Nurullaeva Zulxumor Sidamatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):«Maqom san’atining badiiy-estetik mohiyati», 09.00.02– Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (estetika) (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fal296.
Ilmiy rahbar:Qodirova Dilbar Salixovna,falsafa fanlari nomzodi, professor v.b.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Abilov O‘rol Murodovich, falsafa fanlari doktori, professor; Begmatov Soibjon Mahmudovich, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Milliy rassomlik va dizayn instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliyahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi maqom san’ati badiiy-estetik mohiyatining falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maqom san’atining retrospektiv va dialektik asoslari falsafaning butun va qism, sistema va element, shakl va mazmun kabi juft kategoriyalari o‘rtasidagi mutanosiblik tamoyili asosida ochib berilib,uningmusiqiy tasavvur va dunyoqarash sifatidagi umummetodologik jihatlari asoslangan;
maqom san’atining interpritatsiya, tushunish, empatiya singari germenevtik xususiyatlari va unda voqelikni estetik idrok etish, maqom musiqasidan estetik ob’ekt sifatida sabab va oqibat kesimida estetik zavq olishning “katarsis” va “kalokagatiya” tushunchalari bilan inson idrokining aprior shakllari falsafiy-estetik jihatdan asoslangan;
maqom san’ati fenomeni milliy estetik identiklikni kuchaytirish, estetik qadriyat sifatida milliy g‘ururni yuksaltirish hamda yoshlarning ijodiy faoliyatida autentiklikni shakllantirishdagi zaruriyati asoslangan;
maqom san’atining muayyan his-tuyg‘ular orqali munosabati ekspressiv funksiyasi orqali ifodalanib, deterministik ta’siri emotsiya, idrok, intellektningbadiiy-estetik mohiyati ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maqom san’atining badiiy-estetik mohiyati bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
maqom san’atining retrospektiv va dialektik asoslari falsafaning butun va qism, sistema va element, shakl va mazmun kabi juft kategoriyalari o‘rtasidagi mutanosiblik tamoyili asosida ochib berilib,uning umummetodologik, gnoseologik jihatlari oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston tarixi» telekanali «Taqdimot» ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 23 martdagi 02-40-426-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar teletomoshabinlarni maqom san’atining genezisi hamda ma’naviy-axloqiy ahamiyatiga doir yangi ilmiy ma’lumotlar bilan tanishishlariga xizmat qilgan;
maqom san’atining muayyan his-tuyg‘ular orqali munosabati ekspressiv funksiyasi orqali ifodalanib, deterministik ta’siri emotsiya, idrok, intellektning badiiy-estetik mohiyatiga doir natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tasarrufidagi davlat muassasalarida 2020-2021 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 18 oktyabrdagi 05-12-10-4626-son ma’lumotnomasi). Natijada, Madaniyat vazirligi tasarrufidagi davlat muassasalaridagi targ‘ibot ishlarining samaradorligi hamda maqom san’atining sotsiumga ta’sir kuchi oshgan;
maqom san’atining interpritatsiya, tushunish, empatiya singari germenevtik xususiyatlari va unda voqelikni estetik idrok etish, maqom musiqasidan estetik ob’ekt sifatida sabab va oqibat kesimida estetik zavq olishning “katarsis” va “kalokagatiya” tushunchalari bilan inson idrokining aprior shakllarifalsafiy-estetik jihatdan asoslanganligiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbek milliy maqom san’ati markazi faoliyatida, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3391-son Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirishga doir chora-tadbirlari dasturining 17-bandida o‘zbek milliy maqom san’ati markaziga tegishli vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbek milliy maqom san’ati markazining 2022 yil 21 apreldagi 109-son ma’lumotnomasi). Natijalar markazning maqom san’ati borasidagi targ‘ibot va tashviqot ishlarining samaradorligi oshishiga xizmat qilgan;
maqom san’atining estetik qadriyat sifatida fenomenal substansion milliy estetik identiklikni kuchaytirish, milliy g‘ururni yuksaltirish hamda yoshlarning ijodiy faoliyatida autentiklikni shakllantirishdagi zaruriyatiga oid ilmiy xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 10 yanvardagi «O‘zbekiston Republikasida 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar» dasturining VI yo‘nalishiga oid «Xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa, yoshlarimiz o‘rtasida dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash» 50-bandi, Yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda «Alpomish», «Go‘ro‘g‘li», «Rustamxon» kabi xalq og‘zaki ijodi namunalaridan keng foydalangan holda «Milliy qadriyatlar» festivalini o‘tkazish va tashkil etish jarayonlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 29 sentyabrdagi 02/08-1205-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari Markaz targ‘ibot ishlarining samaradorligi oshishi hamda tadbir-festivallar ilmiy va badiiy saviyasi oshishiga xizmat qilgan.