Raxmatullaev Arzimurodning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘rta va Quyi Zarafshon vohasi geosistemalarida ekologik vaziyatni geografik optimallashtirish», 11.00.01–Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/G5.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G.01.06.
Rasmiy opponentlar: Nigmatov Asqar Nigmatullaevich, geografiya fanlari doktori, professor; Hikmatov Fazliddin Hikmatovich, geografiya fanlari doktori, professor; Abdullaev A’lo Qayumxodjaevich geografiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Seysmologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘rta va Quyi Zarafshon voha geosistemalariga antropogen yuk ta’sirini tadqiq qilish, ekologik vaziyatni baholash va ularni optimallashtirishning ilmiy va amaliy asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor vohalarda geoekologik vaziyatni baholashda “antropogen yuk”ning miqdor va sifat ko‘rsatkichlariga asoslangan yangi metodik yondashuv ishlab chiqilgan, shu asosda yangi O‘rta va Quyi Zarafshon voha geosistemalarida antropogen yuk va uning oqibatlari kartasi yaratilgan;
voha geosistemalari uchun “er sig‘imi” me’yori ishlab chiqilgan va sug‘oriladigan erlarning aholi turarjoylari hamda qurilish ob’ektlari bilan bandlik darajasini hisoblash metodlari takomillashtirilgan;
voha geosistemalaridagi ekologik vaziyatni baholash mezonlarini takomillashtirish asosida yangi O‘rta va Quyi Zarafshon vohasining geoekologik kartasi yaratilgan;
O‘rta va Quyi Zarafshon voha geosistemalarida grunt suvlarining kimyoviy tarkibida (minerallashishi, qattiqligi, vodorod ko‘rsatkichi, anionlar va kationlar) hudud bo‘yicha sifat o‘zgarishlar ro‘y berayotganligi aniqlangan hamda mavzuli «Gidroekologik» kartalar yaratilgan;
O‘rta va Quyi Zarafshon vohalarida ekologik vaziyat va aholi salomatligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganishda matematik korrelyasion usuldan foydalanilgan va aholi salomatligiga eng kuchli ta’sir ko‘rsatadigan omil suv sifati ekanligi isbotlangan;
voha geosistemalaridan oqilona foydalanish va ekologik vaziyatni optimallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar landshaftlarning individual xususiyatlariga bog‘liq holda har bir landshaft uchun alohida amalga oshirish zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘rta va Quyi Zarafshon voha geosistemalarida ekologik vaziyatni optimallashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
O‘rta va Quyi Zarafshon voha geosistemalarida ekologik vaziyatni baholash bo‘yicha tuzilgan o‘ndan ortiq turdagi kartalar, berilgan xulosalar tabiatni muhofaza qilishda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2017 yil 14 noyabrdagi 03/2-5981-son ma’lumotnomasi). Natijada Zarafshon havzasi geosistemalarida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish asosida mevali bog‘lar, uzumzorlarni ko‘paytirish imkonini bergan;
voha geosistemalari uchun ishlab chiqilgan “er sig‘imi” me’yori Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasining 2017 yil 2 fevraldagi 02-02-816-son ma’lumotnomasi). Natijada erlardan ilmiy asosda samarali foydalanish imkonini bergan;
voha geosistemalariga antropogen yuk ko‘rsatkichi sifatida aniqlangan sug‘oriladigan erlarning aholi turar joylari va boshqa qurilish ob’ektlari bilan bandlik darajasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasining 2017 yil 2 fevral`, 02-02-816-son dalolatnomasi). Natijada hududning er va suv resurslaridan oqilona foydalanish imkonini bergan;
O‘rta va Quyi Zarafshon voha geosistemalarida ichimlik suv sifatini ko‘rsatuvchi kartalar va xulosalar Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlari aholisini sifatli ichimlik suv bilan ta’minlash loyihasini ishlab chiqishda Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasining 2017 yil 20 yanvardagi 1-01-son ma’lumotnomasi). Natijada Navoiy va Buxoro viloyatlari aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash imkonini bergan.