Berdikulova Surayyo Aslamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda demokratik jamiyat taraqqiyotida ijtimoiy normalar transformatsiyasi», 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fal39.
Ilmiy rahbar: To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Xaydarov Xurram Farmonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Tilavov O‘ktamjon G‘ulomovich, falsafa fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston demokratik taraqqiyoti jarayonida ijtimoiy normalarning transformatsiyasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy normalarning tabiati, rivojlanishi va tarqalishi o‘rtasidagi aloqadorlik, epistemologik bilim vositasidagi siyosiy ijtimoiylashuvning ratsional standartlari ijtimoiy muhit va ijtimoiy tizimda shaxsning faol xulq-atvori imperiativlarini shakllantirishi ochib berilgan;
ijtimoiy normalarning jamiyat taraqqiyotidagi potensial imkoniyatlari, transformatsiyalashuvi va ular barqarorligini ta’minlashning xossa va strukturasidagi murakkablik sinergetik jihatdan tizimga xos ijtimoiy normalarning deformatsiyasi, shaxs degradatsiyasini bartaraf etishi asoslab berilgan;
globallashuv sharoitida ijtimoiy normalarning yangilanayotgan O‘zbekistonda fuqarolar tomonidan amaliy faoliyatda namoyon bo‘lishi, transformatsiyalashuvi jarayonlarining potensial imkoniyatlari natijasida prognozlashtirishning ijtimoiy zaruriyat sifatida strategik jihatdan axloqiy-ma’naviy, gumanistik qadriyatlarga asoslanishi ochib berilgan;
yangilanayotgan jamiyatimizda ijtimoiy normalarda totalitar elementlar - davlat manfaatining ustuvorligi, ijtimoiy illyuziyalarning kamayishi, ijtimoiy normalar mazmunida liberal shakllarni rivojlantirish umumiy e’tirof etilgan va milliy demokratik tamoyillar, inson huquqlari va manfaatlarini ta’minlash tendensiyasining kuchayishi orqali vujudga kelishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda demokratik jamiyat taraqqiyotida ijtimoiy normalarni o‘rganish bo‘yicha  ishlab chiqilgan xulosa va takliflap acocida:
ijtimoiy normalarning tabiati, rivojlanishi va tarqalishi o‘rtasidagi aloqadorlik, epistemologik bilim vositasidagi siyosiy-ijtimoiylashuvning ratsional standartlari ijtimoiy muhit va ijtimoiy tizimda shaxsning faol xulq-atvori imperiativlarini shakllantirishiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022 yilga mo‘ljallangan Ish rejasining III bob «Mahalladagi yoshlar yetakchilari bilan ishlash, besh tashabbus loyihalarini muvofiqlashtirish, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish» yo‘nalishining 22, 23, 24-bandlari ijrosi doirasidagi «Konstitusiyaviy islohotlarda yoshlar va bolalar huquqlarini mustahkamlash» hamda «Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishning muhim masalalari» mavzuidagi tadbirlarni tashkil etishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022 yil 27 iyuldagi 4-13-23-2276 – son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimiz hududlaridagi yoshlarning huquqiy va siyosiy savodxonligini oshirish, ularning dunyoqarashida milliy qonunchiligimizga hurmat va vatanparvarlik g‘oyalarini shakllantirishga xizmat qilgan;
ijtimoiy normalarning jamiyat taraqqiyotidagi potensial imkoniyatlari, transformatsiyalashuvi va ularning barqarorligini ta’minlashning xossa va strukturasidagi murakkablik sinergetik jihatdan tizimga xos ijtimoiy normalarning deformatsiyasi, shaxs degradatsiyasini bartaraf etishiga doir ilmiy yangiliklardan  Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da ma’naviy-ma’rifiy ishlar natijadorligini oshirishga doir chora-tadbirlar dasturining IV bob «Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot tadbirlari» 26-bandi «Ma’naviy-axloqiy mezonlarga mos kelmaydigan, pornografik mazmundagi, zo‘ravonlikni targ‘ib qiladigan, yoshlar ongiga huquqbuzarlik, axloqsizlik kabi sifatlarni shakllantiradigan audio-video mahsulotlar, kompyuter o‘yinlarini respublikamiz hududiga noqonuniy olib kirish yoki internet tarmog‘i orqali olinib, ko‘paytirilishi kabi holatlarning oldini olishga qaratilgan «Ma’naviyatga tahdid – kelajakka tahdid» shiori ostida reydlar tashkil qilish» borasida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 26 iyuldagi 02/02/1205 – son ma’lumotnomasi). Natijalar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining chora-tadbirlar dasturining sifati, mazmuni va samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
globallashuv sharoitida ijtimoiy normalarning yangilanayotgan O‘zbekistonda fuqarolar tomonidan amaliy faoliyatda namoyon bo‘lishi, transformatsiyalashuvi jarayonlarini potensial imkoniyatlari natijasidagi pragnozlashtirishning ijtimoiy zaruriyat sifatida strategik jihatdan axloqiy-ma’naviy, gumanistik qadriyatlarga asoslanishiga oid ilmiy xulosalardan 2021-2022 yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanalida efirga uzatilgan «O‘zbekiston yoshlari», «Ta’lim va taraqqiyot» nomli dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRKning 2022 yil 3 avgustdagi 04-36-1237 – son ma’lumotnomasi). Natijada fuqarolarda yangicha tafakkurni shakllantirish va demokratik islohotlar borasidagi bilimlari kengayishiga xizmat qilgan. 
yangilanayotgan jamiyatimizda ijtimoiy normalarda totalitar elementlar - davlat manfaatining ustuvorligi, ijtimoiy illyuziyalarning kamayishi, ijtimoiy normalarning mazmunida liberal shakllarni rivojlantirish umumiy e’tirof etilgan va milliy demokratik tamoyillar, inson huquqlari va manfaatlarini ta’minlash tendensiyasining kuchayishi orqali vujudga kelishiga oid tavsiyalar, xulosa, takliflardan PZ-2017093070 raqamli «O‘zbekistonda ijtimoiy sheriklikning bugungi kun talablariga mos keladigan modellarini ishlab chiqish» mavzuidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 25 fevraldagi 89-03-812 – son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur amaliy loyihaning maqsadi doirasida mamlakatimiz aholisini yot va begona g‘oyalar ta’siridan himoya kilish, ularning ma’naviy, diniy, ma’rifiy sohadagi bilimlarini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish