Jonibekov Jasurbek Jonibekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «SOVID-19 pnevmoniyaning kechish bosqichlari va asoratlarini baholashda kompyuter tomografiyasining o‘rni» 14.00.19 – Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2127.
Ilmiy rahbar: Ismoilova Munojat Xayyatovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Zareddinov Damir Arifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raxmatullaeva Shaxnoza Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universitet
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: koronavirus asoratidagi pnevmoniyada instrumental va klinik begilarni baholash tartibini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
polimeraz zanjir reaksiyasi, klinik belgilari va rentgenologik tekshiruvda COVID-19 pnevmoniya belgilari kuzatilmagan patsientlarda kompyuter tomografiyasi natijasida ilk bora shu kasallik asoratiga xos bo‘lgan klinik o‘zgarishlarini tashxislashda yuqori ahamiyatga ega informativ usul  ekanligi isbotlangan; 
polimeraz zanjir reaksiyasi natijasi manfiy bo‘lishiga qaramasdan kompyuter tomografik tashxislashda COVID-19 etiologiyali pnevmoniyada o‘pkaning tuzilmaviy birligidagi segmentar o‘zgarishlarni axial kesimida barcha zararlangan o‘choqlarni ko‘rish o‘tkir va boshqa turdagi pnevmoniyaga xos bo‘lmagan belgilarni tashxislashda kasallikka xos bo‘lgan yaltiroqlilik kabi spesifik ko‘rsatkichlari isbotlangan;
COVID 19 pnevmoniyalarda kompyuter tomografiyada tashxislangan ko‘rsatkichlar asosida o‘pka konsolidatsiyasi va «xira shisha» belgilarining birgalikda kechishi, o‘pkaning periferik sohasida «xira shisha» belgisi va uning asoratida to‘qima konsolidatsiyasining rivojlanishi asoslashga qaratilgan tashxisotidagi sezgirlik «toshko‘prik» belgisi kabi xususiyatlari isbotlangan; 
kompyuter tomografiyasi tashxisoti natijasida COVID-19 etiologiyali pnevmoniyada «xiralashgan shisha» ko‘rsatkichlari qirq yoshgacha bo‘lgan patsientlarda sezgir ko‘rsatkich bo‘lsa, yondosh kasalliklari, zararli odatlar mavjud bo‘lgan qirq yoshdan yuqori patsientlarda o‘pkaning to‘qima konsolidatsiya belgilari klinik va labarator ko‘rsatkichlardan farqli ravishda kechish xavfliligining tashxislashdagi parenximaning hajmli o‘zgarishisiz kichik zichlanishi, pnevmatizatsiya qisman saqlanishi aniq ko‘rsatkichlari isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
COVID-19 pnevmoniyaning kechish bosqichlari va asoratlarini baholashda kompyuter tomografiyasining o‘rnini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
COVID-19 pnevmoniyaning kechish bosqichlari va asoratlarini baholashda kompyuter tomografiyasining o‘rnini asoslash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «COVID-19 koronavirus infeksiyasiga shubha qilingan patsientlarniing o‘pkasini zararlanishini nur tashxisoti» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 6 oktyabrdagi 8-n/z 323-son ma’lumotnomasi). Natijada innovatsion texnologiyalarda foydalanish orqali COVID-19 koronavirus infeksiyasiga shubha qilingan patsientlarda o‘pka zararlanishini erta tashxislash va hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan; 
COVID-19 pnevmoniyaning kechish bosqichlari va asoratlarini baholashda kompyuter tomografiyasining o‘rnini baholash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy ilmiy markazi Buxoro filiali, Samarqand davlat tibbiyot Universiteti va Buxoro viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 6 oktyabrdagi 8 n-z 320-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi COVID-19 pnevmoniya bilan kasallangan bemorlarni tashxislash natijasida ko‘krak qafasi rentgenografiyasi tekshiruvining yuqori darajadagi qobiliyatini hamda polimeraza zanjirli reaksiyasi sinamalari manfiy xolatlarida pnevmoniyaning bosqichlari va asoratlari vizualizsiyalash uchun KT-mezonlari bilan bosqichlarga bo‘lish, polimeraza zanjirli reaksiyasi sinamalari testlari manfiy holatlar va pnevmoniya bosqichlari bilan xastlangan bemorlar yuqori ulushni qayd etib, patologiyani tashxislashdan foydalanish kasallikni erta tashxislash va bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish