Eranov Sherzod Nuralievichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda bilak suyagi boshchasining eskirgan oldingi-medial chiqishlarini jarroxlik davolashni optimallashtirish», 14.00.22–Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1268.
Ilmiy rahbar: Urinbaev Payzilla Urinbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Soldatov Yuriy Petrovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Umarov Fayzulla Xabibullaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:  bolalarda bilak suyagi boshchasining eskirgan oldingi-medial chiqishlarini takomillashtirilgan jarroxlik davolash usuli asosida davo natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
gistologik tekshirishlar asosida, jaroxatning 1 oygacha bo‘lgan muddatida, bo‘g‘im kapsulasining oldingi devori nozik, elastik va chuziluvchan bo‘ladi, 3 oydan keyin esa uning qalinlashishi, chandiqlanishi va fibroz to‘qima xosil qilishi isbotlangan;
bilak suyagi boshchasining eskirgan oldingi-medial chiqishlarining 3 oylik muddatidan boshlab, fibroz to‘qimadan uzuksimon boylamani tiklash imkoniyati isbotlangan;
bilak suyagi boshchasining eskirgan oldingi-medial chiqishlarida, bilak suyaklarining deformatsiyalari asosida jarroxlik davolash taktikasi asoslangan;  
bilak suyagi boshchasining eskirgan oldingi-medial chiqishlarini jarroxlik davolash natijalari jaroxat muddatiga bevosita bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bolalarda bilak suyagi boshchasining eskirgan oldingi-medial chiqishlarini davolashda jarroxlik usulini optimallashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida: 
bolalarda bilak suyagi boshchasining eskirgan oldingi-medial chiqishlarini davolash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida «Bolalarda bilak suyagi boshchasining eskirgan chiqishlarini davolash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 21 fevraldagi 8n-z/81-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar bolalarda bilak suyagi boshchasining eskirgan chiqishlari bilan og‘rigan bemorlarni diagnostikasi va davolash sifatini yaxshilash imkonini bergan;
bolalarda bilak suyagi boshchasining eskirgan oldingi-medial chiqishlarini davolash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida «Bolalarda bilak suyagi boshchasining eskirgan sinish va chiqishlarini davolash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 31 avgustdagi 8n-z/289-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar bolalarda bilak suyagi boshchasining eskirgan sinish va chiqishlari bilan og‘rigan bemorlarni diagnostikasi va davolash sifatini yaxshilash imkonini bergan; 
bolalarda bilak suyagi boshchasining eskirgan oldingi-medial chiqishlarini diagnostikasi va davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali, Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi. Olingan natijalar bolalarda bilak suyagi boshchasining eskirgan oldingi-medial chiqishlarini tashhislash va davolashning zamonaviy samarador usullarini takomillashtirishga hamda uzoq muddatli funksional natijalarning  75,6% dan 92,9% gacha yaxshilash imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish