Xodjimetov Dilshod Nayimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bosh miya medulloblastomalari klinikasi, tashxisi va davosining xususiyatlari», 14.00.28–Neyroxirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib993.
Ilmiy rahbar: Asadullaev Ulugbek Maksudovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12. 2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Norov Abduraxmon Ubaydulloevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc); Shodiev Amirkul Shodievich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘sma rivojlanish jarayonida qatnashadigan genlarning polimorfizmini aniqlash va jarrohlik amaliyotini optimal hajmini tanlash orqali medulloblastomalarning davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bora bosh miyaning yomon sifatli o‘smalari mavjud bemorlarda VEGF T/S rs833061, Tp 53 Arg72Pro rs1042522, MDM2 Snp309 rs2279744 genlarning bir nukleotidli polimorfizmlarining mutant va geterozigota xolatlari bosh miya yomon sifatli o‘smalarida kuzatilishi xamda MDM2 Snp309 rs2279744 genilarning polimorfizmi esa medulloblastomalarning qaytalanishi va metastaz rivojlanishi havfi ortishining muhim mustaqil molekulyar genetik omili ekanligi isbotlangan;
medulloblastomalar bilan og‘rigan bemorlarning funksional xolati va davolashdan keyingi klinik natijalarini dinamikada baholash uchun miyacha ataksiyasi og‘irligini aniqlashning muhimligi isbotlangan va baholash shkalasi ishlab chiqilgan;
miya ichi bosimining ko‘tarilishida ko‘z olmasi ul`tratovush tekshiruvi noinvaziv yuqori diagnostik ahamiyatga ega ekanligi hamda o‘z vaqtida dislokatsion sindrom rivojlanishi xolatini aniqlash va uni oldini olish taktikasini tanlash imkonini berishi isbotlangan;
suboksipital kraniotomiya usuli psevdomeningotsele va likvoreya kabi postoperatsion asoratlarning rivojlanishini kamaytirishi xamda qayta operatsiyalardan keyingi yumshok to‘qimalar va miya qattiq pardasi orasida chandiqlar hosil bo‘lishini oldini olishi samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bosh miya medulloblastomalarini tashxislash va davosini yaxshilashga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar natijasi asosida:
kalla suyagi orqa chuqurchasi o‘smalarini xirurgik davolash asosida «Bosh miya orqa chuqurchasining o‘rta chiziq bo‘ylab joylashgan o‘smalariga kirish usuli» takomillashtirilgan (Intellektual mulk agentligining ixtirolarga patenti № IAP 06612, 24 noyabr 2021 yil). Taklif etilgan usul operatsiyadan keyingi asoratlar, shu jumladan likvoreya va psevdomeningotsele rivojlanishini 1,5 barobarga kamaytirish imkonini bergan;
bosh miya meduloblastomalari bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bosh miya orqa chuqurchasi o‘smalari bilan og‘rigan bemorlarda miyacha ataksiyasini baholashni takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 9 noyabrdagi 8n-3/422-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma medulloblastomalarni kompleks davosi natijalarini dinamikada ob’ektiv baholash imkonini bergan;
miya ichi bosimini ul`tratovush yordamida o‘lchash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Miya ichi bosimini ul`tratovush yordamida o‘lchashni takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 9 noyabrdagi 8n-3/422-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma operatsiyadan keyin bemorlarda miya ichi bosimining oshishi va dislokatsion sindrom rivojlanishini o‘z vaqtida aniqlash imkonini bergan. va operatsiyadan keyin bemorlarda miya ichi bosimining oshishi va dislokatsion sindrom rivojlanishini o‘z vaqtida aniqlash imkonini bergan;
bosh miya medulloblastomalarini tashhislash va davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalar sog‘liqni saqlashning amaliyotiga, jumladan Navoyi, Surxandar`e, Buxoro va Jizzax viloyatlari ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 22 sentyabrdagi 08-29111-son ma’lumotnomasi). Kalla suyagi orqa chuqurchasi havfli o‘smalari kompleks diagnostika va molekulyar genetik xusisiyatlarga asoslangan differensial davolash, operatsiyadan keyingi salbiy natijalar rivojlanishini 1,7 martaga kamaytirishga imkon bergan.