Usmanov Muhriddin Abdimuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mif va mifologizatsiya dialektikasi», 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fal658.
Ilmiy rahbar: Shermuxamedova Niginaxon Arslanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Karimov Baxtiyor Raxmonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Qoraboev Usmon Hosilovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mif va mifologizasiya dialektikasini dunyoning ilmiy manzarasi evolyusiyasidagi rolini, uning zamonaviy fan taraqqiyoti va inson ilmiy dunyoqarashining transformatsiyasiga ta’sirini asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mif dunyoni bilishning dastlabki shakli, mifologiya insonning dunyoga munosabati dialektikasi, mifologizasiya tafakkurning o‘zgarish jarayoni, remifologizasiya mifning yangi qiyofada qayta tiklanishining ifodasi bo‘lganligi sababli vorisiylik va novatorlikka bog‘liq tarixiy evolyusiyasi va ong metamarfozalari asoslangan;
mifologizatsiya ijtimoiy jarayonlarning takomil bosqichi sifatida nochiziqli rivojlanishning shaxslararo o‘zaro munosabatlarning murakkablashuviga ta`siri, gipotetik bilimlarning ilmiy bilimga aylanishida insonning kreativ tafakkur imkoniyatlarini namoyon etishida mifologik tasavvurlarning makon va vaqtga doir xususiyatlari asoslangan;
mifologiya ibtidoiy odamning tafakkur uslubi va arxaik ongdagi olam haqidagi klipli tasavvurlarining mahsuli, dunyo ilmiy manzarasining dastlabki rasional asosi sifatidagi ziddiyatlari idrok etilishi eklektik jihatdan mifologizasiyaning metodologik omili ekanligi ochib berilgan;
mifologik va diniy ongning mutanosibligini ta’minlash natijasida mifda faqat kohinlarga tegishli bo‘lgan magiya amal qilishi, dinda Xudoning ilohiy kuch ekanligiga inson aqlining yuksak ishonchi va fanda ilmiy dalillarning ijtimoiy taraqqiyot omili sifatidagi mohiyati falsafiy tafakkur taraqqiyoti mexanizmi ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mif va mifologizasiya dialektikasini asoslash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
mif dunyoni bilishning dastlabki shakli, mifologiya odamlarning dunyoga munosabatining dialektikasi, mifologizasiya tafakkurning o‘zgarishi jarayoni, remifologizasiya mifning yangi qiyofada qayta tiklanishining ifodasi bo‘lganligi sababli, ularning ilmiy bilimlarga ta’sirining onto-gnoseologik jihatlari va ong metamarfozalarining shakllanishidagi roliga oid g‘oyalardan O‘zbekiston Respublikasi ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020-2021 yillarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqchiga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar dasturining II yo‘nalishiga oid chora tadbirlarning 9-bandi mamlakatimidagi keng qamrovli islohotlar mazmunini aholining turli qatlamlariga tushuntirish, Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishda xalq birdamligi va daxldorligini kuchaytirishga qaratilgan «Uyg‘onish ma’rifati» nomli turkum ko‘rsatuvlar tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022 yil 16 avgustdagi 222-son ma’lumotnomasi). Natijalar aholi turli qatlamlari ongida mif dunyoni bilishning dastlabki usuli sifatida amal qilishi va uning hozirgi davrdagi ahamiyatini tushunishiga xizmat qilgan;
mifologizatsiya ijtimoiy jarayonlarning takomil bosqichi sifatida shaxslararo o‘zaro munosabatlarning murakkablashuvi bilan bog‘liqligi, gipotetik bilimlarning ilmiy bilimga aylanishida insonning kreativ tafakkur imkoniyatlarini namoyon etishida mifologik tasavvurlarning o‘rniga oid xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston tarixi» telekanalida efirga uzatilgan «Javohir» ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradio-kompaniyasining O‘zbekiston telekanali davlat muassasasining 2022 yil 15 avgustdagi 1315-son ma’lumotnomasi). Natijalar ko‘rsatuvda miflar tarixi, miflarning ijtimoiy ong taraqqiyoti mahsuli sifatida dunyoni bilish usuli ekanligini tomoshabinlarga etkazishga xizmat qilgan;
mifologiya ibtidoiy odamning tafakkur uslubi va arxaik ongdagi olam haqidagi klipli tasavvurlarining mahsuli, dunyo ilmiy manzarasining dastlabki rasional asosi sifatida mifologizasiyaning metodologik omili ekanligiga oid g‘oyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining konferensiya, seminar, davra suhbatlari va boshqa targ‘ibot-tashviqot tadbirlarni tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2022 yil 12 avgustdagi 14-07-1453-son ma’lumotnomasi). Natijalar mifologik ritorikaning millatlararo munosabatlarni saqlash va asrash, millatlar tarixining umumiy ildizga ega ekanligini bilish va umumiy manfaatlar himoyasida foydalanishiga xizmat qilgan; 
mifologik va diniy ongning mutanosibligini ta’minlash natijasida mifda faqat kohinlarga tegishli bo‘lgan magiya amal qilishi, dinda Xudoning ilohiy kuch ekanligiga inson aqlining yuksak ishonchi va fanda ilmiy dalillarning ijtimoiy taraqqiyot omili sifatidagi roliga oid hulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022 yil 30 avgustdagi 2793-son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlar tafakkurida mif dunyoni bilish va o‘zgartirish uslubi sifatida qayta tiklanayotganligi va uning bunyodkor mohiyatidan amaliy hayotda foydalanish malakalarini shakllantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish