Shukurov Otabek Ulashevichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tili zamonaviy o‘zlashmalarining evolyusiyasi, transformatsiyasi va leksikografik talqini masalalari (mustaqillik davri)”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Fil409.  
Ilmiy maslahatchi: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Azamat Baxronovich, filologiya fanlari doktori, professor; Sobirov Abdulhay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor; Mamatov Abdug‘ofir Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tili mustaqillik davri o‘zlashmalarining genetik manbalarini aniqlash, struktur, semantik va leksikografik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy o‘zlashmalar fenomeni globallashuv va axborot texnologiyalari omili ta’siriga ko‘ra bugungi kun dunyo innovatsiyalari neonominatsiyalarining o‘zbek tiliga tez va oson qabul qilish yo‘li sifatida shakllanayotgani  isbotlangan;
globallashuv jarayonidagi nelogizmlarning leksikada faollashuvi neografik lug‘atlarni yaratish va muntazam ravishda shakllantirib borishga ehtiyoj yaratayotishi asoslanib, neym neologizmlarning biznes tilini yaratuvchi vosita ekanligi ochib berilgan;
o‘zbek tili leksikasining genetik manbalariga statistik jihatdan aniqlik kiritilib, yangi davr o‘zlashmalarining semantik jihatdan transformatsion darajalanishi manba tilidagi asos ma’nosini saqlay olish imkoniyatiga tayanishi isbotlangan;
zamonaviy o‘zlashmalarni umumiy va o‘quv izohli lug‘atlarga kiritishda aktual leksikadagi o‘rni ahamiyatli ekani, bunday jarayonda ko‘proq tilning ichki manba yo‘llariga tayanish, zarur o‘rinlarda kal`kalash usulidan foydalanish muhimligi ochib berilgan;
sinergetik jarayonda yangi o‘zlashma birliklar leksemalashuvi ularning manba til assotsiatsiyasining resipient tilda shakllanishi uchun implisit (yashirin) imkoniyat yaratishi dalillangan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dunyo hamda o‘zbek tilidagi zamonaviy o‘zlashmalarni o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
zamonaviy o‘zlashmalar fenomeni globallashuv va axborot texnologiyalari omili ta’siriga ko‘ra bugungi kun dunyo innovatsiyalari neonominatsiyalarining o‘zbek tiliga tez va oson qabul qilish yo‘li sifatida shakllanayotgani  isbotlanganiga oid nazariy fikrlar hamda faktik materiallardan 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan “Hozirgi o‘zbek tili” darsligining “Leksika, leksik-semantik sath, leksikologiya va leksikografiya” deb nomlangan qismini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 27 martdagi 274-sonli buyrug‘iga muvofiq 274-312 raqami asosida ro‘yxatga olingan). Natijada darslikdagi yangi o‘zlashmalar talqiniga oid ma’lumotlar nazariy va amaliy jihatdan boyitish imkonini bergan;
globallashuv jarayonidagi nelogizmlarning leksikada faollashuvi neografik lug‘atlarni yaratish va muntazam ravishda shakllantirib borishga ehtiyoj yaratayotishi asoslanib, neym neologizmlarning biznes tilini yaratuvchi vosita ekanligi ergonimlar misolida ochib berilganiga oid xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” nomli innovatsion loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 28 iyundagi 15-2157-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida bank-moliya terminlarining ko‘p tilli lug‘atlarini yaratishda yangi o‘zlashmalarning semantik va leksikografik xususiyatlarini yoritishga doir yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitish imkonini bergan;
zamonaviy o‘zlashmalarni umumiy va o‘quv izohli lug‘atlarga kiritishda aktual leksikadagi o‘rni ahamiyatli ekani, bunday jarayonda ko‘proq tilning ichki manba yo‘llariga tayanish, zarur o‘rinlarda kal`kalash usulidan foydalanish muhimligi ochib berilganiga doir xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-G003 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi, 2017-2020 yillarda bajarilgan F3-2016-0908165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alifbosi va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 22 iyuldagi 167-1-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida loyiha materiallari o‘zlashmalarning yangi so‘z yasashi bilan bog‘liq xususiyatlari, ularning umumiy va izohli lug‘atlarda berilishiga oid yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitish imkonini bergan;
sinergetik jarayonda yangi o‘zlashma birliklar leksemalashuvi ularning manba til assotsiatsiyasining resipient tilda shakllanishi uchun implisit (yashirin) imkoniyat yaratishi dalillanganiga oid xulosalaridan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining “Oltin voha” dasturidagi “Ochiq muloqot” radioeshittirishining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 23 iyundagi 17-05/201-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur radioeshittirish uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish