyatiga doir yangiliklar va amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining amaliy loyihalari, risolalar tayyorlash, ma’naviy tadbirlarning mazmuni va samaradorligini oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 martdagi PQ-2855-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori “Islom sivilizatsiyasining umuminsoniy qadriyatlarini, jumladan xalqimiz ma’naviyati va madaniyati rivojida tutgan o‘rni va ahamiyatini o‘rganish, ularning ilmiy-nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq etish” bandidagi vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022 yil 17 fevraldagi 02/79-son ma’lumotnomasi). Natijada, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda Ibn Sino axloqiy-falsafiy merosidagi tasavvufiy qarashlarning gumanistik mohiyati, shuningdek, uning hozirgi kundagi yoshlar tarbiyasidagi zaruriyatini ilmiy asoslashga hamda milliy ta’lim-tarbiya tizimidagi islohotlar jarayonida muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etishi asoslashga xizmat qilgan;
Ibn Sino tasavvufiy qarashlarining so‘fizm tarixi tizimida haqiqatni anglash va qadrlash, komil insonni shakllantirishda aql va farosat orqali mukammallikka erishishga oid g‘oyalarining tutgan o‘rni va potensial imkoniyatlarining shaxsdagi muhabbat, uyg‘unlik va go‘zallikning detepminictik ta’cipi hamda his, vahm, aql tushunchalarining ijtimoiy muhit va inson ma’naviy borlig‘iga ta’sir o‘tkazishining gnoseologik evolyusiyasiga doir nazariy xulosalar va amaliy takliflardan “O’zbekiston” teleradiokanali “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatining 2021 yil yanvar-fevral oylarida efirga uzatilgan “Bedorlik”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Oʻzbekiston” teleradiokanali DUKning 2021 yil 23 martdagi O‘z/R-1-30-21-son ma’lumotnomasi). Natijada, tomoshabinlarning milliy tafakkurini kengaytirish jarayonida gumanistik g‘oyalarning mohiyatini chuqur anglashga o‘rgatish, bugungi kunda yuzaga kelayotgan ijtimoiy muammolarni tanqidiy izohlash va ularning echimini amaliyotga tadbiq etish bilan bog‘liq sohalarda olib borilayotgai faoliyatning samaradorligini oshishiga, tayyorlangan dasturlarning sifati va mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
so‘fizm kontekstida Ibn Sinoning “Solomon va Ibsol”, “Hay ibn Yaqzon”, “Tanbehot va ishorot”, “Muhabbat risolasi”, “Qush haqidagi risola” asarlaridagi tasavvufiy qarashlarining yaxlit strukturaviy shaklda namoyon bo‘lganligi hamda falsafiy qarashlari bilan dialektik bog‘liqligi va birligiga oid ilmiy-nazariy tahlillar, falsafiy xulosalar va taklif-tavsiyalaridan O‘zbekiston “Milliy Tiklanish” demokratik partiyasi dasturining IV. “Ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh etishning ustuvor yo‘nalishlari”, VI. “Ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ustuvor yo‘nalishlar” bandlaridagi fazifalar ijrosini ta’minlashda, amaliy loyihalarni tashkillashtirish va amalga oshirishda, shuningdek, partiya dasturini takomillashtirish va zamon talabiga moslashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2021 yil 21 apreldagi 04/02-95-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek xalqining ma’naviy qiyofasini takomillashtirish, yoshlarga yuksak axloqiy xususiyatlarga ega bo‘lgan har bir shaxsga xos bo‘lgan burch, to‘g‘rilik, o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat hissini singdirish, tashqi tahdidlar va “ommaviy madaniyat”ning zararli ta’siridan muhofaza qilish tadbirlarining samaradorligini oshirishga, partiya tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlarini takomillashtirish va zamon talabiga moslashtirishga xizmat qilgan.