Boeva Oqila Husanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Modal usul asosida dinamik ob’ektlarni boshqarish tizimlarini sintez qilish algoritmlari», 05.01.08 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2377.
Ilmiy rahbar: Sevinov Jasur Usmonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Yusupbekov Azizbek Nodirbekovich, texnika fanlari doktori, professor; Xalmatov Davron Abdualimovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: modal usul asosida dinamik ob’ektlarni boshqarish tizimlarini sintezlash algoritmlarini ishlab chiqish orqali boshqarish sifatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ob’ekt tenglamalarining koeffisientlari va boshqarish qurilmasida foydalaniladigan ob’ektning kuzatiladigan kattaliklarini turg‘un identifikatsiyalash imkonini beruvchi dinamik ob’ektlarni boshqarish tizimlarida teskari aloqalarni tanlash algorimlari ishlab chiqilgan;
berk tizim matrisasining xususiy qiymatlarini kompleks tekislikda zaruriy taqsimlanishini ta’minlovchi chiqish bo‘yicha proporsional-differensial teskari aloqali ko‘p o‘lchamli tizimlarda qutblarni joylashtirishning samarali algoritmlari ishlab chiqilgan;
muhim hisoblashlarni talab qiladigan teskari matrisani aniqlash operatsiyasini istisno qilishga imkon beruvchi nominimal-fazali stoxastik tizimlar qutblarini joylashtirishning adaptiv algoritmlari ishlab chiqilgan;
boshqarish jarayonini eksponensial dissipativligini ta’minlaydigan texnologik jarayonlar parametrlarining aprior noaniqligi va nostatsionarligi sharoitida kechikishga ega bo‘lgan dinamik ob’ektlar uchun modal usul asosida adaptiv boshqarish algoritmlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Modal usul asosida dinamik ob’ektlarni adaptiv boshqarish tizimlarini sintezlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
dinamik ob’ektlarni boshqarish tizimlarida teskari aloqalarni tanlash algoritmlari “Navoiyazot” AJda joriy qilingan («O‘zKIMYoSANOAT» AJning 2022 yil 19 avgustdagi №03/3824-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshqarish qurilmasida foydalaniladigan boshqariladigan ob’ekt tenglamasining koeffisientlarini va ob’ektning kuzatiluvchi kattaliklarini identifikatsiya qilish imkonini bergan;
chiqishi bo‘yicha proporsional-differensial teskari aloqali ko‘p o‘lchamli tizimlarda qutblarni joylashtirish algoritmlari “Navoiyazot” AJda joriy qilingan («O‘zKIMYoSANOAT» AJning 2022 yil 19 avgustdagi №03/3824-son ma’lumotnomasi). Natijada, algoritmlar ammiak sintezi jarayonining texnologik rejimlari kechishini stabillashtirish imkonini bergan;
nominimal-fazali stoxastik tizimlar qutblarini joylashtirishning adaptiv algoritmlari “Navoiyazot” AJda joriy qilingan («O‘zKIMYoSANOAT» AJning 2022 yil 19 avgustdagi №03/3824-son ma’lumotnomasi). Natijada, algoritmlar muhim hisoblashlarni talab qiladigan teskari matrisani aniqlash operatsiyasini istisno qilishga imkon bergan.