Xaydarova Aqida Xurram qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Virtual reallik falsafasining metodologik yo‘nalishlari», 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fal636.
Ilmiy rahbar: Shermuxamedova Niginaxon Arslanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Ramatov Jumaniyoz Sultonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Ortiqov To‘lanboy Artikbaevich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dunyoning ilmiy manzarasi va uning evolyusiyasida virtual reallik rivojlanishining ontologik va gnoseologik jihatlarini  ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
virtual reallik ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlash omili ekanligi sababli texnogen sivilizatsiyaning davomiyligi, moddiy va ma’naviy farovonlikni ta’minlash, shaxslararo muloqot vositasi va olamni bilishning kreativ imkoniyati ekanligi asoslangan;
virtual reallikning potensial va aktual borliqning ideal modeli sifatida o‘tmish va kelajakni bog‘lash vositasi ekanligi, inson tafakkur uslubining yangi ijtimoiy makonga moslashish jarayonida  xaocni baptapaf etish, real va virtual reallikning mutanosibligiga erishishning ilmiy tafakkur uslubi bilan bog‘liq yangi bilimlar tizimi shakllanishining gnoseologik jihati ochib berilgan; 
an’anaviy turmush tarzining texnologik hayot tarzi bilan almashinuvi jarayonida virtual reallik texnologiyalaridan insonning dunyoni anglash, madaniy muloqotni takomillashtirish, viptual bopliqda yangi qadpiyatlap tizimini yaratish mexanizmi sifatida foydalanishning fan tarmoqlarini rivojlantirish, sun’iy intellektning imkoniyatlarini kengaytirish, barqarorlikni ta’minlashdagi integratsion va kompesatorlik mohiyati falsafiy jihatdan asoslangan;
fan, ta’lim, san’atshunoslik, marketing, tibbiyot, biotexnologiya sohalaridagi islohotlarda virtual reallik texnologiyalaridan foydalanishning zaruriyati, shaxslararo muloqotda shu sohalardagi rivojlanish ko‘pcatkichlapining incon ongiga ta’cipida namoyon bo‘lishi klipli tafakkurda  va cog‘lom tupmush tapzini takomillashtipishda, kelajak sari mo‘ljal olishda faoliyatni tizimli tashkil etish omili ekanligi acoclangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Virtual reallik falcafacining metodologik yo‘nalishlapini tadqiq etish natijasida:
virtual reallik yangi ijtimoiy borliqni yaratishning texnologik vositasi, insonning ratsional tafakkuri mahsuli sifatida ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlash omili ekanligi sababli, texnogen sivilizatsiyaning davomiyligi, moddiy va ma’naviy farovonlikni ta’minlash, shaxslararo muloqot vositasi va olamni bilishning kreativ imkoniyati sifatida namoyon bo‘lishiga oid g‘oyalardan O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining «Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5938-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan «Mamlakatda «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyiliga asoslangan tizimni samarali joriy etish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ning I-bo‘lim 5 bandi, III-bo‘lim 26 bandi, IV-bo‘lim 31, 32 bandlari, V-bo‘lim 38 bandi, VI-bo‘lim 40 bandida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda, jamiyatda «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyilining to‘laqonli va samarali joriy etilishida har tomonlama ko‘maklashishda, oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorligini o‘rnatish bo‘yicha tayyorlangan uslubiy qo‘llanmalarda  foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2022 yil 28 fevraldagi 02-02/469-son ma’lumotnomasi). Natijalar mahallalarda dasturchilar korpusini tayyorlash bo‘yicha o‘quv markazlarini tashkil etish, aholi turli qatlamlarining virtual reallik texnologiyalaridan oqilona foydalanish malakalarini shakllantirishga xizmat qilgan; 
virtual reallikning potensial va aktual borliqning ideal modeli sifatida o‘tmish va kelajakni bog‘lash vositasi ekanligi inson tafakkur uslubining yangi ijtimoiy makonga moslashishida  xaocni baptapaf etish, real va virtual reallikning mutanosibligiga erishishning nochiziqli rivojlanish jarayoni mahsuli sifatida anglashga oid xulosalardan  O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari Agentligining Toshkent shahar boshqarmasining yoshlar  tafakkurida axborotni tanlash saralash malakalarini shakllantirish, ularning axborot xavsizligini ta’minlash bo‘yicha tashkil etilgan turkum  targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari Agentligining 2022 yil 17 martdagi 4-13-23-703-son ma’lumotnomasi). Natijalar bu ta’lim muassasalaridagi yoshlarning bilim olishlarini rag‘batlantirish, ularda innovatsion tafakkur va kreativ fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish, davlat va jamiyat farovonligini ta’minlashda har tomonlama etuk, intellektual salohiyati yuqori, vatanparvar yoshlarni tarbiyalashga doir dasturlarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
an’anaviy turmush tarzining texnologik hayot tarzi bilan almashinuvi jarayonida virtual reallik texnologiyalaridan insonning dunyoni anglash, madaniy muloqotni takomillashtirish, yangi qadpiyatlap tizimini yaratish mexanizmi sifatida foydalanishning fan tarmoqlarini rivojlantirish, sun’iy intellektning imkoniyatlarini kengaytirish, barqarorlikni ta’minlashda kreativ tafakkur imkoniyati sifatida namoyon bo‘lishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining IV yo‘nalishiga oid «Yoshlarda sog‘lom dunyoqarash, jumladan, kitobxonlik ko‘nikmasini shakllantirish, internet, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish, ularda axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish» 34 bandi internet maydonida ichki va tashqi tahdidlarga samarali qarshi kurashishni ta’minlash maqsadida tashkil etilgan tadbirlarda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Markazining 2022 yil 31 martdagi 02/02/487-son ma’lumotnomasi). Natijalar  markaz xodimlari va «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari uchun «Internet maydonidagi ma’naviy tahdidlar va ularga qarshi kurashishning usullari» mavzusida turkum hududiy va masofaviy o‘quvlarni tashkil etishga xizmat qilgan; 
fan, ta’lim, san’atshunoslik, marketing, tibbiyot, biotexnologiya sohalaridagi islohotlarda virtual reallik texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati shu sohalardagi rivojlanish ko‘pcatkichlapining natijalarida, insonning klipli tafakkurida  namoyon bo‘layotganligi va uning kelajak sari mo‘ljal olish mexanizmi sifatida rivojlanayotganligiga oid xulosalardan Tadbirkorlar va ishbilarmolar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengash Ijroiya qo‘mitasining virtual reallik texnologiyalaridan ijtimoiy taraqqiyot mexanizmi sifatida tadbirkorlar faoliyatini tizimli tashkil etish, ishbilarmonlik sohasiga virtual texnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqilgan mahsulotlarining samaradorligini oshirishda foydalanilgan. (Tadbirkorlar va ishbilarmolar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengash Ijroiya qo‘mitasining 2022 yil 4 apreldagi 01-27/159-son ma’lumotnomasi). Natijalar tadbirkorlar va ishbilarmonlarning virtual texnologiyalardan foydalanishda axborot xavfsizligiga rioya qilish,  ishlab chiqarish sohasiga yangi texnologik qurilmalarni joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish