Abdullaev Baxodirjon Valijon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Takroriy ekinlar urug‘ini ekish qurilmasi parametrlarini asoslash», 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2712
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
Ilmiy rahbar: Ergashev Ismoil Tashkentovich, texnika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02.
Rasmiy opponentlar: Ravshanov Hamroqul Amirqulovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Nurmixamedov Bo‘ron Umarovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi g‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlar urug‘ini bir o‘tishda tuproqqa nol` (No-till) ishlov berish asosida ekadigan qurilma konstruktiv sxemasini ishlab chiqish va uning parametrlarini asoslash orqali ekish muddatlarini qisqartirish, energiya, mehnat va resurslar sarfini qisqartirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
somon maydalagich, juft diskli ekkich va zichlovchi g‘altak bilan jihozlangan qurilmaning konstruktiv sxemasi pushtalarga nol ishlov berish bilan bir vaqtda o‘g‘it solish va takroriy ekinlar urug‘larini ekishini hisobga olinib ishlab chiqilgan;
kombinatsiyalashgan qurilma somon maydalagich g‘altagining o‘lchamlari, ishchi sirtining shakli, pichoqlar soni va ularning joylashishi g‘altakning mavjud pushta yuzasiga mos kelishini, hamda pushtada mavjud somon poyalarining etarli darajada maydalanishini ta’minlash shartidan kelib chiqqan holda asoslangan;
juft diskli ekkichning disklar diametrlari o‘g‘it va urug‘larni belgilangan chuqurliklarga ko‘mish hamda ular orasiga o‘simlik qoldiq-larining tiqilib qolmaslik shartidan kelib chiqqan holda asoslangan;
qurilma zichlovchi g‘altagining parametrlari o‘g‘it va urug‘ uchun ochilgan ariqcha tuprog‘ini agrotexnik talablar darajasida zichlanishini ta’minlash va oldida tuproq uyumi hosil qilmaslik shartlari asosida aniqlangan;
g‘alladan bo‘shagan maydonlarda nol` (No-till) ishlov berish bilan takroriy ekinlar urug‘larini ekish qurilmasining agrotexnik va energetik ko‘rsatkichlari uning parametrlari hamda agregat harakat tezligiga bog‘liq holda o‘zgarishini ifodalaydigan bog‘lanishlar asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Takroriy ekinlar urug‘ini ekish qurilmasi parametrlarini asoslash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda olingan natijalar asosida:
g‘alladan bo‘shagan maydonlarda nol` (No-till) ishlov berish bilan bir vaqtda takroriy ekinlar urug‘larini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekish usuli va uni amalga oshiruvchi qurilmaga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan («Takroriy ekinlar urug‘ini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekish usuli va uni amalga oshiruvchi qurilma» № IAP 06742 2022 y.). Natijada g‘alladan bo‘shagan dalalarda tuproqqa nol` ishlov berib, takroriy ekinlar urug‘larini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekish usuli va urug‘ ekish qurilmasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
kuzgi donli ekinlardan bo‘shagan dalalarda bir o‘tishda nol` (No-till) ishlov berish bilan bir vaqtda takroriy ekinlar urug‘ini ekish uchun ishlab chiqilgan qurilma Samarqand viloyati Pastdarg‘om, Payariq va Urgut tumanlari fermer xo‘jaliklari hamda Oqdaryo tumanida joylashgan Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasi tajriba uchastkasida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 5 apreldagi
04/24-04/1945 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada bir o‘tishda g‘alladan bo‘shagan dalalarda nol` ishlov berish bilan bir vaqtda takroriy ekinlar urug‘ini ekishda mehnat sarfi 53,6-60,2 foizga va yonilg‘i-moylash materiallari 45,0-52,0 foizga kamaytirish imkoni yaratilgan;
takroriy ekinlar urug‘ini ekish qurilmaning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun dastlabki talablar, texnik topshiriq va loyiha konstruktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJ da loyihalash jarayoniga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 5 apreldagi 04/24-04/1945 – sonli ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan parametrlarga ega qurilmaning sanoat nusxalarini ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.