Baymuradova Laylo Kaxramonovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nutqiy strategiyaning pragmatik va lingvomadaniy asoslari (ingliz va o‘zbek tillari qiyosida)”, 10.00.06. – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil738.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Mirsanov G‘aybullo Qulmurodovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04. 
Rasmiy opponentlar: Axmedov Oybek Saparbaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Hakimov Muhammad Xo‘jaxonovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nutqiy strategiya, kommunikativ strategiya tahliliga pragmatik yondashuv orqali lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ingliz va o‘zbek tillarida nutqiy va kommunikativ vositalarning ijtimoiy, siyosiy, shaxslararo muloqot kabi nutqiy vaziyatlarda qo‘llanilishi, kommunikativ strategiyani belgilovchi so‘z, so‘z birikmasi, frazeologik birikma hamda gap kabi nutqiy birliklari aniqlangan;
nutqiy strategiya kommunikativ maqsadga erishish uchun adresant oldindan muloqot, suhbat kechimini ta’minlovchi muloqot jarayonida nutqiy vaziyatning boshqarilishida diskursiv vosita ekanligi, uni muloqot jarayoniga pragmatik va lingvomadaniy ta’siri  isbotlangan;
nutqiy strategiya mazmuni muloqot diskursidagi lingvopragmatik vazifalarining lingvomadaniy jihatdan urf-odat bo‘lgan normalarni belgilovchi maslahat berish, buyruq qilish, biror harakatni taqiqlash, do‘q-po‘psa qilish kabilarni pragmatik, stilistik va semantik farqlanishi isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida nutqiy strategiyaning taqdimot, chaqiruv, o‘z - o‘zini namoyish etish, raqibga ta’sir o‘tkazish kabi jihatlari aniqlanib, hamda ularning muloqot jarayonidagi vazifasi luqma tashlash, frazalardan foydalanish, maqol va matallar qo‘llanishi  dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi asosida: 
nutqiy strategiya kommunikativ maqsadga erishish uchun adresant oldindan muloqot, suhbat kechimini ta’minlovchi muloqot jarayonida nutqiy vaziyatning boshqarilishida diskursiv vosita ekanligi, uni muloqot jarayoniga pragmatik va lingvomadaniy ta’siri  natijalaridan Samarqand davlat universitetida bajarilgan OT-F1-138 raqamli “Temuriylar davrida yaratilgan “Xamsa”larning komparativistik tadqiqi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat universiteti 2022 yil 25 martdagi 10-1114-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqotda ishlab chiqilgan nutqiy va kommunikativ strategiyaning turli nutqiy vaziyatlarda qo‘llanilishi hamda ular bevosita lingvomadaniy ko‘rsatkich sifatida muloqot ishtirokchilarining ijtimoiy mavqei bilan bog‘liqligi haqidagi xulosalarini qo‘llash temuriylar davrida yaratilgan dostonlar personajlarining muloqot odobi va nutqiy faoliyatini ifodalovchi tuzilmalarning milliy-madaniy va pragmatik xususiyatlarining o‘xshash va farqli jihatlari ochib berilishi hamda nutqiy faoliyat tizimi tahlili orqali ijobiy qahramonlarning dunyoqarashi, o‘zaro munosabatlarini izohlash imkonini bergan; 
nutqiy va kommunikativ vositalarning ijtimoiy, siyosiy, shaxslararo muloqot kabi nutqiy vaziyatlarda qo‘llanilishi, kommunikativ strategiyani belgilovchi so‘z, so‘z birikmasi, frazeologik birikma hamda gap kabi nutqiy birliklar maqsadli qo‘llanilishi, o‘quvchi va o‘qituvchi muloqot kechimini boshqarilishini ta’minlovchi omillarning o‘qitishga oid tavsiyalaridan Qarshi davlat universitetida 2019 – 2021 yillarda bajarilgan AIF-2/17 “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonini tashkil etishda yangi texnologiyalar” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2022 yil 29 pareldagi 03/1891-son ma’lumotnomasi). Natijada, nutqiy va kommunikativ tahlili asosida o‘qituvchi va o‘quvchi muloqotini, shaxslararo muloqotni takomillashtirishga erishilgan;
nutqiy strategiya mazmuni muloqot diskursidagi lingvopragmatik vazifalarining lingvomadaniy jihatdan urf-odat bo‘lgan normalarni belgilovchi maslahat berish, buyruq qilish, biror harakatni taqiqlash, do‘q-po‘psa qilish kabilarning muloqot jarayonidagi vazifalari Jizzax davlat pedagogika institutida 2016 – 2017 yillarda olib borilgan MUZ-2015-0725140051 “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini boyitishda inglizcha-o‘zbekcha-ruscha frazemalar lug‘atini yaratish va amaliyotga tadbiq etish” innovatsion amaliy loyihasida foydalanilgan (Jizzax davlat pedagogika instituti 2022 yil 1 iyundagi 04-586-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf darslarida nutqiy vaziyatni boshqarilishini ta’minlovchi kommunikativ strategik vositalar tahlili amalga oshirilgan;
nutqiy strategiyaning taqdimot, chaqiruv, o‘z - o‘zini namoyish etish, raqibga ta’sir o‘tkazish kabi turlari qiyoslangan, hamda ularning muloqot jarayonidagi vazifalari tahlilidan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 6 iyundagi 1707/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonida va shaxslararo muloqotda til birliklarining maqsadli qo‘llanilishi, nutqiy va kommunikativ strategiyani ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etishga hamda ushbu jarayonda muloqot kechimini boshqarilishini ta’minlashga asos bo‘luvchi samarali omillarning o‘qitishga oid tavsiyalar amalga oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish