Goyibov Jo‘rabek Chorievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasida migratsiya jarayonlarini ma’muriy-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish”, 12.00.02 – “Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi” ixtisosligi bo‘yicha (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Yu150.
Ilmiy rahbar: Selimanova Svetlana Mixaylovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdax nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Yu.20.02.
Rasmiy opponentlar: Turgunov Oybek Karimovich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Daumenov Berdax Aymuratovich, yuridik fanlar nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida migratsiya jarayonlarini ma’muriy-huquqiy tartibga solinishini takomillashtirishga qaratilgan xulosa, tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasi (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olsa yoki O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqsa, ushbu bolaning fuqaroligi o‘zgarishi mumkinligini huquqiy kafolatlash zarurati asoslantirilgan;
O‘zbekiston Respublikasi hududida yashab turgan shaxs iltimosnomani doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi ichki ishlar organiga, xorijda yashayotgan shaxs esa konsullik muassasasiga berishi, uzrli sabablar mavjud bo‘lganda (kasallik, konsullik muassasasining mavjud emasligi) notarial tartibda tasdiqlangan iltimosnoma ishonchli shaxslar orqali berilishi zarurati asoslantirilgan;
fuqarolar yangi yashash joyiga kelgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari, O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tishlari shartligi migratsiya jarayonlariga doir faoliyatini maqbullashtirish va engillashtirishga xizmat qilishi asoslantirilgan;
fuqaroni Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida yashash joyi bo‘yicha fuqaroning doimiy ro‘yxatini bekor qilmagan holda, mulkdorning arizasida yoki soliq idoralarida hisobga olingan ijara shartnomasida ko‘rsatilgan, biroq bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga vaqtincha ro‘yxatga olinishi shaxsning huqularining ro‘yobga chiqarilishini kafolatlashi asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasi (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olsa yoki O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqsa, ushbu bolaning fuqaroligi o‘zgarishi mumkinligi to‘g‘risidagi taklifdan 2020 yil 13 martdagi “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi O‘RQ-610-son Qonunining 32-moddasining birinchi qismini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mitasining 2022 yil 16 fevraldagi 05/1-03-38-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qonunchilikka joriy etilishi o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolaning fuqaroligini aniqlash mexanizmini rivojlantirilishiga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi hududida yashab turgan shaxs iltimosnomani doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi ichki ishlar organiga, xorijda yashayotgan shaxs esa konsullik muassasasiga berishi, uzrli sabablar mavjud bo‘lganda (kasallik, konsullik muassasasining mavjud emasligi) notarial tartibda tasdiqlangan iltimosnoma ishonchli shaxslar orqali berilishi mumkinligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 14 iyundagi O‘RQ-696-sonli «O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida»gi Qonuni bilan mazkur qonun 37-moddasining ikkinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mitasining 2022 yil 16 fevraldagi 05/1-03-38-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qonunchilikka joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash yoki undan chiqish to‘g‘risidagi iltimosnomalarga doir umumiy talablarni aniq belgilanishiga va uni amalga oshirish jarayonlarining soddalashtirilishiga xizmat qilgan;
fuqarolar yangi yashash joyiga kelgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari, O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tishlari shartligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 28 dekabrdagi 1049-son qarorining ilovasiga muvofiq bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 3-bandi uchinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 fevraldagi 12/21-13-sonli dalolatnomasi). Ushbu takliflar ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari, O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, Davlat xizmatlari markazlari faoliyat samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilgan;
fuqaroni Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida yashash joyi bo‘yicha fuqaroning doimiy ro‘yxatini bekor qilmagan holda, mulkdorning arizasida yoki soliq idoralarida hisobga olingan ijara shartnomasida ko‘rsatilgan, biroq bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga vaqtincha ro‘yxatga olinishiga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 28 dekabrdagi 1049-son qarorining ilovasiga muvofiq tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 4-bobi 36-bandi 1-xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 fevraldagi 12/21-13-sonli dalolatnomasi). Ushbu takliflar ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarining fuqarolarni vaqtincha ro‘yxatga olinishi bo‘yicha faoliyatining rivojlanishiga xizmat qilgan.