Kenjabaev Jahongir Abdisalimovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabalari og‘zaki nutq kompetensiyasini rivojlantirishning lingvodidaktik xususiyatlari (sport terminlar misolida)», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1651.
Ilmiy rahbar: Obrueva Gulchexra Hamroqulovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD. 03/30.12.2019.Fil/Ped83.01.
Rasmiy opponentlar: Hoshimova Dildora O‘rinbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Raximov Abror Axmadovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabalarini ingliz tilidagi og‘zaki nutq kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
og‘zaki nutq rivojlanishining tinglab tushunish, ifodali o‘qish, yozish, gapirish ko‘nikmalari mazmuni mavjud ingliz tilini o‘zlashtirish strategiyalari kognitiv, emotsional, motivatsion komponentli hamda tasavvur kuchiga ega bo‘lish jarayonini baholashga doir vaziyatlarga ustuvorlik berish asosida og‘zaki nutq kompetensiyasini rivojlantirishning maxsus metodik tizimi ilmiy asoslangan;
jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabalarida og‘zaki nutqning leksik, grammatik, semantik va fonologik kompetensiyalarini rivojlantirishning lingovodidaktik xususiyatlari (gapirish, tinglash, yozish, o‘qish) ingliz tilini o‘qitish amaliyotining “L2 motivational self system” modeliga muvofiq motivatsion strategiyalar (tasavvurni shakllantirish, tasavvurni kuchaytirish va tasdiqlash, tasavvurni ishga solish, tasavvurni tetik saqlash va qarshi balanslash)ga ustivorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabalarida og‘zaki nutq kompetensiyalarini rivojlantirish tizimi kommnunikativ, “mobil vositalar yordamida til o‘rgatish” (mobile assisted language learning, Mall) va moto qobiliyatlarni o‘zlashtirish usullarini “uch o‘lchamli” modelga ko‘chirib o‘tqazish orqali takomillashtirilgan;
jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabalarida og‘zaki nutq kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan texnologiyalar mazmuni integratsion yondashuv va kommunikativ metodlarning elektron-didaktik vositalar bilan uzviy aloqasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabalari og‘zaki nutq kompetensiyasini rivojlantirishning lingvodidaktik xususiyatlariga oid tadqiqot ishining ilmiy natijalari asosida:
og‘zaki nutq rivojlanishining tinglab tushunish, ifodali o‘qish, yozish, gapirish ko‘nikmalari mazmuni mavjud ingliz tilini o‘zlashtirish strategiyalari kognitiv, emotsional, motivatsion komponentli hamda tasavvur kuchiga ega bo‘lish jarayonini baholashga doir vaziyatlarga ustuvorlik berish asosida og‘zaki nutq kompetensiyasini rivojlantirishning maxsus metodik tizimini ishlab chiqish bilan bog‘liq amaliy taklif va tavsiyalardan Evropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi doirasida amalga oshirilgan 574099-EPP-1-2016-1-IT-EPPKA2-CBHE-SP raqamli “Oliy ta’lim sohasida potensialni rivojlantirish yo‘nalishidagi PAWER – Hududlararo mobillikni yo‘lga qo‘yish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta’minlash” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihada foydalanilgan (Termiz davlat universitetining 2021 yil 29 iyundagi 04/12-1802 son ma’lumotnomasi). Natijada, jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida o‘qish, tinglab tushunish, yozish va og‘zaki nutq qobiliyatlarini yanada rivojlantirishga va kasbiy bilimlarini oshirishga erishilgan;
jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabalarida og‘zaki nutqning leksik, grammatik, semantik va fonologik kompetensiyalarini rivojlantirishning lingovodidaktik xususiyatlari (gapirish, tinglash, yozish, o‘qish) ingliz tilini o‘qitish amaliyotining “L2 motivational self system” modeliga muvofiq motivatsion strategiyalar (tasavvurni shakllantirish, tasavvurni kuchaytirish va tasdiqlash, tasavvurni ishga solish, tasavvurni tetik saqlash va qarshi balanslash)ga ustivorlik berish va talabalarda og‘zaki nutq kompetensiyalarini rivojlantirish tizimi kommunikativ, “mobil vositalar yordamida til o‘rgatish” (mobile assisted language learning, Mall) va moto qobiliyatlarni o‘zlashtirish usullarini “uch o‘lchamli” modelga ko‘chirib o‘tqazish orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “English for the physical culture students” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-son buyrug‘i, 110-225-son guvohnomasi). Natijada, jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbga yo‘naltirilgan ingliz tilida ilmiy izlanishlar olib borish, xorijiy (ingliz tilidagi) adabiyot, elektron resurslardan ijodiy foydalana olish va ma’lumotlarni tahlil etish samaradorligini oshirilishiga imkon yaratilgan;
jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabalarida og‘zaki nutq kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan texnologiyalar mazmuni integratsion yondashuv va kommunikativ metodlarning elektron-didaktik vositalar bilan uzviy aloqasini ta’minlashga doir taklif va tavsiyalar “English for the physical culture students” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-son buyrug‘i, 110-225-son guvohnomasi). Natijada, mazkur o‘quv qo‘llanma talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlash samaradorligini hamda o‘qituvchi-professorlarning kasbiy malakasi darajasini oshirishga xizmat qilgan;
jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabalarida og‘zaki nutq kompetensiyalarini rivojlantirish tizimi kommnunikativ, “mobil vositalar yordamida til o‘rgatish” (mobile assisted language learning, Mall) va moto qobiliyatlarni o‘zlashtirish usullarini “uch o‘lchamli” modelga ko‘chirib o‘tqazish orqali takomillashtirilgan xulosadan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O`zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar uchun” nomli eshittirishlarni tayyorlashda foydalanilgan (“O`zbekiston” teleradiokanalining 2021 yil 13 sentyabrdagi O`z/k-04-25-1482-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabalarida og‘zaki nutq kompetensiyalarini rivojlantirishda Smart ta’lim texnologiyasidan foydalanish sxemasini va Actions modeli dasturini ishlab chiqish bilan bog‘liq tavsiya va xulosalar haqida radiotinglovchilarga, jumladan nofilologik yo‘nalishlarda ta’lim beruvchi xorijiy til professor-o‘qituvchilari va talabalarga ma’lumot berilgan va ommalashtirilgan.