Dehqonov Behzod Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xojagon-Naqshbandiya ta’limotida bag‘rikenglik tushunchasining falsafiy tahlili”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fal618.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
Ilmiy rahbar: Navro‘zova Gulchehra Ne’matovna, falsafa fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, RhD.03/27.02.2020.F.72.08. 
Rasmiy opponentlar: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor; Ismoilov Sobirjon Turabekovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xojagon-Naqshbandiya ta’limotidagi bag‘rikenglik g‘oyalarining barqaror taraqqiyotni ta’minlashdagi hamda yosh avlod tarbiyasidagi o‘rnini asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Xojagon-naqshbandiya ta’limotida ilgari surilgan bag‘rikenglikka doir “bardoshlilik”, “o‘zaro hamjihatlik”, “bir-biriga hurmat”, “murosai madora” tushunchalarini mustahkamlash orqali insonparvarlik, sobitqadamlik, ijtimoiy faollik singari gumanistik g‘oyalarni yosh avlod ongida shakllantirish va kuchaytirishga qaratilganligi mantiqiy asoslab berilgan;
Xoja Muhammad Porsoning “Risolai qudsiya” asari Bahouddin Naqshbandning inson falsafasi genezisi xususidagi ilmiy merosida (Naqshbandiya sulukining asoslari) bunyodkorlik, ma’rifatparvarlik, xalq manfaati, insonlar o‘rtasidagi bag‘rikenglik tamoyillarini ulg‘ayib kelayotgan kelajak avlodga singdirishda muhim manba ekanligi “bag‘rikenglik” va “komil inson” tushunchalarining dastlabki loyihaviy asosi ekanligi isbotlangan;
Xojagon-Naqshbandiya tasavvufiy ta’limotining adolat, ezgulik, to‘g‘rilik, bag‘rikenglik, “balogardonlik”, “shamdek bo‘lishlik”, “mutlaq ezgulik” va “komillik” kabi g‘oyalari (shariat, tariqat, ma’rifat va haqiqat) orqali jamiyat ma’naviy hayotida diniy va dunyoviy bag‘rikenglikni mustahkamlash masalasi ochib berilgan;
Naqshbandiya tariqatidagi bag‘rikenglik tushunchasining o‘z-o‘zini anglash, o‘z yukini o‘zi ko‘tarish, o‘zgalarni xizmatga buyurmaslik, o‘zgalar yukini o‘ziga olish kabi mezonlari asosida uning qadriyatli va ratsional-qadriyatli yondashuv kabi zamonaviy konsepsiyalar bilan hamohang ekanligi aniqlashtirilgan hamda jamiyatda millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashdagi ahamiyati isbotlab berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xojagon-naqshbandiya ta’limotida bag‘rikenglik tushunchasini falsafiy tahlil etish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
Xojagon-naqshbandiya ta’limotida ilgari surilgan bag‘rikenglikka doir “bardoshlilik”, “o‘zaro hamjihatlik”, “bir-biriga hurmat”, “murosai madora” tushunchalarini mustahkamlash orqali insonparvarlik, sobitqadamlik, ijtimoiy faollik singari gumanistik g‘oyalarni yosh avlod ongida shakllantirish va kuchaytirishga qaratilgan nazariy xulosalar va amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan OT-F1-106-son “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy merosining G‘arb olimlari tomonidan tadqiq etilishi” (2017-2020 yy) fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2022 yil 27 sentyabrdagi 04/11-5900-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘sib kelayotgan yosh avlodni Xojagon-naqshbandiya ta’limotida ilgari surilgan bag‘rikenglikka doir g‘oyalari asosida barkamollik va komillik ruhida tarbiyalashda hamda yurtimiz farovonligi, mustaqilligini mustahkamligini ta’minlashga xizmat qilgan;
Xoja Muhammad Porsoning “Risolai qudsiya” asari Bahouddin Naqshbandning inson falsafasi genezisi xususidagi ilmiy merosida (Naqshbandiya sulukining asoslari) bunyodkorlik, ma’rifatparvarlik, xalq manfaati, insonlar o‘rtasidagi bag‘rikenglik tamoyillarini ulg‘ayib kelayotgan kelajak avlodga singdirishda muhim manba ekanligi “bag‘rikenglik” va “komil inson” tushunchalarining dastlabki loyihaviy asosi ekanligiga doir ilmiy yangilik va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021-2022 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 8-bandi “Milliy davlatchiligimiz tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini o‘rganish, ularning insonparvarlik g‘oyalarini hayotga keng tatbiq etish bo‘yicha qo‘shma dastur ishlab chiqish”, 22-bandi “Buyuk mutafakkirlarimizning ilmiy-ma’rifiy va madaniy merosini o‘rganish yuzasidan fundamental ilmiy-tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish, ularning natijalari asosida ilmiy-ommabop kitob va risolalarni nashrga tayyorlash, chop etish va keng ommaga etkazish”ga qaratilgan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022 yil 30 avgustdagi 248-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizda ma’naviy yangilanishning imkoniyat va istiqbollari, barkamol inson tarbiyasini hamda insonlar o‘rtasidagi mehr-oqibat, o‘zga millat vakillarini hurmat qilishga qaratilgan islohotlarni mazmunini xalqqa etkazishga, mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashga xizmat qilgan;
Xojagon-Naqshbandiya tasavvufiy ta’limotining adolat, ezgulik, to‘g‘rilik, bag‘rikenglik, “balogardonlik”, “shamdek bo‘lishlik”, “mutlaq ezgulik” va “komillik” kabi g‘oyalari (shariat, tariqat, ma’rifat va haqiqat) orqali jamiyat ma’naviy hayotida diniy va dunyoviy bag‘rikenglikni mustahkamlashga oid ilmiy yangilik va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ilmiy jamotchilikni keng xabardor etish hamda ularni kasbiy mahoratini oshirish bo‘yicha metodik o‘qishlarida, kataloglar, al`bomlar, ilmiy- amaliy materiallar bazasini yaratishda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 martdagi PQ-2855-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori “Islom sivilizatsiyasining umuminsoniy qadriyatlarini, jumladan xalqimiz ma’naviyati va madaniyati rivojida tutgan o‘rni va ahamiyatini o‘rganish, ularning ilmiy-nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq etish” va “Jaholatga qarshi – ma’rifat” g‘oyasi asosida islom diniga nisbatan sodir etilayotgan asossiz xurujlarning oldini olish, shuningdek diniy aqidaparastlik, mutaassiblik, ekstremizm, missionerlik, soxta tariqatlar va jamoalarning maqsadlari, g‘oyaviy-aqidaviy negizlari, zamonaviy ko‘rinishlari va faoliyat usullarini o‘rganish va ularga qarshi kurashning ilmiy-ma’rifiy asoslarini ishlab chiqish hamda amaliyotda qo‘llash uchun tavsiya etish” bandlaridagi vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022 yil 26 sentyabrdagi 02/475-son ma’lumotnomasi). Natijada, Xojagon-nakshbandiya ta’limotining falsafiy-axloqiy g‘oyalari oilada farzand tarbiyasi, uning dunyokarashini shakllantirishda ajdodlarimiz merosi, ularning hozirgi kun yoshlarining ma’naviy-axloqiy tarbiyasidagi ijobiy ta’siri borasidagi bilim darajasi, ilmlarni o‘rganishga bo‘lgan xatti-harakatlarni keng miqyosda rivojlantirish va aqliy salohiyatini yuksaltirish imkonini berib, yangicha nazariy-uslubiy yondashuvlardan kelib chiqqan holda tahlil etishga xizmat qilgan;
Naqshbandiya tariqatidagi bag‘rikenglik tushunchasining o‘z-o‘zini anglash, o‘z yukini o‘zi ko‘tarish, o‘zgalarni xizmatga buyurmaslik, o‘zgalar yukini o‘ziga olish kabi mezonlari asosida uning qadriyatli va ratsional-qadriyatli yondashuv kabi zamonaviy konsepsiyalar bilan hamohang ekanligi aniqlashtirilgan hamda jamiyatda millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashdagi ahamiyatiga oid amaliy tavsiya va takliflardan “Buxoro” teleradiokompaniyasining 2021-2022 yillarda efirga uzatilgan “Assalom Buxoro”, “Zamondosh” teleko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda hamda tadqiqotchi bilan bevosita suhbat uyushtirish jarayonini tasvirga olishda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2022 yil 30 sentyabrdagi 570-son ma’lumotnomasi). Natijada, efirga uzatilgan ko‘rsatuvlar yoshlarni barkamol, rostgo‘y va halol inson bo‘lib etishish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga, teletomoshabinlarning ushbu masalalar yuzasidan kerakli ma’lumotlarni olish imkonini bergan, ularning ilmiyligi va ommabopligini oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish