Djabbarov Sherzod Xalikulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): ““Vaqt” konseptosferasining kognitiv-metaforik, lingvofalsafiy va lingvomadaniy tahlili (ingliz va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06. – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1617.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti
Ilmiy rahbar: Mirsanov G‘aybulla Qulmurodovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ergasheva Guli Ismoil qizi, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida vaqt konseptining kognitiv, lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kognitiv tilshunoslikda metaforalar konseptuallashuvining axborotni uzatishda, abstrakt tushunchalarni tahlil qilishda, voqelikni toifalashda mahsuldorligi isbotlangan;
vaqt alohida konsept sifatida tun, kun, qisqa davriy kechinmalar lahza, on, soniya kabi universal hamda har bir tilga xos lingvofalsafiy va lingvomadaniylashgan lisoniy hodisa ekanligi dalillangan;
vaqtni “payt”, “nutq momenti”, “o‘tgan”, “hozirgi”, “kelasi” kabi subkonseptlar sifatida turli tizimli tillarda lingvomadaniy jihatlarini tarkibiy qismlarga ajratib turadigan murakkab lisoniy hodisa ekanligi aniqlangan;
vaqtni ifodalovchi til birliklarining kognitiv-metaforik, lingvomadaniy xususiyatlarini aks ettiruvchi birliklar, lisoniy tuzilmalarning vaqt – harakat, vaqt – kechim, vaqt – statik manba kabi konseptuallashuv jihatlari belgilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Vaqt” konseptosferasining kognitiv-metaforik, lingvofalsafiy va lingvomadaniy tahliliga (ingliz va o‘zbek tillar misolida) oid tadqiqot natijalari asosida:
kognitiv tilshunoslikda metaforalar konseptuallashuvining mahsuldorligi axborotni uzatishda, abstrakt tushunchalarni tahlil qilishda, voqelikni toifalashdagi ma’lumotlardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan I-204-4-5 raqamli “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion loyihasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 19 maydagi 1265/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, kognitiv – metaforik vositalarning lisoniy ifodasi tahlili virtual resurslar orqali amalga oshiriladigan ta’lim mazmunini shakllantirish imkonini bergan;
vaqt alohida konsept sifatida tun, kun, qisqa davriy kechinmalar lahza, on, soniya kabi universal hamda har bir tilga xos lingvofalsafiy va lingvomadaniylashgan lisoniy hodisa ekanligining tahlili natijalaridan, Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 2020-2021- yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+ CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 03 iyundagi 1686/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, vaqt alohida konsept sifatida universal hamda har bir tilga xos lingvofalsafiy va lingvomadaniylashgan lisoniy hodisa sifatida o‘rganish imkonini bergan;
vaqtni “payt”, “nutq momenti”, “o‘tgan”, “hozirgi”, “kelasi” kabi subkonseptlar sifatida turli tizimli tillarda lingvomadaniy jihatlarinining tahlilidan Jizzax davlat pedagogika institutida 2016-2017 yillarda olib borilgan MUZ-2015-0725140051 “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini boyitishda inglizcha-o‘zbekcha-ruscha frazemalar lug‘atini yaratish va amaliyotga tadbiq etish” innovatsion amaliy loyihasida foydalanilgan (Jizzax davlat pedagogika institutining 2022 yil 20 maydagi 04-564 son ma’lumotnomasi). Natijada inglizcha – o‘zbekcha konseptual metaforalarning mazmun-mohiyatini ochib berish imkoniyati yaratilgan;
vaqtni ifodalovchi til birliklarining kognitiv-metaforik, lingvomadaniy xususiyatlarini aks ettiruvchi birliklar, lisoniy tuzilmalarning konseptuallashuv jihatlari bilan bog‘liq dissertatsiya ilmiy natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi huzuridagi, Jizzax viloyat teleradiokompaniyasida tele – va radio dasturlar ishlab chiqarish jarayonida, xususan “Jizzax” telekanalining “Ilm ufqlari” ko‘rsatuvi hamda “Jizzax” radiosining “Assalom, Jizzax!” musiqiy dam olish dasturi ssenariylarini yozishda foydalanilgan (Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 18 iyuldagi 10-12/517 – son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz va o‘zbek tillarida “vaqt” konseptosferasining konseptuallashuvi milliy - madaniy xususiyatlari teledastur va radio eshitirishlar mazmunini boyitishga hizmat qilgan.
“Vaqt” konseptosferasining lingvofalsafiy va lingvomadaniy tahlili, ingliz va o‘zbek tillarda “vaqt” konseptining bir qancha semantik maydoni tahlili natijalari 5111400 - Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun yaratilgan “Homereading” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 21 noyabrdagi 500-sonli buyrug‘i asosida o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Natijada darslik mazmuni “Vaqt” konseptosferasiga tegishli birliklarning semantik maydoni voqealanishi bilan boyitilgan.