Saloxov Akmal Qamariddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buxoro ma’rifatparvarlari g‘oyalarida yoshlar tolerantliginini shakllantirish muammolarining falsafiy tahlili”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fal436
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
Ilmiy rahbar: Navro‘zova Gulchehra Ne’matovna, falsafa fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08. 
Rasmiy opponentlar: Nazarov Qiyom Normirzaevich, falsafa fanlari doktori, professor; Abdivohidov Sunatillo Abdinabievich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Buxoro ma’rifatparvarlari qarashlaridagi tolerantlik va bag‘rikenglik g‘oyalarining komil insonni tarbiyalashdagi konstruktiv ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Ahmad Donish va Abdurauf Fitrat asarlardagi vatanparvarlik, insonparvarlik, kamtarlik, mehnatsevarlik, ozodlik, maqsad sari intilish, insonlarga mehr-shafqatli bo‘lish, o‘z manfaatidan xalq manfaatini yuqori qo‘yish kabi g‘oyalarning xalqaro hamjamiyatning “Bag‘rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi” bilan mushtarakligi aniqlashtirilgan hamda hozirgi davrda yoshlarda vatanparvarlik, tolerantlik madaniyatini yuksaltirishi argumentlar vositasida dalillangan;  
Buxoro ma’rifatparvarlarining madaniy yangilanish, ma’rifiy yuksalish, ta’limni isloh etish, ilm va hunar egallashga oid ijtimoiy-axloqiy g‘oyalarining hozirgi davr yoshlar ma’naviy kamolotining halollik, pok vijdonlilik, sabr-toqatlilik, mehnatsevarlik, xalqparvarlik kabi mezonlarini shakllantirishdagi ta’siri ochib berilgan;
Ahmad Donishning “Navodir-ul-vaqoe” asaridagi milliy uyg‘onish, adolatli boshqaruv, bag‘rikenglik, tenghuquqlilikni ta’minlashga undovchi g‘oyalarning zamonaviy demokratik va bag‘rikeng jamiyat yuksalishining hal qiluvchi omili ekanligi sababli erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va demokratik qadriyatlar ustuvorligini ta’minlashda yoshlar tolerantligini shakllantirish uchun pozitiv ahamiyatga ega ekanligi falsafiy asoslangan;
Fitratning “Rahbari najot” asaridagi ma’rifiy, tarbiyaviy, tolerantlik, murosa madaniyati, inson ma’naviyatiga oid g‘oyalari hamda ma’rifatparvarlik, jadidchilik faoliyatlari bag‘rikenglikka asoslangan milliy xarakterni shakllanishida konstruktiv asos bo‘lganligi mantiqiy isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro ma’rifatparvarlari g‘oyalarida yoshlar tolerantligini shakllantirishning falsafiy tahlili jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
Ahmad Donish va Abdurauf Fitrat asarlardagi vatanparvarlik, insonparvarlik, kamtarlik, mehnatsevarlik, ozodlik, maqsad sari intilish, insonlarga mehr-shafqatli bo‘lish, o‘z manfaatidan xalq manfaatini yuqori qo‘yish kabi g‘oyalarning xalqaro hamjamiyatning “Bag‘rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi” bilan mushtarakligi aniqlashtirilgan hamda hozirgi davrda yoshlarda vatanparvarlik, tolerantlik madaniyatini yuksaltirishiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan “Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazining “Milliy qadriyatlar – yoshlar ardog‘ida” (2019 y) mavzusidagi davlat granti loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (“Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazining 2022 yil 10 avgustdagi ML01/01-29-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’rifatparvar-jadidlarning yoshlarda tolerantlikni shakllantirish muammosi bilan bog‘langan falsafiy merosini o‘rganish bo‘yicha ijtimoiy- ma’naviy islohotlar nuqtai nazaridan tavsiya va taqdimotlar ishlab chiqishga, “komil inson” tarbiyasidagi ma’naviy-ruhoniy, diniy-irfoniy va biologik-jismoniy jihatlarini aniqlashga, jaholatga qarshi ma’rifat, ilm va amal, yoshlar ma’naviy salohiyatini yanada takomillashtirish kabi profilaktik tadbirlarni mazmunan boyitishga xizmat qilgan;
Buxoro ma’rifatparvarlarining madaniy yangilanish, ma’rifiy yuksalish, ta’limni isloh etish, ilm va hunar egallashga oid ijtimoiy-axloqiy g‘oyalarining hozirgi davr yoshlar ma’naviy kamolotining halollik, pok vijdonlilik, sabr-toqatlilik, mehnatsevarlik, xalqparvarlik kabi mezonlarini shakllantirishdagi ta’siriga doir ilmiy yangilik va takliflardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yilda mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlar natijadorligini oshirish va ushbu yo‘nalishni yanada rivojlantirishning yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturininingu II yo‘nalishi “O‘zbekistondagi yangilanish jarayonlari, amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatni keng targ‘ib qilish” 12-bandi “Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans sari” g‘oyasini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan umummilliy harakatni yuzaga keltirish chora-tadbirlari insonparvarlik, vatanga sodiqlik tuyg‘ularini kuchaytirish, yoshlarni intelektual qobiliyatlarini qo‘llab-quvatlash, ular o‘rtasida turli salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” loyihasi, “Korrupsiya kelajakka tahdid” insholar tanlovi, “O‘zbekiston yoshlar nigohida” rasmlar tanlovi, “Ona Vatanimning buyuk farzandlari”, “O‘zbekistonlik ekanimdan faxrlanaman”, “Vatanga xizmat qilish – buyuk maqsadim” maqolalar tanlovini tashkil etishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022 yil 17 fevraldagi 20-son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy tarbiyada ma’rifatparvar mutafakkirlarining qarashlarini keng jamoatchilik orasida targ‘ibotini olib borish ishlari natijadorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
Ahmad Donishning “Navodir-ul-vaqoe” asaridagi milliy uyg‘onish, adolatli boshqaruv, bag‘rikenglik, tenghuquqlilikni ta’minlashga undovchi g‘oyalarning zamonaviy demokratik va bag‘rikeng jamiyat yuksalishining hal qiluvchi omili ekanligi sababli erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va demokratik qadriyatlar ustuvorligini ta’minlashda yoshlar tolerantligini shakllantirish uchun pozitiv ahamiyatga ega ekanligiga oid ilmiy-nazariy xulosalar va tavsiyalardan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturidagi “Yoshlar – kelajak bunyodkori” loyixasi doirasida amalga oshirilgan “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” shiori ostida an’anaviy respublika festivallari, aksiyalarni, master-klasslar va ijodiy uchrashuvlarning ssenariylarini tayyorlashda va o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining 2022 yil 17 yanvardagi 04-13/50-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun imkoniyat yaratish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik hamda bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash, turli mafkuraviy tahdidlardan asrashga doir bilim va ko‘nikmalarini kengaytirishga xizmat qilgan;
Fitratning “Rahbari najot” asaridagi ma’rifiy, tarbiyaviy, tolerantlik, murosa madaniyati, inson ma’naviyatiga oid g‘oyalari hamda ma’rifatparvarlik, jadidchilik faoliyatlari bag‘rikenglikka asoslangan milliy xarakterni shakllanishida konstruktiv asos bo‘lganligiga oid nazariy umumlashma va takliflardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yilda efirga uzatilgan “Assalom Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘’jiza” ko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 8 fevraldagi 1/34-son ma’lumotnomasi). Natijada, Buxoro ma’rifatparvarlari g‘oyalarida yoshlarda vatanparvarlik, tolerantlik madaniyatini shakllantirish va halol inson bo‘lib etishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish bo‘yicha teletomoshabinlarning bilim va ko‘nikmalarini oshishiga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish