Saydaliev Muxiddin Nizomiddin o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Boshlang‘ich maktab yoshidagi bolalarda asosiy tish kasalliklari profilaktikasi dasturlarining roli va qo‘llash samaradorligi», 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1249.
Ilmiy rahbar: Murtazaev Saidmurodxon Saida’loevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Ermuxanova Gul`jan Tleumuxanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi); Gulyamov Sur’at Saidvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi boshlang‘ich maktab yoshidagi bolalarning asosiy stomatologik kasalliklari profilaktikasi dasturini qo‘llash va samaradorligini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi bolalar orasida xayot sifati va salomatligi so‘rovnomasi Oral Health Related Quality of Life indeksi orqali sinovdan o‘tkazilganligi asoslangan;
uyushgan guruxdagi boshlang‘ich maktab yoshidagi bolalarning xayot sifati mezonlari bo‘yicha stomatologik profilaktika o‘quv dasturini amalga oshirish doirasida ilk marotaba asosiy stomatologik kasalliklarning profilaktika chora-tadbirlari samaradorligi asoslangan;
boshlanich maktab yoshidagi bolalarning va ular ota-onalarining tibbiy sanitariya va gigiena ko‘nikmalari tahlili ostida va bolalar oilada og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari profilaktikasi bo‘yicha etarli bilim va ko‘nikmalarni egallamasligi isbotlangan;  
ilk bora Toshkent shahrida tashkil etilgan «Bir umrga yorqin tabassum» dasturi orqali boshlang‘ich maktab yoshidagi bolalarda asosiy stomatologik kasalliklarning tarqalishini olidini olishga qaratilgan tartibi asosida birlamchi bo‘g‘in shifokorlariga asoslangan ekspertlik  davolash va oldini olish tartibi  isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Boshlang‘ich maktab yoshidagi bolalarda asosiy tish kasalliklari profilaktikasi dasturlarining roli va qo‘llash samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari orasida tish kasalliklarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarini asoslash va ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Boshlang‘ich maktab yoshidagi bolalarda tish kariesining kompleks profilaktikasi» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 19 noyabrdagi 8n-d/1122-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bolalarni gigienik tarbiyalash bo‘yicha profilaktika dasturini amalga oshirish og‘iz bo‘shlig‘ining gigienik xolatini sezilarli darajada yaxshilash orqali og‘iz bo‘shlig‘i holatini ob’ektiv baholash imkonini bergan;
boshlang‘ich maktab yoshidagi bolalarning stomatologik statusi va profilaktik chora-tadbirlarini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida «Stomatologik kasalliklar profilaktikasida gigienik tarbiya va uslublarini tashkillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 9 dekabrdagi 8n-r/1175-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma boshlang‘ich sinf o‘quvchilari orasida gigienik indeksni yaxshilash bilan bir vaqtda milklarda yallig‘lanishni oldini olish, gingivitlarni tarqalish ko‘rsatkichini kamaytirish imkonini bergan. 
boshlang‘ich maktab yoshidagi bolalarda asosiy stomatologik kasalliklarni profilaktikasi dasturlarining roli va qo‘llash samaradorligi ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shaxrining ikkinchi hamda uchinchi bolalar stomatologik poliklinikalarning klinik amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 10 fevraldagi 8n-z/48-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi stomatologik statusni baholash, og‘iz bo‘shlig‘i parvarishi bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish va namoyon etish, bolalarda tishlar kariesi tarqalishini oldini olish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish, bolalarda tishlar kariesi asoratlarini oldini olish va kasallikni davolashga qaratilgan harajatlarning umumiy qiymatini kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish