Abdullaev Jahongir O‘rozali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Etilen asosida izo-butil, izo-geksil spirtlari olish texnologiyasi va qo‘llanilishi», 02.00.08 – Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T201.
Ilmiy rahbar: Nurmanov Suvonqul Erxanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Ikromov Abduvaxob Ikromovich, texnika fanlari doktori, professor; Xudayberdiev Absalom Abdurasulovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: etilen asosida telomerlash reaksiyasi orqali izo-butil va izo-geksil spirtlarini sintez qilish, jarayonning optimal sharoitlarni aniqlash, texnologiyasini ishlab chiqish va ularni ekstragent-erituvchi va emulgator sifatida qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor etilenni etanol bilan vodorod peroksid va atseton ishtirokida telomerlanish reaksiyasi orqali izo-butil va izo-geksil spirtlari sintezi ilmiy asoslangan;
etilenni etanol bilan telomerlanish reaksiyasida vodorod peroksid va atsetonning katalitik roli va jarayonning radikal mexanizm bilan borishi asoslangan;
sintez qilingan izo-butil spirtini oltingugurtni metall sul`fidlari va silikatlardan tozalashda erituvchi-ekstragentlik xossasi, izo-geksil spirtini esa oltingugurtga nisbatan emulgatorlik xossa nomoyon qilishi aniqlangan;
etilenni etanol bilan telomerlash reaksiyasi asosida alifatik spirtlar olishning prinsipial texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Etilenni etanol ishtirokida telomerlanish reaksiyasini amalga oshirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
sintez qilingan izo-butil spirti “Muborak GQIZ” AJda texnik oltingugurtni tozalashda ekstragent-erituvchi sifatida joriy qilingan (Muborak gazni qayta ishlash zavodi AJning 2022 yil 7 iyundagi 682/GK-06-son ma’lumotnomasi). Natijada, import hisobiga qo‘llaniladigan izo-butil spirtini mahalliylashtirish imkonini bergan;
etilenni telomerlash orqali izo-geksil spirti sintezi usuli “Muborak GQIZ” AJda joriy qilingan va oltingugurtdan qishloq xo‘jaligida akarisid va fungisid sifatida foydalanishda kolloid eritma hosil qiluvchi emulgator sifatida foydalanilgan (Muborak gazni qayta ishlash zavodi AJning 2022 yil 7 iyundagi 682/GK-06-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan import emulgatorlarni mahalliylashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish