Usmonov Kamoliddin Eshkulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston sharoitida parranda organik chiqindisidan tiklanuvchi energiya olish qurilmasining maqbul parametrlarini asoslash”, 05.05.06 – «Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari» ixtisosligi bo‘yicha. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1639.
Ilmiy rahbar: Imomov Shavkat Jaxonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, PhD.03/27.02.2020.T.106.02.
Rasmiy opponentlar: Iskandarov Zafar Samandarovich, texnika fanlari doktori, professor; Umaraliev Nurmamat, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Parranda organik chiqindilaridan biogaz olish qurilmasining parametrlarini asoslash va imkoniyatlarini baholashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
parranda organik chiqindisi asosidagi biomassa namligining o‘zgarishi issiqlik sig‘imiga va issiqlik o‘tkazuvchanligiga bog‘liq holda biogaz qurilmasining ish rejimlari aniqlangan; 
parranda organik chiqindisini anaerob qayta ishlash jarayoni jadallashtirish va bioreaktor havosini siyraklashtirish usuli asosida azot miqdori yuqori bo‘lgan bioo‘g‘it olish imkonini beradigan bir tarkibli parranda organik chiqindi biomassasidan biogaz olish usuli qurilmasi ishlab chiqilgan;
parranda organik chiqindilarga anaerob ishlov berish qurilmasidagi siyraklanish miqdori, aralashtirishlar davomiyligi va sutkadagi aralashtirishlar sonining olinayotgan biogazga bog‘liq holda maqbul qiymatlari va ish rejimlari asoslangan;
anaerob jarayonida siyraklanish rejimi 0,03 kg/sm2, biomassani sutkadagi aralashtirishlar soni 4 marta va davomiyligi 7 minut bo‘lganida an’anaviy usulda ishlatilayotgan qurilmalarga nisbatan biogaz miqdori 1,6 baravarga ortishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarinig joriy qilinishi. O‘zbekiston iqlim sharoitida parranda organik chiqindilaridan qayta tiklanuvchi energiya olish qurilmasi parametrlarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
organik chikqindilarni qayta ishlash usuli va amalga oshirish qurilmasi (IAP 06719) ishlab chiqilgan va Buxoro viloyati Kogon tumani Beklar MFY da joylashgan parranda fermasida biogaz qurilmasi joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2022 yil 05 maydagi 02-26-2950-son ma’lumotnomasi). Natijada biogaz chiqishi miqdori an’anaviy usulda ishlatilayotgan qurilmalarga nisbatan 1,6 baravargacha ko‘p biogaz olish imkonini bergan; 
parranda organik chikqindilaridan tiklanuvchi energiya olish qurilmasi Samarqand viloyati  Payarik tumani Uymovut MFY da joylashgan “Naxalbaeva Mubora” parranda fermasiga tadbiq etilgan (OOO “UzBiogaz” O‘zbekiston Respublikasi mas’ulyati cheklangan jamiyatining 2022 yil 05 iyuldagi 26-son ma’lumotnomasi). Natijada an’anaviy bioreaktorlarga nisbatan taklif etilgan ilmiy ishning natijalarini joriy etishdan qilinadigan yillik iqtisodiy samaradorlik 10474000 so‘mni  tashkil etish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish