Shodmonova Sayyora Baxromovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Boburnoma» matnining inglizcha tarjimalarida o‘lchov birliklari leksemalarining lingvokulturologik va pragmatik tadqiqi», 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1585.
Ilmiy rahbar: Xoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD. 03/30.12.2019.Fil/Ped 83.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Malohat Muhammadovna, filologiya fanlari doktori, professor; Odilov Bahodir Baxtiyorovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Zahiriddin Muhammad Boburning badiiy mahorati, “Boburnoma” matnidagi o‘lchov birliklarining lingvokulturologik va pragmatik xususiyatlari Leyden-Erskin, A.Beverij va V.Tekston tarjimalarida qay darajada amalga oshirilganligini tarjimashunoslik nuqtai nazaridan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Boburnoma” matnidagi o‘lchov birliklari sutka qismlari, hafta nomlari, oy nomlari, fasl nomlari tarjimalariga oid kun, tong, sahar, azon, bomdod, choshgoh, tush, peshin, asr, shom, xufton, tun kabi leksemalarning sintagmatik imkoniyatlari, sintaktik-stilistik usulining ma’noviy mazmunining pragmatik va lingvomadaniy jihatlari ochib berilgan;
o‘lchov birliklarining o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjimasi so‘zma-so‘z, tasviriy ko‘ra transliteratsiya, tasviriy, transformatsion, kal`ka usullari orqali amalga oshirilganligi asoslangan;
o‘lchov birliklari tarjimalarini qayta yaratishda so‘z yoki so‘z birikmasi aniqroq va to‘laroq yoritish mezoni va qiyosiy tasvirlashda sinxronik va diaxronik tamoyillari aniqlanib, o‘lchov birliklarining miqdor ustuvorligi ko‘rsatilgan;
og‘irlik, uzunlik, enlik, chuqurlik, pul qiymati o‘lchov birliklari tarjimasi ekvivalent birliklar yo‘qligi sababli pragmatik muvofiqlik va pragmatik nomuvofiqlikda amalga oshirilganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Boburnoma” matnidagi o‘lchov birliklari tarjimasining leksik-semantik, pragmatik va lingvomadaniy xususiyatlarini qiyosiy tipologik tadqiq qilish jarayonida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
“Boburnoma” matnidagi o‘lchov birliklari sutka qismlari, hafta nomlari, oy nomlari, fasl nomlari tarjimalariga oid kun, tong, sahar, azon, bomdod, choshgoh, tush, peshin, asr, shom, xufton, tun kabi leksemalarning sintagmatik imkoniyatlari, sintaktik-stilistik usulining ma’noviy mazmunini, pragmatik va lingvomadaniy jihatlari tahlilidan Samarqand davlat chet tillari institutining OT–F8–062-raqamli “Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2020 yil 7 oktyabrdagi 1772/30.02.02-son ma’lumotnomasi). Natijada “Boburnoma” matnidagi o‘lchov birliklarining lingvistik tadqiqi til taraqqiyotiga qo‘shgan hissalari va tilning derivatsion vazifalarini aniqlashga katta imkoniyat yaratish bilan birga, uning muammolarini yoritishga xizmat qilgan H Tilning derivatsion xususiyatlari va zamonaviy tilshunoslikdagi yangi qirralarini aniqlash imkonini bergan;
o‘lchov birliklari tarjimalarini qayta yaratishda so‘z yoki so‘z birikmasi aniqroq va to‘laroq yoritish mezoni va qiyosiy tasvirlashda sinxronik va diaxronik tamoyillari aniqlangan, o‘lchov birliklarining miqdor ustuvorligiga oid ilmiy xulosalardan Samarqand davlat chet tillari institutida 2011-2014 yillarda bajarilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2020 yil 5 oktyabrdagi 1795/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan materiallar tarjima jarayonida tillarga doir milliy-madaniy xususiyatlar muammosini echishga va ularni tarjima qilish usullarini yoritib berishga, “Boburnoma” matnining xorijda o‘rganilishi hamda lingvomadaniy xususiyatlarini o‘rganishga asos bo‘lib xizmat qilgan;
o‘lchov birliklarining o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjimasi so‘zma-so‘z, tasviriy ko‘ra transliteratsiya, tasviriy, transformatsion, kal`ka usullari orqali amalga oshirilganligi oid ilmiy xulosalardan Namangan muxandislik-texnologiya instituti 2015-2017 yillarda amalga oshirilgan M/UZB-KNR-2015/29 raqamli “Robei-Chip Design Platform” nomli xalqaro loyihasi doirasida foydalanilgan (Namangan muhandislik-texnologiya institutining 2021 yil 4 avgustdagi 3049-024-son ma’lumotnomasi). Texnika sohalari bo‘yicha tarjimalarni amalga oshirishda, muhandislik va iqtisodiyot fanlarining rivojida ta’sir doirasiga ega ekanligi ushbu loyiha doirasida tayyorlangan materiallarga manba bo‘lib xizmat qilgan;
og‘irlik, uzunlik, enlik, chuqurlik, pul qiymati o‘lchov birliklari tarjimasi ekvivalent birliklar yo‘qligi sababli pragmatik muvofiqlik va pragmatik nomuvofiqlikda amalga oshirilganligi tahliliy fikr va nazariy xulosalaridan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining “Buyuk ajdodlarga ehtirom” va “Boburni eslab” ko‘rsatuvlarida Zahiriddin Muhammad Bobur hayotini yoritish, “Boburnoma” matni tarjimalaridagi izoh va sharhlar, tarjima matnlari haqidagi materiallarni tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2020 yil 8 sentyabrdagi 691-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni boyitilgan.