Mamutova Gulnaz Shamshetdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Raqamli texnologiyalar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning axborot-kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped1198. 
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori,  professor; Fayzullaev Jamshid Ismoiljonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli texnologiyalar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning axborot-kommunikativ kompetensiyalarini  rivojlantirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 bo‘lajak pedagoglarning axborot-kommunikativ kompetensiyasi kompyuter texnikasi va dasturiy ta’minotini loyihalash, mul`timediali va raqamli texnik qurilmalar, interfaol doskalar texnologiyalarini kognitiv-maqsadli ta’minlash asosida integrallash hamda individualligini aloqa jaraëniga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash asosida takomillashtirilgan. 
bo‘lajak o‘qituvchilarning mustaqil ishlash imkoniyatlarini ikki o‘zgaruvchili grafiklarni yasash, audio va video materiallar, testlar yaratish, ma’lumotlarni vizuallashtirish, zamonaviy texnologiyalarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish raqamli infratuzilma joriy etish asosida rivojlantirilgan;
zaruriy axborot-kommunikativ kompetensiyalar shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonining ustunligi, moslashuvchanligi, amaliyotga yo‘naltirilganligi, interaktivligi, identifikatsiyalashganligi va maqsadga muvofiqligini o‘qitishdagi yutuqlarni baholash imkonini beruvchi bulutli texnologiyalar asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning axborot-kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish modeli reflektiv ko‘nikmani rivojlantirishning pedagogik shartlarini aniqlash, qaror qabul qilish jaraënlari, ma’lumotlarni ob’ektiv va sub’ektiv omillarini belgilash, moderatsiyalash, formativ va umumlashtirilgan baholarni raqamli texnologiyalar vositasida integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli texnologiyalar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda axborot-kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
bo‘lajak o‘qituvchilarning axborot-kommunikativ kompetensiyasi kompyuter texnikasi va dasturiy ta’minotini yangilash, raqamli texnik qurilmalar, interfaol doskalar texnologiyalarini integrallash hamda individualligini aloqa jaraëniga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar  Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan A-1-23 raqamli “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun mul`timediali dars ishlanmalari majmuasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida mul`timediali dars ishlanmalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 11 noyabrdagi 02-07-4002/04-son ma’lumotnomasi). Natijada raqamli texnologiyalar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning axborot-kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlarini tahlil qilishga erishilgan;
talabalarning mustaqil ishlash imkoniyatlari uch o‘zgaruvchili grafiklarni yasash, audio va video materiallar, testlar yaratish, ma’lumotlarni frontal vizuallashtirish, original, yangi raqamli texnologiyalari orqali o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini raqamli infratuzilmani joriy etish asosida rivojlantirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi ilmiy loyihada bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 11 noyabrdagi 02-07-4002/04-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning axborot-kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish imkoni oshirilgan;
zaruriy axborot-kommunikativ kompetensiyalar shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonining ustunligi, moslashuvchanligi, amaliyotga yo‘naltirilganligi, interaktivligi, identifikatsiyalashganligi va maqsadga muvafiqligini o‘qitishdagi yutuqlarni baholash imkonini beruvchi texnologiyalar bilan jihozlangan o‘quv muxitini yaratish  asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan A-1-23 raqamli “O‘qituvchilar uchun mul`timediali dars ishlanmalari majmuasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida mul`timediali dars ishlanmalarini yaratishda qo‘llanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 11 noyabrdagi 02-07-4002/04-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning axborot-kommunikativ kompetensiyalarini raqamli texnologiyalar vositasida takomillashtirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning axborot-kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish modeli o‘zini-o‘zi boshqarishni tartibga solish vakolatligini ta’minlash, qaror qabul qilish jaraënlari, ma’lumotlarni belgilash, moderatsiyalash, formativ va umumlashtirilgan baholarni raqamli texnologiyalar vositasida integratsiyalash  asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi ilmiy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 11 noyabrdagi 02-07-4002/04-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning fanlararo integratsiyasini shakllantiruvchi axborot-kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish modelini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish