Djumaqulov Shuxrat Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Aksiologik yondashuv asosida talabalarning fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish”. 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped364.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Davlatov Oybek G‘anievich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aksiologik yondashuv asosida talabalarda fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlari global va tinchlik uchun ta’lim g‘oyasiga ustuvorlik berish asosida jarayon tuzilmasining komponentlari (kognitiv, qadriyatli, xulq-atvor, refleksiv), indikatorlari (lingvistik, ekziztensial, ijtimoiy-madaniy), funksiyalari (moslashuv, rag‘batlantirish, prognostik) taksonomiyasi kognitiv, affektiv va psixomotor darajalari intensiv ta’sirchanligini qat’iy belgilash orqali aniqlashtirilgan;
aksiologik yondashuvning talabalarda fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirishga doir pedagogik imkoniyatlari o‘z-o‘zini anglash, vatanparvarlik, fuqarolik faolligi va mas’uliyati, ijtimoiy-g‘oyaviy etuklik, harbiy vatanparvarlik, huquqiy bilimdonlik kabi sifatlarning interiorizatsiya va eksteriorizatsiyasining qayta aloqaga kirishuv darajasi barqarorligi produktivligini bevosita ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
talabalarda fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish modelining tashkiliy-faoliyatli komponenti tashxis, amaliy, refleksiv-baholovchi bosqichlarni muammoli ma’ruza, virtual klub, keys, interfaol mashqlar va assismentlar orqali didaktogen jihatlarini boyitib borish tuzilmasini pedagogik loyihalashning intensivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirishning fanlar mazmunini fuqaroshunoslikka doir materiallar bilan boyitish, an’anaviy va innovatsion texnologiyalarni jamoaviy ijodiy faoliyat bilan identiv tarzda uyg‘unlashtirish, auditoriyadan tashqari ishlar jarayonida talabalarni faol munozaraga jalb etish, samarali hamkorlikdagi faoliyatni kooperativ tarzda amalga oshirish kabi pedagogik shart-sharoitlari kross-madaniy ta’lim imkoniyatlarini gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda kengaytirib borish orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aksiologik yondashuv asosida talabalarda fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirishga bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
talabalarda fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlarini global va tinchlik uchun ta’lim g‘oyasiga ustuvorlik berish asosida jarayon tuzilmasining komponentlari, indikatorlari, funksiyalari taksonomiyasini qat’iy belgilash orqali aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 5230200 – Menejment (jismoniy tarbiya va sport menejmenti), 5230400 – Marketing (sport) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun “Sport huquqi” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-son buyrug‘i, 500-360 raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarda fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirishning huquqiy-edukologik imkoniyatlarini kengaytirishga erishilgan;
aksiologik yondashuvning talabalarda fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirishga doir pedagogik imkoniyatlarini o‘z-o‘zini anglash, vatnaprvarlik, fuqarolik faolligi va mas’uliyati, ijtimoiy-g‘oyaviy etuklik, harbiy vatanparvarlik, huquqiy bilimdonlik kabi sifatlarning interiorizatsiya va eksteriorizatsiyasining qayta aloqaga kirishuv darajasi barqarorligini ta’minlash orqali aniqlashtirish, aksiologik yondashuv asosida talabalarda fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish modelining tashkiliy-faoliyatli komponentini tashxis, amaliy, refleksiv-baholovchi bosqichlarni muammoli ma’ruza, virtual klub, keys, interfaol mashqlar va assismentlar asosida pedagogik loyihalashning intensivligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 5230200 – Menejment (jismoniy tarbiya va sport menejmenti), 5230400 – Marketing (sport) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun “Sport huquqi” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-son buyrug‘i, 500-360 raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarda fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirishning aksiopedagogik jihatlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
talabalarda fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirishning fanlar mazmunini fuqaroshunoslikka doir materiallar bilan boyitish, an’anaviy va innovatsion texnologiyalarni maqbul uyg‘unlashtirish, talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish, samarali hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirish kabi pedagogik shart-sharoitlarini kross-madaniy ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 5230200 – Menejment (jismoniy tarbiya va sport menejmenti), 5230400 – Marketing (sport) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun “Sport huquqi” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-son buyrug‘i, 500-360 raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak mutaxassislarning fuqarolikka doir bilimlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.