Boymurodov Zohid Shokirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlar turmush tarzi: zamonaviy tendensiyalar ta’siridagi o‘zgarishlar”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fal510.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti
Ilmiy rahbar: Choriev Sanjarbek Anvarovich, falsafa fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.G‘.72.08. 
Rasmiy opponentlar: Huseynova Abira Amonovna, falsafa fanlari doktori, professor; Aliev Bekdavlat, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy tendensiyalar ta’sirida o‘zgarayotgan yoshlar turmush tarzini optimallashtirishning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
dialektikaning o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlik tamoyillari asosida turmush tarzining mehnat faoliyati, ijtimoiy jarayonlarda ishtirok, maishiy turmush, kundalik odat, bo‘sh vaqtdagi faoliyat kabi parametrlari inson taraqqiyoti indeksining yangilanib borishi sababli tarixiy, ekologik vaziyat kabi tabiiy, iqtisodiyot, siyosat, huquq, urf-odat va an’analar kabi ijtimoiy, biologik va shaxsiy omillar kabi antropologik determinantlar ta’sirida o‘zgara borishi ochib berilgan;
jamiyat farovonligi va barqarorligi shaxsiy iqtisodiy madaniyat va ijtimoiy iqtisodiy madaniyat darajasi orqali belgilanishiga ko‘ra O‘zbekiston yoshlari turmush tarzini optimallashtirish yo‘llari yigit va qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilishni jadallashtirish, ularning moliyaviy madaniyatini yuksaltirish, sog‘lom odat va ko‘nikmalarini rivojlantirish bilan bog‘liqligi isbotlab berilgan;
O‘zbekiston yoshlari turmush tarzidagi salbiy holatlar tinchlik va xavfsizlikka tahdid, terrorizm va ekstremizm, irqchilik, iqlim o‘zgarishlari kabi global muammolarni kuchayib borishi sababli o‘smirlik davrining cho‘zilishi, ta’limga ishtiyoq deformatsiyasi, sub’ektiv istaklar va ijtimoiy vaziyat o‘rtasidagi nomutanosiblik, ish topishdagi qiyinchiliklar, mehnat migratsiyasi, oilaviy turmush o‘zgarishi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
argumentlardan induktiv xulosa chiqarish asosida O‘zbekistonda liberal iqtisodiyot, pragmatik siyosat, erkin ijtimoiy hayot, yangi ma’naviy makon bilan bog‘liq tendensiyalar barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsadlarga hamohang ravishda bozor iqtisodiyoti voqeligiga moslashuvchan, innovatsion texnologiyalarni tez o‘zlashtiradigan, tadbirkorlik faoliyatiga qiziquvchan, o‘zaro yordam amaliyotiga sodiq, ijtimoiy maqomini oshirishga moyil, ijtimoiy muammolarga e’tiborli, kelajakka ishonadigan yoshlarni shakllantirayotgani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlar turmush tarzining zamonaviy tendensiyalar ta’siridagi o‘zgarishlarni tadqiq etish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
dialektikaning o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlik tamoyillari asosida turmush tarzining mehnat faoliyati, ijtimoiy jarayonlarda ishtirok, maishiy turmush, kundalik odat, bo‘sh vaqtdagi faoliyat kabi parametrlari inson taraqqiyoti indeksining yangilanib borishii sababli tarixiy, ekologik vaziyat kabi tabiiy, iqtisodiyot, siyosat, huquq, urf-odat va an’analar kabi ijtimoiy, biologik va shaxsiy omillar kabi antropologik determinantlar ta’sirida o‘zgara borishiga oid nazariy mulohazalar va amaliy taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170928696-raqamli “O‘zbekistonda islohotlar jarayonini tahlil etish va amalga oshirishning konseptual-falsafiy metodologiyasi (Harakatlar strategiyasi asosida)” (2018-2020 yy) amaliy tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2022 yil 12 avgustdagi 01/10-11-4637-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston yoshlari turmush tarzini optimallashtirish yo‘llari, yoshlarda sog‘lom odat va ko‘nikmalarni shakllantirish, ularni zararli odatlardan himoya qilish, sog‘lom tafakkurni shakllantirish masalalariga e’tibor berish zaruratini asoslashga xizmat qilgan; 
jamiyat farovonligi va barqarorligi shaxsiy iqtisodiy madaniyat va ijtimoiy iqtisodiy madaniyat darajasi orqali belgilanishiga ko‘ra O‘zbekiston yoshlari turmush tarzini optimallashtirish yo‘llari yigit va qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilishni jadallashtirish, ularning moliyaviy madaniyatini yuksaltirish, sog‘lom odat va ko‘nikmalarini rivojlantirish bilan bog‘liqligiga oid nazariy umumlashma va amaliy tavsiyalardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi dasturi “Yoshlar qanoti” tomonidan “Ishbilarmon yoshlar”, “Yosh tadbirkorlar” loyihalarini amalga oshirishda, “Yosh innovatsiyachilar” stipendiyasi, “Startap”, “Startap-innoveyshn” loyihalarida belgilangan fazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2022 yil 15 apreldagi 01-27/188-son ma’lumotnomasi). Natijada, partiyaning “Yoshlar qanoti” ish rejasiga kiritilgan tadbirlarni amalga oshirishda o‘ziga xos uslubiy manba vazifasini bajargan hamda O‘zbekiston yoshlari turmush tarzini optimallashtirish yo‘llari yigit va qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilishni jadallashtirish, ularning moliyaviy madaniyatini yuksaltirish, sog‘lom odat va ko‘nikmalarini rivojlantirishning ilmiy-amaliy asoslarini mustahkamlashga xizmat qilgan;
O‘zbekiston yoshlari turmush tarzidagi salbiy holatlar tinchlik va xavfsizlikka tahdid, terrorizm va ekstremizm, irqchilik, iqlim o‘zgarishlari kabi global muammolarni kuchayib borishi sababli o‘smirlik davrining cho‘zilishi, ta’limga ishtiyoq deformatsiyasi, sub’ektiv istaklar va ijtimoiy vaziyat o‘rtasidagi nomutanosiblik, ish topishdagi qiyinchiliklar, mehnat migratsiyasi, oilaviy turmush o‘zgarishi bilan bog‘liqligiga doir nazariy mulohazalar va amaliy taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Republikasi Yoshlar ishlari agentligining hududlarda yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish va ular bandligini ta’minlash chora-tadbirlarining nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirishda, O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining 2. “O‘z iqtidori va salohiyatini kamol toptirish, kelajakda qiziqqan sohasining etuk mutaxassisi bo‘lib etishishi uchun yoshlarda o‘zini o‘zi rivojlantirish bo‘yicha kuchli motivatsiya uyg‘otish maqsadida keng yoshlar davrasida xalqaro miqyosda yuqori nufuzga ega notiqlar jalb qilingan holda motivatsion tadbirlar o‘tkazish” vazifalarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Republikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022 yil 12 apreldagi 4-13-23-978-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarini samarali amalaga oshirish hamda ularning tadbirkorlik faoliyati uchun mikrokreditlar ajratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 22 iyundagi 388-son qarori hamda “Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor” tamoyilini amalga oshirishda, yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish va bandligini ta’minlashning nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
argumentlardan induktiv xulosa chiqarish asosida O‘zbekistonda liberal iqtisodiyot, pragmatik siyosat, erkin ijtimoiy hayot, yangi ma’naviy makon bilan bog‘liq tendensiyalar barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsadlarga hamohang ravishda bozor iqtisodiyoti voqeligiga moslashuvchan, innovatsion texnologiyalarni tez o‘zlashtiradigan, tadbirkorlik faoliyatiga qiziquvchan, o‘zaro yordam amaliyotiga sodiq, ijtimoiy maqomini oshirishga moyil, ijtimoiy muammolarga e’tiborli, kelajakka ishonadigan yoshlarni shakllantirishi bilan bog‘liq nazariy mulohazalar va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020-2021 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida, O‘zbekiston Respulikasida 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish sohani rivojlantirishni yangi boskichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining VI yo‘nalishiga oid “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar ta’sirchanligini oshirishda ommaviy axborot vositalari, internet. ijtimoiy tarmoqlaridan keng foydalanish, Internet tizimida milliy axborot bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari”da belgilangan aholi salomatligini asrash va mustahkamlash, ayiiqsa, yoshlarimiz o‘rtasida soglom turmush tarzini keng targib etish bo‘yicha mul`timedia mahsulotlarini tayyorlash vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 31 martdagi 02/02/486-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar turmush tarzini optimallashtirish, yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘kazishga hamda sog‘lom odat va ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish