Axmedova Maloxat Ergashevnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Modul-kredit tizimi uchun tilshunoslik fanlaridan mustaqil topshiriqlar tuzishning ilmiy-nazariy asoslari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Ped281.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01 (Bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Yusupova Shohidaxon Jaloliddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Yusupov Qonisbay Abilovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Qurbonova Muhabbat Matyakubovna, filologiya fanlari doktori, professor.  
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi modul-kredit tizimi uchun tilshunoslik fanlaridan mustaqil ta’lim topshiriqlari tuzishning ilmiy-nazariy va lingvodidaktik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustaqil ta’lim topshiriqlari tuzishning pedagogik psixologik xususiyatlari va o‘quv topshiriqlarini bajarishga tayyorgarlik mustaqil topshiriqlarni bajarishga ongli yondashish, didaktik, o‘qish va  o‘rganishning tizimli xarakter kasb etishi, modul-kredit tizimi uchun tilshunoslikda mashq, savol va topshiriq tushunchalariga oid komponentlar bilan mustaqil topshiriqlar tuzishning ichki va tashqi yo‘nalishlardagi integratsiyasini real ta’limiy sharoitlarda qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;                  
lingvodidaktikada savol, mashq, topshiriqlar tuzish,  pragmatik usulda yondashishni belgilovchi mezonlar, infografika usulida tushuntirishga doir mustaqil topshiriqlar ish shaklini baholash, pedagogik ta’lim traektoriyalarini nazariy va amaliy belgilash, elektron bibliografik axborot qidirishga oid mediata’lim texnologiyalarini kiritish asosida takomillashtirilgan; 
modul-kredit tizimini rivojlantirish imkonini beruvchi mustaqil  topshiriqlar tuzishning didaktik ta’minotining lingvodidaktik xususiyatlari ona tili ta’lim mazmunini rivojlantirishda nazariy jihatlar va metodik ta’minot kontekstual, differensial-semantik, mantiqiylik, bosqichli ketma-ketlik tamoyillari  asosida aniqlangan; 
modul-kredit tizimi uchun tilshunoslik fanlaridan didaktik-metodik vazifalarni o‘rganishga doir mustaqil ta’lim topshiriqlarini tashkil etish va ularni baholash mexanizmlari, informatsion va innovatsion  metodik yondashuvlarni imitatsiyalashda tizimlilik, izchillik g‘oyalarini generatsiyalash, modul-kredit tizimiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
ona tili fanlarini o‘qitish jarayonida matn ustida (insho, hisobot tayyorlash, axborot qidirish, biblografik qidiruv), ishlash, grafik organayzerlardan foydalanish orqali nutqiy ko‘nikmalar rivojlanganligi, talabalarga ona tili ta’lim mazmunini to‘g‘ri va mantiqli savol berishga o‘rgatishning ilmiy-metodik va didaktik ta’minoti taklif etilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Oliy ta’limda modul-kredit tizimi uchun tilshunoslik fanlaridan mustaqil ta’lim topshiriqlari tuzish asosida fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘qitish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
mustaqil  ta’lim topshiriqlar tuzishning pedagogik psixologik xususiyatlari va o‘quv topshiriqlarini bajarishga tayyorgarlik, mustaqil topshiriqlarni bajarishga ongli yondashish, didaktik, o‘qish va  o‘rganishning tizimli harakter kasb etishi, modul-kredit tizimi uchun tilshunoslikda mashq, savol va topshiriq tushunchalariga oid komponentlar bilan mustaqil topshiriqlar tuzishning ichki va tashqi yo‘nalishlardagi integratsiyasini real ta’limiy sharoitlarda qo‘llash asosida aniqlashtirishga doir tavsiyalardan “Pedagogik konfiliktologiya” nomli darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 28 avgust 375-son buyrug‘i, 375-029 raqamli nashr ruxsatnomasi) Natijada modul-kredit tizimi uchun tilshunoslik fanlaridan mustaqil ta’lim topshiriqlari tuzish samaradorligi ortgan;
lingvodidaktikada savol, mashq, topshiriqlar tuzish,  pragmatik usulda yondashishni belgilovchi mezonlar ya’ni infografika usulida tushuntirishga doir mustaqil topshiriqlar tuzishning ish shaklini baholash, pedagogik ta’lim traektoriyalarini nazariy va amaliy belgilash, o‘zbek tili fani ta’lim mazmuniga xizmat qiluvchi elektron biblografik axborot qidirishga oid mediata’lim texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan takliflar asosida “Umumiy pedagogika” nomli darsligi yaratilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 712-son buyrug‘i, 106-704 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada oliy ta’limda modul-kredit tizimi uchun tilshunoslik fanlaridan mustaqil ta’lim topshiriqlari tuzish asosida fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga sharoit yaratilgan; 
modul-kredit tizimini rivojlantirish imkonini beruvchi,    mustaqil  topshiriqlar tuzishning didaktik ta’minoti ona tili ta’lim mazmunini rivojlantirishda nazariy jihatlari va metodik ta’minoti kontekstual, differensial-semantik, mantiqiylik, bosqichli ketma-ketlik tamoyillari  asosida lingvodidaktik xususiyatlari aniqlashga doir taklif va tavsiyalardan pedagogika oliy ta’lim muassasalarining tibbiyot oliy ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun “Pedagogika” nomli darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 mart 106-son buyrug‘i, 106-705 raqamli nashr ruxsatnomasi) Natijada oliy ta’limda modul-kredit tizimi uchun tilshunoslik fanlaridan mustaqil ta’lim topshiriqlari tuzish samaradorligi oshgan;
modul-kredit tizimi uchun tilshunoslik fanlaridan didaktik-metodik vazifalarni o‘rganishga doir mustaqil ta’lim topshiriqlarini tashkil etish va ularni baholash mexanizmlari, informatsion va innovatsion  metodik yondashuvlarni imitatsiyalashda tizimlilik,  izchillik g‘oyalarini generatsiyalash, modul-kredit tizimiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid ilmiy natijalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 52201100-Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) bakalaviriat ta’lim yo‘nalish talabalari uchun 2021 yil “Tafakkur bustoni” nashriyotidan chiqqan “Hozirgi o‘zbek tili” darsligini tuzishda foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 15 iyundagi 15-2071-son ma’lumotnomasi). Natijada, hozirgi o‘zbek tili fanini o‘qitish, mustaqil topshiriqlar berishga o‘rgatishning usul va vositalarini hamda metodik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan; 
ona tili fanlarini o‘qitish jarayonida matn ustida (insho, hisobot tayyorlash, axborot qidirish, biblografik qidiruv), ishlash, grafik organayzerlardan foydalanish orqali nutqiy ko‘nikmalar rivojlanganligi, talabalarga ona tili ta’lim mazmunini to‘g‘ri va mantiqli savol berishga o‘rgatishning ilmiy –metodik va didaktik ta’minotiga oid va amaliy takliflardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining AM-FZ-201908172 raqamli Davlat ilmiy-texnik dasturlar doirasidagi “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli innovatsion loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 15 iyundagi 15-2069-son ma’lumotnomasi). Natijada savol berish va pragmatik usulda aniqlash mustaqil ta’lim topshiriqlarini tuzish, mantiqli savol berishga o‘rgatishning metod va vositalari ishlab chiqilgan; 
oliy ta’limda modul-kredit tizimi uchun tilshunoslik fanlaridan tuzilgan mustaqil ta’lim topshiriqlaridan foydalanilganda nutqiy ko‘nikmalar rivojlanishiga oid ilmiy yangiliklaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” nomli fundamental va FA-Al-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” mavzusidagi amaliy  loyihalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 24 maydagi 17.01.138-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘qitishning ilmiy-metodik asoslari hamda ta’lim oluvchilarda mustaqil ta’lim topshiriqlari tuzishning birligi yuzasidan bilimlarni o‘zlashtirish yo‘llari takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish