Gaipova Shaxnozaxon Saidazim qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Funksional qo‘shimchalar bilan boyitilgan parhezli mayonez resepturasini ishlab chiqish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1731.
Ilmiy rahbar: Abdurahimov Ahror Anvarovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01. 
Rasmiy opponentlar: Isabaev Ismoiljon Babadjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Yunusov Obidjon Qodirovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent yog‘-moy kombinati AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oziq-ovqat sanoatining ikkilamchi mahsulotlari asosida funksional qo‘shimchalar bilan boyitilgan parhezli mayonez reseptini ishlab chiqish va texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
soya, makkajo‘xori, o‘rik va qovoq moylari asosida parxezbop mayonezlarning yog‘li fazalari tayyorlash qonuniyatlari aniqlangan;
mahalliy soya, makkajo‘xori va kungaboqar moylari asosida omega-6 va omega-3 nisbati 10:1 dan kam bo‘lmagan moylar aralashmasini olish mumkinligi isbotlangan;
asosini kunjut kunjarasi tashkil etgan mayonez resepti ishlab chiqilgan, kunjutning biologik faol moddalarini mayonezning fizik-kimyoviy xususiyatlariga ta’sir etish qonuniyatlari aniqlangan;
limon sedrasi bilan boyitilgan mayonez resepti ishlab chiqilgan, bunda resepturaga 2% gacha limon sedrasi qo‘shilganda fizik-kimyoviy xususiyatlari yaxshilangan limonli mayonez olish mumkinligi asoslangan;
kunjut kunjarasi va limon sedrasi kukunlari qo‘shib mayonez tayyorlash jarayonining optimal shart-sharoitlari aniqlangan; 
kunjut kunjarasi va limon sedrasi kukunlarining mayonezning saqlash muddatiga va sifat ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir etishi asoslangan. 
kunjut kunjarasi va limon sedrasi kukunlari qo‘shilib, funksional qo‘shimchalar bilan boyitilgan past kaloriyali parhezli mayonez olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Mayonez reseptini biologik faol moddalar bilan boyitish, sifatini oshirish va oziqaviy xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
quyultiruvchi vosita sifatida 10 % gacha kunjut kunjarasi kukuni kiritilgan mayonez resepturasi «TOP OIL» MChJda ishlab chiqarish amaliyotga joriy qilingan («O‘zyog‘moysanoati» uyushmasining 2022 yil 24 avgustdagi OZ/3-704 son ma’lumotnomasi). Natijada, organoleptik va fizik-kimyoviy ko‘rsatgichlari yaxshilangan, prafilaktik xususiyatli mayonez ishlab chiqarish imkonini bergan; 
essensial yog‘ kislotalariga boy soya va makkajo‘xori o‘simlik moylarini kiritish orqali omega-6 va omega-3 kislotalari nisbati muvozanatlangan mayonez resepturasi «TOP OIL» MChJda ishlab chiqarish amaliyotga joriy qilingan («O‘zyog‘moysanoati» uyushmasining 2022 yil 24 avgustdagi OZ/3-704-son ma’lumotnomasi). Natijada, funksional qo‘shimchalar bilan boyitilgan shifobaxsh xususiyatli mayonez ishlab chiqarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish