Matjanov Nurjan Sultamuratovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Pedagogika oliy ta’lim tizimida o‘qitilayotgan kvant nazariyaning metodologik va didaktik asoslari», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Ped145.
Ilmiy maslahatchi: Djoraev Maxamatrasuljon, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/03.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Qurbonov Mirzaahmad, pedagogika fanlari doktori, professor; Sultonova O‘g‘iloy Nabievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogika oliy ta’lim tizimida o‘qitilayotgan kvant nazariyaning metodologik va didaktik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida o‘qitilayotgan kvant nazariyaning metodologik va didaktik jihatlari ko‘rgazmali va fikriy eksperimentlar, mediapedagogik mahoratga refleksiv tarixiy, kompetentli, mantiqiy va sub’ektiv yondashuvlar, nazariy umumlashgan didaktik shartlar hamda fikrlar, bilimlar darajalarini aniqlash mezonlari va indikatorlarini mazmunan kiritish asosida aniqlangan;
kvant fizikasini o‘qitishning tarkibiy-funksional modeli nazariy yadro, empirik asos va va dialektik natijaga qaratilgan fizikaviy qonunlar va xulosalarning mantiqiy aloqasini yagonalikdan umumiylikka va chegaraviy umumiylikkacha o‘tkazish mexanizmlarini yaxlitlanganini bosqichma-bosqich ochish hamda mazmunli, texnologik va natijaviy komponentlar o‘rtasidagi mantiqiy aloqalarni refleksiyalash asosida takomillashtirilgan;
kvant nazariyasi va uni o‘qitish metodikasi dars mashg‘ulotlarda virtual eksperimentlar o‘tkazish, mashg‘ulotlarda sintez qilish, formallashtirish va modellashtirish, amallarini bajarishda nazariy yadroga o‘tish hamda paradokslar, analogiya, refleksiya, tadqiqotchilik va loyihalashga to‘sqinlik qiluvchi kvant fizikasida mavjud miskonsepsiyalarni adekvat aniqlash, bartaraf etish va dasturiy ishlanmalar ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
kvant fizikasini o‘qitishda bo‘lajak o‘qituvchilarning kvantomexanik ilmiy va o‘quv-bilish faoliyati tafakkur eksperimentlariga nostandart o‘qitish, faoliyat usullarini refleksiv ta’lim, tushuntiruvchi-illyustrativ, ma’ruzaviy-dialogik, binar o‘qitish, tadqiqotchilik va loyihalash metodlariga ustuvorlik berish hamda ularning tarkibiy-mazmunli va funksional aspektlari orasida uzviylikni ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini hamda metodik faoliyatga tayyorgarlik darajalarini aniqlash mezonlari umummilliy, umumkasbiy bilimlar, ehtiyoj va motivlar, shaxsning o‘zini-o‘zi rivojlantirish imkoniyatlarini idrok etish, bilimlarni aniq vaziyatda qo‘llash imkoniyatlarini hamda kasbiy faoliyatga tayyorgarlik holatini kreativ, qisman izlanuvchi va reproduktiv indikator ko‘rsatgichlarini kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Pedagogika oliy ta’lim tizimida o‘qitilayotgan kvant nazariyaning metodologik va didaktik asoslari bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida o‘qitilayotgan kvant nazariyaning metodologik va didaktik jihatlari ko‘rgazmali va fikriy eksperimentlar, mediapedagogik mahoratga refleksiv tarixiy, kompetentli, mantiqiy va sub’ektiv yondashuvlar, nazariy umumlashgan didaktik shartlar hamda fikrlar, bilimlar darajalarini aniqlash mezonlari va indikatorlarini mazmunan kiritish asosida aniqlangashga oid g‘oyalardan «Fizika o‘qitish metodikasi» nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237–son buyrug‘i asosida berilgan 237-027 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada ishlab chiqilgan darslik talabalarning kasbiy faoliyatga tayyorgarligining rivojlanishiga xizmat qilgan;
kvant fizikasini o‘qitishning tarkibiy-funksional modeli nazariy yadro, empirik asos va va dialektik natijaga qaratilgan fizikaviy qonunlar va xulosalarning mantiqiy aloqasini yagonalikdan umumiylikka va chegaraviy umumiylikkacha o‘tkazish mexanizmlarini yaxlitlanganini bosqichma-bosqich ochish hamda mazmunli, texnologik va natijaviy komponentlar o‘rtasidagi mantiqiy aloqalarni refleksiyalash asosida takomillashtirishga doir tavsiyalaridan Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli «Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish» mavzusidagi ilmiy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 11 noyabrdagi 02–07–4005/04–son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan model bo‘lajak fizika fani o‘qituvchilarini kvant nazariyasidan kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qilgan. 
kvant nazariyasi va uni o‘qitish metodikasi dars mashg‘ulotlarda virtual eksperimentlar o‘tkazish, mashg‘ulotlarda sintez qilish, formallashtirish va modellashtirish, amallarini bajarishda nazariy yadroga o‘tish hamda paradokslar, analogiya, refleksiya, tadqiqotchilik va loyihalashga to‘sqinlik qiluvchi kvant fizikasida mavjud miskonsepsiyalarni adekvat aniqlash, bartaraf etish va dasturiy ishlanmalar ishlab chiqish asosida takomillashtirishga doir takliflar «Fizika o‘qitish metodikasi» nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237–son buyrug‘i asosida berilgan 237-027 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada kvant nazariyasini o‘qitishda qo‘llanilgan metodlar ta’lim sifati va samaradorligini oshishiga xizmat qilgan.
kvant fizikasini o‘qitishda bo‘lajak o‘qituvchilarning kvantomexanik ilmiy va o‘quv-bilish faoliyati tafakkur eksperimentlariga nostandart o‘qitish, faoliyat usullarini refleksiv ta’lim, tushuntiruvchi-illyustrativ, ma’ruzaviy-dialogik, binar o‘qitish, tadqiqotchilik va loyihalash metodlariga ustuvorlik berish hamda ularning tarkibiy-mazmunli va funksional aspektlari orasida uzviylikni ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Qoraqalpoq davlat universitetida bajarilgan OT-F-2-77 raqamli «Modellashtirish asosida ichki nuqsonlarni hisobga olgan holda yarimo‘tkazgichli asboblarning ishonchligini bashorat qilishni takomillashtirish usuli» nomli amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 11 noyabrdagi 02–07–4005/04–son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan model bo‘lajak fizika fani o‘qituvchilarini kvant nazariyasidan kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga sharoit yaratilgan.
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini va metodik faoliyatga tayyorgarlik darajalarini aniqlash mezonlari umummilliy, umumkasbiy bilimlar, ehtiyoj va motivlar, shaxsning o‘zini-o‘zi rivojlantirish imkoniyatlarini idrok etish, bilimlarni aniq vaziyatda qo‘llash imkoniyatlarini hamda kasbiy faoliyatga tayyorgarlik holatini kreativ, qisman izlanuvchi va reproduktiv indikator ko‘rsatgichlarini kiritish asosida takomillashtirishga doir takliflar «Fizika o‘qitish metodikasi» nomli darslik ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237–son buyrug‘i asosida berilgan 237-027 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada mazkur darslik kvant fizikasidan ta’lim sifati va samaradorligi oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish